Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan 1- amaliy ishi fan o‘qituvchisi: Kudratov. R. B



Yüklə 0,52 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#168087
malumot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan

1- AMALIY ISHI


Fan o‘qituvchisi: Kudratov.R.B
Bajardi: Husanov.O


S a m a r q a n d _ 2023
Ma’lumotlar tuzilmalari o’zi nima?

Barcha dastur yoki dasturiy mahsulotning asosida ikkita birlik yotadi: ma’lumotlar va ular ustida qandaydir amallar bajaradigan algoritmlar. Algoritmlar ma’lumotlarni biz yoki dastur uchun foydali bo’lgan axborot ko’rinishiga keltirib beradi. Algoritmlar shu ma’lumotlar ustida amallarni (o’qish, yozish, yangilash, o’chirish) samarali va tez bajara olishi uchun biz shu ma’lumotlarni ma’lum bir strukturaga solgan holda saqlashimiz kerak bo’ladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarni samarali o’qish va o’zgartirish imkonini beruvchi, ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning bir formatga solingan shaklidir.
Soddaroq qilib aytganda, ma’lumotlar tuzilmasi — bu ma’lumotlarning ma’lum bir strukturaga solingan, ular o’rtasida ma’lum bir bog’lanishlar yaratilgan va ular ustida ma’lum amallar bajaruvchi funksiyalardan tashkil topgan guruh. Eng sodda ma’lumotlar tuzilmasiga misol qilib massiv (array)ni ko’rsatishimiz mumkin.

1-rasm. Ma’lumotlar tuzilmasining tasniflanishi
Ma’lumotlar toifalari. Ko’plab dasturlash tillarida ma’lumotlar bazaviy va keltirilgan toifalarga ajratiladi. Ma’lumotlarning toifalarini 1.1-rasmdagidek klassifikatsiyalash mumkin.

2-rasm. Toifalar klassifikatsiyasi
Ma’lumotlarning ixtiyoriy toifasi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi mumkin bo’lgan amallar orqali tavsiflanadi. void kalit so’zi hech qanday toifaga ega emaslikni anglatadi. Bunday toifadagi funksiyalar hech qanday qiymatni qaytarmaydi. Lekin asosiy dastur tanasi, ya’ni main() funksiyasi void toifasiga ega bo’lolmaydi, u int toifasida bo’lishi kerak.
Standart ma'lumotlar turlari. Dasturlashda ma'lumotlar turi muhim tushunchadir.
O'zgaruvchilar har xil turdagi ma'lumotlarni saqlashlari mumkin, va ular bilan turli xil amallarni qilish mumkin.
Python standart o'rnatilgan quyidagi ma'lumotlar turlariga ega:

  1. Matnli ma'lumot turi: str

  2. Sonli ma'lumot turlari: int, float, complex

  3. Tartibli ma'lumot turlari: list, tuple, range

  4. Lug'atli ma'lumot turi: dict

  5. To'plamli ma'lumot tulari: set, frozenset

  6. Boolean (True/false) ma'lumot turi: bool

  7. Binar(ikkilik) ma'lumot turlari: byte, bytearray, memoryview

2ta ixtiyoriy son kiritadigan b va c o’zgaruvchi oldim va bitta katetini kvadratini topish uchun gipotenuzani kvadratidan b katetni kvadratini ayirdim. So’ngra katet manfiy bo’lib qolmasligi uchun if shart operatoridan foydalandim va mediana topish formulasiga qo’ydim.Chiqqan natijani yaxlitlashda format() dan foydalandim.



FUNKSIYLAR
Funksiya – bu ko'p marta ishlatiladigan dastur bo'lagi. Funksiyalar ma'lum buyruqlar blokini ko'rsatilgan nom bilan saqlash va shu blokni dasturning istalgan joyida, istalgan miqdorda bajarish imkonini beradi.
Funksiyalar def zahira so'zi orqali aniqlanadi. Bu so'zdan so'ng funksiya nomi, undan so'ng qavs va shu qavs ichida bir necha o'zgaruvchilarni ko'rsatish mumkin bo'ladi va oxirida ikki nuqta (:) yoziladi. Shulardan so'ng funksiyani tashkil qiluvchi buyruqlar bloki yoziladi. Quyidagi misolda buning oson ekanligini ko'rish mumkin.
Misol:
Ikki sonnning yig’indisini topuvchi funksiya yaratish.
a,b=eval(input('ikkita sonni kiriting')) #a va b sonlarni kiritish
def funk(a,b): # funksiya e’lon qilish
return a+b #qiymat qaytarish
print(funk(a,b)) #funksiyaga murajaat qilish
NATIJA:

Misol: (function1.py nomi bilan saqlang)
def Salom():
print('Salom, Dunyo!') # funksiyaga tegishli blok
# Funksiya oxiri
Salom() # funksiyani chaqirish
Salom() # ya'na bir marta funksiyani chaqirish
Natija:
$ python function1.py
Salom, Dunyo!
Salom, Dunyo!
Bu qanday ishlaydi:
Biz Salom funksiyasini yuqorida aytib o'tilgan qoida bo'yicha aniqladik. Bu funksiya hech qanday paramert qabul qilmaydi shuning uchun qavs ichida xech qanday parametr yozilmadi. Funksiya parametri – bu qandaydir kiruvchi qiymatlar bo'lib, tegishli natija olish uchun biz uni funksiyaga berishimiz mumkin.





Classga Kompyuter deb nom berdim va __init__ orqali classni o’ziga tegishli xususiyatlarini yozdim.Bu yerdagi self obekt uchun classimizni xususiyatlarini tanishtirish uchun kerak bo’ladi.self argumendidan keyin vergul bilan obektimiz uchun turkumlanuvchi xususiyatlarni kiritdim.Kiritib bo’lgach pastdan self argumentiga murojaat qildim.keyin esa info nomli metod yaratdim va kompyuter1,kompyuter2 nomli o’zgaruvchilarni classni nomiga tengladim.Keyin ma’lumotlarni qavs ichiga ketma - ket kiritdim va natijani ekranga chiqardim
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin