Bu algoritmning asosiy g’oyasi shundaki, bunda saralash “to’lqinsimon” tarzda amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham dastur boshida massivda chapdan o’ngga, keyin o’ngdan chapga o’tish orqali saralaydi. Ya’ni, chapga o’tilganda o’ng tomonga katta sonlarni, o’ngdan o’tganda esa, chap tomonga kichik sonlarni terib chiqadi.
Agar saralash, tashqi xotirada amalga oshirilayotgan bo’lsa, elementning kaliti katta hajmdagi ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lganda, o’rin almashtirishlar soni juda ko’p vaqtni oladi va protsessorga og’ir yuklama tushadi.
Sheyker algoritmi ushbu almashtirishlar sonini kamaytiradi, ya’ni quyidagicha ishlaydi:
1. Birinchi qadamda barcha elementlar minimum va maksimumga ajratib olinadi.
Bu algoritm – bo’laklash usuli deb yuritiladi. 1962-yilda Charlz Xoar tomonidan taklif etilgan.
Bu usul “bo’laklarga bo’l va hukmronlik qil” g’oyasiga asoslangan.
Bu algoritmning asosiy g’oyasi almashtirish (pufak) usulidagi saralash algoritmiga mos keladi, ya’ni tanlab olingan kalitli elementga nisbatan kichik yoki teng elementlar ikki tomonga ajratib olinadi.