Ma’lumotli ma’ruza ta’lim texnologiyasi modeli



Yüklə 77,74 Kb.
səhifə2/4
tarix25.05.2022
ölçüsü77,74 Kb.
#59501
1   2   3   4
51143 2-mavzu

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)
(10 minut)

1.1. Talabalarga 5 minut vaqt ichida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabining boshlang‘ich sinfida matematikani o‘qitishda amalga oshiriladigan didaktik tamoyillar haqidagi ma’lumotlarni “Klaster”- grafik organayzeri yordamida yoritish topshirig‘ini beradi. (1-ilova)
1.2. Ba’zi talabalarning bajargan ishlarini eshitadi.
1.3. Mavzuning nomi, rejasi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi (2-ilova).

O‘z daftarlariga “Klaster”- grafik organayzeri yordamida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabining boshlang‘ich sinfida matematikani o‘qitishda amalga oshiriladigan didaktik tamoyillar haqidagi fikrlarini yozishadi.
O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.
Tinglashadi, yozib borishadi.

2-bosqich.
Asosiy (Anglash bosqichi)
(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etadi.
2.2. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi (3-ilova).
2.3. Talabalarning eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabining boshlang‘ich sinfida matematikani o‘qitishda amalga oshiriladigan didaktik tamoyillar haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida “Klaster” - grafik organayzerini guruhlarda to‘ldirishni davom ettirishlarini so‘raydi (4-ilova).
2.4. Klaster - grafik organayzerini namoyish ettirish orqali talabalarning mavzu xususidagi umumiy tasavvurlarini aniqlaydi va aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.

Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

Klaster - grafik organayzerini guruhlarda to‘ldirishni davom ettirishadi.


O‘z fikrlarini boyitadilar va to‘ldiradilar.
Topshiriqni yozib olishadi.

3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)
(20 minut)

3.1. Mavzuni yakunlash uchun “Konseptual jadval” metodini qo’llashni taklif etadi (5-ilova).
3.2. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi (6-ilova).

“Konseptual jadval” metodini qo’llagan holda asosiy tushunchalarni yoritadi.

1- ilova
Klaster texnologiyasi


Klaster tuzish qoidalari


1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.







2- ilova


Yüklə 77,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin