Z.Husainovaning «O`zbek topishmoqlari» (1966), G`.Jahongirovning «O`zbek bolalar folklori» (1975), shuningdek, O.Safarovning «Bolalarni erkalovchi o`zbek xalq qo`shiqlari» (1983), «O`zbek bolalar poetik folklori» (1985), «Alla-yo alla» (1999), «Chittigul» (2004), Sh.Galievning «O`zbek bolalar o`yin folklori» (1998) singari tadqiqotlar tufayli bu izlanishlarning samaralari ko`zga tashlanadigan bo`ldi. Shuni ham aytish kerakki, folklorshunoslar orasida mavsum va marosim qo`shiqlariga munosabatda ularning ijodkori har qachon kattalar bo`lganini e`tirof etish bilan bolalarning bu sohadagi qo`shiqchiligini yo cheklash, yo tamoman inkor etish hollari ham mavjud. To`g`ri, marosimlarni kattalar uyushtirganlar. Ularning o`tkazilish tartiblarini ham, rasm-rusumlari va qo`shiqlarini ham kattalar ijod etganlari rost.
Lekin unutmaslik lozimki, shu marosimlarning birortasi ham bolalar ishtirokisiz o`tmagan; hech bo`lmaganda, bolalar tomoshabin sifatida unga qatnashganlar va kattalar bajargan ishlarni ko`rgach, o`sha marosimni keyinroq o`yinda muqallid qilib o`zlari bajarganlar, shu muqallidlariga yarasha qo`shiqlarni to`qiganlari ham ayni haqiqat. Binobarin, bolalarning ham o`z marosim va mavsum qo`shiqlari yuzaga kela boshlagan.
Kattalar hamisha o`z farzandlarini o`ylab yashaganlar – mehnat va ijod bilan shug`ullangan. Bu jarayon ularda bola va uning taqdiri to`g`risida qayg`urish majburiyatining tobora chuqurlashuvi tarzida kechib, talay qo`shiqlarning to`qilishiga sabab bo`lgan. Ayniqsa, chaqaloqni parvarish etish mas`uliyati behad katta bo`lgan.
Kattalar hamisha o`z farzandlarini o`ylab yashaganlar – mehnat va ijod bilan shug`ullangan. Bu jarayon ularda bola va uning taqdiri to`g`risida qayg`urish majburiyatining tobora chuqurlashuvi tarzida kechib, talay qo`shiqlarning to`qilishiga sabab bo`lgan. Ayniqsa, chaqaloqni parvarish etish mas`uliyati behad katta bo`lgan.
Onalar ana shu murakkab mas`uliyatni zimmalariga olganlar: o`tkir zakovat, tadbirkorlik, beqiyos insoniy mehribonlik evaziga o`zlari goho tushunib, goho tushunmay, «bolalarni tarbiyalab o`stirish bilan mamlakatning kelajak tarixini, demakki, dunyo tarixini ham tarbiyalab etishtirganlar. Bu yo`lda qo`shiq ularga madadkor bo`lgan: bolalarini qo`shiq bilan uxlatganlar, yig`lasa-kuylab ovutganlar, erkalatganlar, hatto qo`shiq bilan chaqaloqqa daxldor marosim rasm-rusumlarni bajarganlar. Shu zaylda allalar, aytim-olqishlar, ovutmachoqlar, erkalamalar, qiziqmachoqlar va qaytarmachoqlar yuzaga kelgan. Ularda erkalash leytmotiv bo`lgan. Shu sababli xalq og`zaki poeziyasining ana shu namunalarini erkalash poeziyasi tarzida umumlashtirish va xarakterlash asoslidir.