Kattalar bolalarning tabiatga munosabatini shakllantirishda ham faol ishtirok etadilar. Buning natijasida bolalar taqvimi va uni ifoda etuvchi marosim qo`shiqlari yuzaga kelgan. Bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog`liq bunday qo`shiqlarning bir qismi ijtimoiysiyosiy taraqqiyot taqozosiga ko`ra kattalar repertuaridagi mavqeini yo`qota borib, yo tamoman so`nib ketgan, yo transformaciyaga uchrab bolalar repertuariga ko`chib o`tib saqlanib qolgan. «Boychechak», «Chittigul», yo ramazonlar va hayitliklar shular jumlasidan hisoblanadi. Qolaversa, ibtidoiy ajdodlarimizning animistik va totemistik e`tiqodlari asosida shakllanib, endilikda o`sha mohiyatini yo`qotgan yalinchoq va hukmlagichjanrlari bolalar repertuarida hamon faol yashamoqda.

Bolalarning o`z ijodkorligi va ijrochiligi hosilalari bo`lgan qo`shiqlar va o`yinlar – o`zbek bolalar folklorining asosini tashkil etadi.

So`z va harakatning nisbatiga ko`ra bularni ikki katta guruhga bo`lish mumkin: