Qiz bolalarning to‘p (koptok) o‘yinlarida quyidagi qo‘shiq ijro qilingan.
Birim-bilan,
Ikkim-ilon,
Uchim-uchak,
To‘rtim-to‘shak,
Beshi-beshov,
Oltim-oltov,
Ettim-etov.
Sakkizim-saqlan,
To‘qqizim-to‘qlan,
O‘nim-bujmak.
Bu qo‘shiq koptokning er yoki devorga urilishiga hamohang bo‘lib, u orqali yutuqlar soni hisoblanadi.
To‘p o‘yinida yutgan qiz o‘z shodligini qo‘shiq qilib kuylashi yoki biror o‘yinda yutqazgan o‘rtog‘iga shart qo‘yishi mumkin.
Xorazm folklor qo‘shiqlari. Xorazmda asosan xalfachilik yo‘nalishidagi ijro yo‘llari keng tarqalgan. “Aylanayin galinni qaddi bo‘yinan” qo‘shig‘i Xorazm ijro yo‘lida ijro etiladigan qo‘shiqlardan biridir. Qo‘shiq matni, qo‘shiqdagi o‘z shevasiga xos so‘zlar o‘rni va ularning ishlatilishi, audio tasma orqali o‘quvchilarga eshittirib, qo‘shiq matni yozdirish va sahnalashtirish orqali o‘quvchilarning bilim va malakalarini shakllantirish zarur. Bu Xorazm bolalar folklor qo‘shiqlarini ijro etish va unga xos bo‘lgan raqslarni ijro etish orqali amalga oshiriladi.
Galin bilka galar qadamin bosib, Etgay birga o‘ynab gulmaklar nasib. Ikkisi ham bir-biriga munosib, Aylanaman galinni qaddi bo‘yinnan. Galin bilka kiyganlari baroyi, Guyov bola qaddi bo‘yi chiroyli. Ikkisin ham o‘n to‘rt kunlikdir oyi, Aylanaman galinni qaddi bo‘yinnan. Galin bika xino yoqar qo‘lina, Guyov yigit chaman bog‘lar bo‘ynina. Taqib qo‘yar tillo uzuk qo‘lina, Aylanaman galinni qaddi bo‘yinnan.