PO'IAT MO'MIN (1922-2005)
Bolalarning suyukli shoiri Po'lat Mo'min yoshligidanoq adabiyotga havas qo'ydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida o'qib yurgan vaqtida adabiyot to'garagiga faol qatnashadi Adabiyotni qunt bilan o'qidi, o'rgandi. O'rta ma'lumot olgach, hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining o'zbek tili va adabiyoti fakultetiga o'qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomlagach, aspiranturada o'qidi, maktablarda o'qituvchilik qildi. So'ngra O'zbekiston davlat nashriyotida ishladi. P. Mo'min qaerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan qaradi, uni qunt bilan mutolaa qildi, o'rgandi. Kichik-kichik she'rlar yoza boshladi. 1944 yilda «Bahorga sayohat» nomli birinchi she'ri bosilib chiqdi. Birinchi she'rlar to'plami esa 1949 yilda «Sayrang, qushlar» nomi bilan nashr etildi. Kitob adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. To'plamdan munosib o'rin olgan «Haykal», «Alla va Jalla» (ertak) singari asarlari mazmundorligi, qiziqarliligi bilan kitobxonlarning e'tiborini o'ziga jalb etdi.
Bolalarga atab ijod etish, bu sohada muvaffaqiyat qozonishi uchun esa qobiliyat va istakning o'zigina yetmaydi. Belinskiy ta'rifi bilan aytganda, bolalar yozuvchisi bo'lib tug'ilish kerak. Bu bolalar yozuvchisi mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni bo'lsin, nozik taT? egasi, go'dak tabiati va psixologiyasining bilimdoni, mehribon va bolajon, kamtarin va samimiy, bolalarcha soddadil ham dono bo'lsin, degan mazmunni taqozo etadi, albatta. Biz Po'lat Mo'min ijodida ana shunday olijanob xususiyatlar mujassamligini his etamiz.
Shoirning tinimsiz ijodiy mehnati tufayli «Hunardan unar», «To'g'ri o'sgan gul bo'lar», «Aql qaerda bo'Iar*, «O'rinbosarlar», «OItin nay», «Bir yarim Karim», «Endi adashmaydi», «Barcha bola do'st bo'lsa», «Rahmatga rahmat», «GazpoIvon ertak aytar», «Chang yutar botir», «Do'sting qancha ko'p bo'lsa», «Oftob va odob», «Yaxshilarga o'xshasam», «Bu juda soz», «Eson va Omon», «Oltmish olti oltin qo'l», «Ustozlar izidan», «BoIalarning baxti kulgan», «Bir yuz bir oltin qo'l» she'riy to'plamlari; «Chanoqvoy bilan Qovoqvoy», «Bahodirning botirligi», «0q fil yo'qoldi», «Suqatoy-konfetvoy», «0na bolam deydi» kabi ertaklari, pesalari yuzaga keldi. Bu kitoblarga kirgan eng yaxshi she'r va qo'shiqlari, doston va ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa bo'lib qo'shildi, uni boyitdi. Bu asarlardan bir qanchasi jahon xalqlari tillariga tarjima qilinganki, bu faqat shoirning emas, balki o'zbek bolalar adabiyotining ham yutug'i, obro'si hisoblanadi.
Kimda-kim a'lo va yaxshi baholarga o'qish uchun astoydil intilsa, harakat qilsa, zahmat cheksa, shubhasiz, u maqsadiga erishadi, samarali yanada muvaffaqiyatli bo'ladi. Po'Iat Mo'min ta'lim va jismoniy mehnatga bag'ishlangan she'riarida mehnat va mehnatsevar bolalar haqida fikr yuritadi. Ba'zan ishyoqmas, dangasa, yalqov o'quvchilarni tanqid qiladi, ularning kamchiliklarini ocriib tashlaydi. Masalan, «Besh oldim, besh!» degan she'rini olaylik. Asar qahramoni uzoq vaqt past bahoga o'qib yurardi, fanlarni ko'ngildagidek o'zlashtira olmaganidan do'stlari, ota-onasi va o'qituvchilar oldida gunohkordek his qilardi o'zini. O'quvchi bunday qiyin ahvoldan faqat ko'proq dars tayyorlashi, kitob o'qishi bilan qutulib ketishi mumkinligiga ham ishonm^yJdi. Nima bo'ladi-yu bir kuni u uyga berilgan topshiriqni qayta-qayta o'qiydi, dars va kitobdan boshqa hech narsani o'ylamaslikka harakat qiladi. Natijada ertasi kuni «besh» baho oladi. Shu-shu bola kitobni sevib qoladi. Qunt qilish, berilgan topshiriq ustlda ko'p mehnat qilish lozimligini tushunib yetadi. O'zidagi bunday ijobiy o'zgarishdan xursand bo'ladi. Boladagi bu quvonch va hayajonni shoif yosh kitobxon ruhiyatiga mos ravishda chizib beradi:
^'X'.p.-'Yv Shunday qilib do'stlarim, '•'•.*.' • Aytsam yurak so'zlarim, -<'''-• -'•''• x- :•'•'- ----- '•< Yurishib qoldi ishim :: . : '-- s-v:i Ko'payib ketdi «besh»im. .~x:- ' ^r^
Bolalar shoirining «Tuganmas kon», «O'qituvchi baho qo'yganda*, «Ko'chalarai to'ldirib», «Sizga nima bo'ldi, o'g'il bolalar?*, «Yuqumli «2»lar», «Bilsa bo'lar ekanku!», «Sentyabrdan kim sevinar?» kabi she*rlarida ham a Mo va yaxshi o'qish uchun intilayotgan, harakat qilayotgan bolalar to'g'risida yozilgandir,
Ba'zan o'quvchi-yoshlar orasida mug'ambir, pismiq bolalar ham topilib qoladi. Shoirning «Qo'l ko'tarib qo'lga tushdi» degan asari ana shunday bolaiarga bag'ishlangan. Asar qahramoni aslida dangasa, ishyoqmas, qoloq o'quvchi. U buni o'qituvchisiga sezdirmaslik uchun har kuni dars paytida «Men aytaman. deb ko'taradi qo'l». O'qituvchi esa bolaning bunday mug'ombirligini sezmaydi, u darsni yaxshi o'zlashtiribdi, deb undan so'ramaydi. Oxiri bir kuni «Mayli, ayta qol» deydi. Shunda haligi bola savolga javob bera olmay, o'qituvchi va o'quvchi do'stlari oldida izza bo'ladi: