Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə26/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

O'TKIR RASHID
(1915-1990)
Pedagog-shoir O'tkir Rashid 1915 yilda Qo'qon shahrida tug'ildi, 3olalikdan kitobga, adabiyotga qiziqqan bo'lajak shoir ona shahrida o'rta naktabni tamomlab, o'sha yerda bosmaxonada harf teruvchi bo'lib ishladi. Ddatda harf teruvchi har bir yangilikdan boshqalardan ko'ra oldinroq obardor bo'ladi. Harf teruvchi O'tkir Rashid ham «Yangi Farg'ona» jazetasida bosilayotgan har bir badiiy asarni eldan burun o'qir, ilhomlanar /a o'zi ham she'rlar yozishni mashq qilar edi. Havas va mashqlardan Doshlangan she1 r yozishlar bora-bora kasbga aylana boshladi. Endilikda o'qish, tiayotni o'rganish, izlanish kerak ekanligini sezgan O'tkir Rashid Samarqand Davlat universitetiga o'qishga kirdi.
Universitetdagi o'qish, adabiyot shaydolari bilan do'stlashish izlanishda bo'lgan O'tkir Rashidning ilhomiga ilhom qo'shdi, uning she'riy mashqlari devoriy gazeta va adabiy almanaxlarda ko'rina boshladi.
O'tkir Rashid o'qishni tamomlab, Toshkentga keldi. Badiiy adabiyot nashriyotida muharrir, «Yorqin hayot», «Guliston» jurnallarida va hozirgi «O'zbekiston ovozi* gazetasida adabiy xodim bo'lib ishladi. Bu jarayonda ko'plab qalamkashlarning kitoblari, asarlari uning qo'lidan o'tib, o'quvchiga tegdi. Bu ishlarning hammasi O'tkir Rashidning qalamkash shoir sifatida voyaga yetishida, toblanishida katta bir hayot maktabi bo'ldi.
1937 yilda O'tkir Rashidning «Yoshlik» nomi bilan birinchi kitobi bosildi. Shundan keyin «She' rlar*, «Mehnat tantanasi», «Yillar va odamlar» deb nomlangan hikoya va ocherklar to'plamlari; «Umr qo'shiqlari», «Qo'shiqlarguldastasi» , «Gulshandiyorim» kabi she'rvaqo'shiqkitoblari nashr etildi. O'tkir Rashid dramaturg sifatida «Katta hayot», «Qudalar», «Qudrat», «Farzand deb...» nomli sahna asarlari yaratdi.
Shoir O'tkir Rashid bir necha yil O'zbekiston fanlar akademiyasida ilmiy xodim bo'lib ishladi. 1957 yilda «0'zbek bolalar adabiyoti taraqqiyoti ocherki» mavzusida dissertasiya yoqlab, fan nomzodi bo'ldi. U uzoq yillar hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlarga adabiyot fanidan dars berdi. «Chashrna» adabiy to'garagiga rahbarlik qilib, o'nlab ijodkor yoshlarning adabiyot olamiga kirib kelishiga yordam berdi. O'tkir Rashid bo'lajak o'qituvchilarga saboq berar ekan har doim: — Inson umrining so'lmas guli, manguligi — bolalarimiz. Biz butun hayotimizni bag'ishlagan muqaddas ishni bolalar davom ettiradi. Shuning uchun biz ularning taqdirini doim o'ylaymiz. Bu chuqur hayotiy muhim masaladir. Sevimli o'g'il-qizlarimiz bizga o'rinbosar bo'lishini bilishning o'zigina kifoya qilmaydi. Bolalar sevimli o'g'il-qizlargina emas, balki, awalo, kelgusining fUqarolari, ota-onalar boshlagan buyuk ishning qonuniy davomchilari. Shuning uchun ularni zamonamizning eng olijanob an'analari ruhida, kurashchanlik
ruhida tarbiyalashimiz kerak, der edi va bunga o'zi qattiq amal qilib kichkintoylar uchun she'r, qo'shiq, doston, ertaklar ijod qilar edi.
Kelajagimiz guli bo'lgan bolalami qattiq sevgan shoir ularga bag'ishlab «O'rtoqlar», «Ikki o'rtoq», «Kim aybdor?», «Eng o'zg'ir nima?», «Ravshanjon va ayiqcha», «Katta bo'lsam», «Bu — biz bo'lamiz», «Baxtiyor bolalik» kabi kitoblarni yozdi.
O'tkir Rashid bolalarga bag'ishlab she'r yozar ekan birinchi o'rinda ularni haqiqiy vatanparvar, chinakamiga el-yurt fidoyilari bo'lib o'sib-ulg'ayishlarini istaydi. «Vatanim», «Mard nasllar», «Dadam» she'rlari shu maqsadga qaratilgan. Vatanimizning go'zalligi, huzurbaxshligi, boyligi, yosh kitobxonning mehrini o'ziga tortadigan shu yurtga munosib inson bo'lib ulg'ayishga chorlaydigan darajada quvnoq tasvirga ega:
Chaman-chaman gullarga,
Sayroqi bulbullarga,
Ko 'kni quchgan uylarga,
Baxt keltirgan to tyarga,
Quvnoq va sho 'x kuylarga,
Joydir go 'zal Vatanim, Boydir go 'zal Vatanim,
Bunday yurtga farzand bo'lishning o'zi bo'lmaydi. Buning uchun nima qilish kerak? Sofdil, o'qimishli, mehnatkash, xulq-u odobda boshqalarga o'rnak bo'ladigan fazilatlarga ega bo'lish kerak. Bularning hammasi O'tkir Rashid she'rlarida o'z ifodasini topgan. Mana, maktab, o'qish, kasb-hunarni olib ko'raylik. «Maktab», «Kitob», «Sovg'a», «Katta bo'lsam», «Etmish hunar ekan kam?», «Kim aybdor?», «Aka-uka» she'rlari buning javobidir.
Maktab haqida ko'pgina she'rlar yozilgan. O'tkir Rashidning «Maktab» she'ri takroriy asarlardan emas. Bu asar alohida uslubga ega. Asar qahramoni endigina bog'chani tark etgan bola, maktabga birinchi qadam qo'yishi. Maktab qanday bo'lar ekan, deb ikkilanib borgan bolani gulzor, maktab, o'qituvchi alohida mehribonchilik bilan kutib olishi yosh qalbda maktabga, kitobga, o'qishga havasini orttiradi:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin