SHUKUR SA'DULIA (1912-1972)
Shukur Sa'dulla kichkintoylarga katta estetik shavq-zavq bag'ishlaydigan zabardast she'rlari, yosh kitobxonni yaxshilikka o'rgatuvchi ertak—dostonlari, a'lo o'qishga, davrimizga munosib kishilar bo'lib kamol topishga da'vat etuvchi badiiy pishiq hikoyalari, o'tmish hamda davrimiz bolalari hayotidan olib yozilgan pesalari, yosh qalblarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi bo'lib qoldi.
Shukur Sa'dulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi, boshlang'ich ma'lumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil ko'rdi, so'ngra Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat universitetida o'qidi. Sh. Sa'dulla 1931 yildan to umrining oxirigacha turli nashriyotlarda muharrir, bo'lim boshlig'i, bosh muharrir o'rinbosari, bosh muharrir, direktor vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiy kitoblar nashr etishga o'zining barakali hissasini qo'shdi.
Sh. Sa'dullaning birinchi she'rlar to'plami 1932 yilda «Hayqiriq» nomi bilan bosilib chiqdi.
«Hayqiriq»ning maydonga kelishi shoir ijodida juda katta voqea bo'ldi. Adabiy jamoatchilikning bu kitob haqidagi fikr va mulohazalari yanada chidam, qunt bilan ijod qilishga, o'z ustida ko'proq ishlashga, izlanishga, eng muhimi hayotni o'rganishga va shu asosda ijod etishga chorladi. Sh. Sal dulla butun umri davomida bunga amal qildi. Qirq yildan ortiqroq hayotini ijodga bag'ishlagan san'atkorning «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq» (1935—1936), «Yoriltosh» (1939), «Ikki sandiq» (1942), «Sen nima qilding?» (1942), «Shohista» (1944), «Shirin kun» (1946), «She'rlar» (1955), «She'r va ertaklar» (1957), «Pesalar» (1959), «Dastyor qiz» (1960), «Sening alboming» (1962), «Ozoda» (1969), «Komandirning boshidan kechirganlari» (1962), «Kachal polvon» (1963, 1966, 1967, 1986), «Ism qo'yilmagan xat», «Sening bayraming», «Mening aziz bolalarim» va boshqa kitoblari bosilib chiqdi.
Dramaturg Shukur Sa'dullaning «Yoriltosh», «GuIxan», «Bizning bog'chamiz», «Dalada bayram», «Vatan ishqi» (dramaturg 3. FatxuHin bilan hamkorlikda yozilgan), «Ikki bilakuzuk», «Zubayda», «Afsona yaratgan qiz» pesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi.
Quvnoq va jo'shqin asarlar kuychisi bo'lgan Shukur Sa'dulla o'zining juda ko'p she'r, qo'shiq, ertak, ertak-doston, pesalarini kichik maktab yoshidagi bolalarga bag'ishlagan.
Shukur Sa'dulla tabiat kuychisi sifatida e'zozlanadi. Shoir so'lim bahomi ko'pgina she'rlarida qalamga olib, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarni hayot bilan tanishtiradi, ularda olamni tushunish qobiliyatlarini o'stiradi. Odatda, boychechak juda erta ochiladi. U qor erib-erimasidanoq ko'zga tashlanadi. Buni ko'rgan odamlar «Ha, bahor yaqinlashib qolibdi», deydilar. Shoir «Boychechak» asarida xuddi shu fikmi lo'nda qiiib chizib beradi:
Ochildimi boychechak, Endi har yon gul demak Chunki bahor elchisi Shu mitti gul - boychechak. Albatta, boychechak paydo bo'lganidan keyin bahor boshlanadi, yomg'ir ustiga yomg'ir yog'adi. Yomg'ir tabiat husniga husn qo'shadi, odamlar ruhini ko'taradi. Shukur Sa'dulla «Yomg'ir yog'aloq» she'rida bahor yomg'iriga muhabbat bilan munosabatda bo'ladi. Bu yomg'ir ona-tabiatni gulga burkashi bilan birga ekin-tikinlar uchun ham koni foyda ekanligini yosh kitobxon qalbiga yetib boradigan darajada quvnoq va sho'x misralarda yaratadi:
''" -,f '"''•. ;
Yomg'ir yog'aloq, Yam-yashil o'tloq, Endi ekinlar Chlqarar quloq.. Yomg'ir tinganda, Chiqar kamalak, Yomg'irdan foyda Maysaga, donga : Yurt serob bo'lar, Qq bug'doy, donga. .
Shukur Sa'dulla «To'rt fasl» she'rida yil fasllarining o'ziga xos xususiyatlarini xarakterli detallar yordamida yoritadi. Ularning jozibasi, tabiatga alohida ko'rk bag'ishlashi, insonlar qalbiga ta'siri xususida bolalarbop xulosalar chiqaradi.
She'rda bahor fasli shunday tasvirlanadi: