Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə19/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Ishkomda yurib o'zim,
Ko'rdim ajoyib uzum.
Charos rangida ekan,
Olxo'riday kattakon.
Yoki:
Qor bo'mr... qattiq chilla,
Pisand qilmas Abdulla.
Har minut — unga Ma,
Qahraton qish unga yoz.
(«Chirchiq esdaliklari».)
Bolalar adabiyoti kichkintoylarning vatanparvarlik his-tuyg'ularining shakllanishida katta rol o'ynaydi. Shu sababli ularning psixologiyasi, intilishi, przu umidlarini ifodalovchi biron asar yozish va ma'qullash ancha murakkab ish. Ilyos Muslim ana shunday mas'uliyatli vazifani chuqur his etgani holda, bolalar adabiyoti bo'yicha umr bo'yi qunt va sabot bilan ijod qildi.
Ha, kichkintoylarning katta adabiyotini yaratib berish uchun bel bog'lagani Ilyos Muslim 1909 yilning 2 avgustida Qirg'izistonning Bishkek shahrida cho'yan quyuvchi — hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924 yilda shahardagi Narimonov nomli 1-boshlang'ich o'zbek maktabiga kiradi. Maktabda o'zbekcha, qirg'izcha va ruscha kitoblarni sevib o'qiydi, atrofda bo'layotgan o'zgarishlarga sinchkovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va she'rlarini maktab dev'oriy hamda respublika gazetalarida bostirib turadi.
'1927 yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib, o'zbek erlar bilim yurtiga o'qishga kiradi. 1930 yilda u bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Qashqadaryoga boradi/Yakkabog' tumanidagi shaman, qirg'iz va Sherozi qishloqlarida o'qituvchilik qilib, yoshlarni ilm-fan nurlaridan
bahramand etadi.
1931 —1942 yillarda Ilyos Muslim O'zbekiston Davlat nashriyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va boialar adabiyoti nashriy-Qjlarida muharrir, bosh muharrir, direktor o'rinbosari vazifalarida ishlaydiiphoirriing dastlabki she'rlari «Er yuzi», «0'zbek adabiyoti va san'ati», «Yosh kuch» kabi bir qator jurnallarda bosilib chiqadttShoirning birinchi she'rlar to'plami 1932 yilda «0'suv» nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili «Zaharxandalar» degan ikkinchi to'plami, 1934 yilda «Miqti keldi» dostoni bosilib chiqadrr 1938 yilda esa «She'rlar» to'plami maydonga keladi.
Ilyos Muslim 30-yillarda yaratgan barcha asarlarida erk, ozodlik, yangi hayot, ozod mehnat, yangi davr, yoshlarning baxtiyor turmushi, yurtning o'sishi, dehqon taqdiri va ona-Vatanga mehr kabi o'sha davr masalalari to'g'risida fikr yuritadi. Masalan:
Vatan hamdam, Hurmiz har dam. Yoshlik g'uncha G'sar har dam. Mehnat toshdi G'ayrat jo'shib. Hayot qaynar Zafar quchib.
Ilyos Muslim o'zining «Miqti keldi» (1933) poemasi bilan 30-yillar o' zbek boialar dostonchiligini boshlab berdi. Dostonda erkin, tinch va osuda hayotni bunyod etish uchun kurash Miqti va boshqa obrazlar misolida
ochib beriladi.
Ilyos Muslim 1942—1947 yillarda harbiy xizmatda bo'ladi, Ikkinchi jahon urushida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurash olib boradi. Birinchi Belorussiya frontida harbiy muxbir bo'lib ishlaydi. «Yovni tutday to'kamiz», «Adolat jangi», «Marshrut — Berlin!», «To'pchilarga», «Yashna, Vatan!» va boshqa o'nlab she'rlari shu davr ijodining mahsulidir.
1947 yilda harbiy xizmatdan bo'shagan Ilyos Muslinxnashriyotga qaytib, ijodiy ishga beriladi, Uning «Turnalar», «Bizning maktab»~, ~«Sening sovg'ang», «Tilla qo'ng'iz», «Ishchan asalarilar», «OyIar aytishuvi», «Oyhon va rayhon», «Ko'rik», «Birinchi sovg'a» kabi kitoblari hozirgi zamon o'zbek boialar
adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa bo'lifa qo'shildi. Bu to'plamlar yosh kitobxonlarning aqliy, axloqiy, estetik tarbiyasida yetakchi rol o'ynab kelayotir.
Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tashlamang, unda davrimizning boialar adabiyoti oldiga qo'ygan vazifalari, kichkintoylar oldida turgan muhim ishlar tasvir markaziga"qo*yilganini ko'rish mumkin. Masalan, «Maktabim» asarini olib ko'raylik. Unda dunyoda maktabdan aziz, mo'tabar joy yo'q, go'yoki «ona kabi mehribon» bir makon, kishining savodini chiqaradigan, o'zini-o'ziga tanitadigan, ongi va aqliga aqi qo'shadigan ulkan maskan, degan g'oya ilgari suriladi. Shuningdek, asarda bolaning maktabdan behad minnatdorligi, o'zining oldida turgan bir qator vazifalar, el-yurtga sodiq farzand bo'lish uchun awalo maktabda yaxshi va namunali o'qish kerakligi sodda va ravon misralarda ifodalab berilgan:
o 'qishdir burchim,
Sarfetaman bor kuchim.
Ishlayman xalqim uchun,
Qadrdonim maktabim!
Ilyos Muslim quyoshli O'zbekistonimizning go'zalligini, bolalarning baxtiyorligini kuylar ekan, ularning porloq kelajagiga nazar tashlaydi. Shu . nuqtai nazardan qaraganda shoirning «Do'stlik» she1 ri diqqatga sazovordir.'
Shoir do'stlik va tinchlik tushunchasini kichik yoshdagi bola tasawurida berib, ularni maktabgacha tarbiya yoshidanoq do'stlik ruhida tarbiyalashni; asosiy vazifalardan deb biladi. Bu g'oyani tinchlik uchun kurash tuyg'usi bilan omuxta etib ifodalaydi. !
Shoir tinchlikning mohiyatini tushuntirishda kichik yoshdagi bolalarning saviyasiga mos usullar qidirib topgan. Ya'ni boialar tinchlikni shirin-shakar qand, shokoladlar, konfetlarning mo'1-ko'lligida deb tasawur qiladi, degan xulosa chiqaradi. Tinchlikni shu yo'sinda tushuntirib, ularning fikrini tasdiqlaydi: :
Juda mol bo’lar
okoladlar ham,
Stolga to 'lar marmeladlar ham.
Ko 'payar yana shirin kulchanon,
Holva-yu, konfet obakidandon.
Borlarda o'ynab-kulib yurgan, turli noz-ne'matlardan bahramand bo'lgan boialar ham, jahon mehnatkashlari ham elning, yurtning tinch va obod bo'lishini, ota-onalarining tashvish tortmasligini xohlaydi. Shuning uchun ham shoirning kichik qahramonlari olamga jar solib, tinchlik bo'lsin, deydilar ,
Bog'larimizda yayraymiz har dam,
Bilim olamiz, kuylaymiz bardam.
Dunyoda xalqlar kun kechirsa tinch
Ota-onalar tashvish tortmas hech. -
Bu murojaatda lirik qahramonning — bolalarning urushga qarshi nafrati, ozodlik bilan do'stlikning qudratiga zo'r ishonch o'z ifodasini topgan.
Ilyos Muslim «Sening sovg'ang» nomli she'rida o'z hunari bilan hammaning diqqatini tortgan chevar qizning lirik obrazini yaratadi. Shoir bu obrazda o'z hunari bilan faqat onasinigina emas, hammani o'ziga jalb qilgan jajji qizning fazilatini ko'rdi va uni gavdalantirdi. Chevar qizdagi eng yaxshi fazilatlardan bin uning mehnatga mehr-dili bilan berilishidir. Buni shoir turli istioralar yordamida ifodalaydi:
Chaqnab turgan quvnoq ko 'zingni
Qo 'lingdagi ishdan olmaysan,
Ishni har kun olib yoningga,
Zehn qo'yib kashta tikasan.
Shoir chevar qiz o'zining butun mehr-muhabbati bilan tikkan kashtasini onasiga sovg'a qilishi — bolaning ota-onaga bo'lgan cheksiz muhabbatini davr yoshlariga xos xislatlarga ega ekanligini ulug'laydi.
Shoir «chaqnab, quvnab turgan ko'zlaring», «dildan toshib chiqqan so'zing», «jajjigina barmoqlaring», «sen onangning kichik yo'ldoshi» kabi misralarda kashtachi qizning yoqimli xislatlarini ochib, uni o'quvchilarga namuna qilib ko'rsatadi.
Ilyos Muslim jismoniy mehnatni maktabgacha tarbiya yoshidan boshlashni afzal ko'radi. O'zining bu ezgu niyatini u «Oyxon bilan rayhon» deb nomlangan jajjigina bir she'rida juda lo'nda qilib ta'riflaydi.
Oyxonning oddiy va soddaligi, tirishqoqligi va uddaburonligi hatto katta yoshdagi bolalarni ham qoyil qoldiradi. U har xil ko'chatlar ekadi. Gap shundaki, yerga ko'chat ekish boshqa, uni parvarish qilish boshqa, Oyxon ko'chatlarga mehr bilan qaraydi. Tagini chopadi, suv quyadi. Bobolar nasihatin
Eslab sevinchga botdi.
ffatol tnehnat rohatin !
Oyhon ham shu kun totdi.
Bugungi o'zbek bolalar adabiyotining atoqli vakili Ilyos Muslimning bunday jozibali she'rlari juda ko'p. Uning fazogirlarga bag'ishlab yaratgan «Raketamiz uchdi oyga», «To'rt botir», «Kichik Andriyan», «Haykal» va boshka she'rlarida dovyurak fazogirlar, fazo kemalarini bunyod etgan kishilar, fazoga parvoz etishga qiziqayotgan bolalar qalamga olinadi.
Shoirning «Eshmatvoyning qilig'i*, «Yomon odat», «Befahm Eson», «Xolcha bilan olcha», «Mashmasha», «Grippdan kim qochadi?» singari yumoristik asarlarida ishyoqmas, dangasa, lapashang, o'z ustida ishlamaydigan bolalarning kamchiliklari, nuqsonlari ochib tashlanadi,
Shoirning qator she'rlarida davrimiz bolalari qanday bo'lishi kerak, degan masala ko'tariladi hamda har tomonlama yetuk, o'rnak bo'ladigan bolalaming obrazini chizib, namuna qilib qo'yadi. Shoir a'lochi, intizomli, mehnatsevar, halol, do'st, mehribon, ko'p hunarni egallagan, Vatani va xalqi uchun hayotini ayamaydigan yoshlarni yetuk odamlar deb hisoblaydi, bolaTarni shunday bo'lishga chorlaydi. Shoir bu'Szgirniyatini ikki yo'l bilan targ'ib qiladi; biri, o'shanday bolalarning obrazini chizish va ilckinchisi, qoloq, dangasa, befahm, odobsiz, erka bolalarni fosh qiluvchi she'rlar orqali yetuk inson to'g'risidagi o'z orzu-istaklari, idealmi targ'ib etishdirjShoirning «Ikki»chi mergan», «Ikki o'quvchi haqida», «Yomon do'st>, «Bo'i ziyrak», «Xolchabilan olcha», «Eshmatvoyning qilig'i», «Befahm Eson» kabi she'rlarida ana shunday yomon qiliqli bolalar keskin tanqid qilinadi.
\ Shoir o'z she'rlarida yoshlarning tuyg'u, kechinma, fikr-o'ylarini bevosita va haqqoniy ifodalaydi. Bolalar o'z dunyoqarashi, tushunchasi, xarakteri, ruhiy olamiga mos tarzda fikrlaydi. Shoir jimjimadorlik, murakkablik, soxtalikdan mutlaqo qochadi, g'oyatda ixcham, qisqa va quyma misralar yaratadi. Muhim mavzularni qalamga oladi, uiarni jiddiy va chuqur yoritadi, mazmuni va g'oyasi boqiy she'rlar ijod qiladi

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin