Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə20/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

ADHAM RAHMAT
(1909-1983) - - '
Shoir va dramaturg, respublika matbuotining ilk zahmatkashlaridan bin, jangchi-yozuvchi Adham Rahmat bolalar va yoshlar adabiyotining taraqqiyoti uchun ham salmoqli hissa qo'shgan adiblardan biridir.
Adham Rahmat 1909 yilda Qo'qon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. 1921 —1923 yillarda bolalar uyida tarbiyalandi. Toshkentdagi medisina texnikumini tugatib (1926—1928), o'qituvchilik qiladi. Adabiyotga, badiiy ijodga bo'lgan mehr-muhabbat uni «Yangi Farg'ona» gazetasiga, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Qo'qon bo'limida (1930—1935) ishlashga olib keldi. U ikkinchi jahon urushigacha O'zbekiston davlat nashriyotida, gazetalarda ishladi hamda O'zbekiston radioeshittirish davlat qo'mitasining bolalar adabiyoti bo'limida mehnat qildi.
Shoir ikkinchi jahon urushi davrida front gazetalarida, keyin <-6'zbekiston ovozi» gazetasida adabiy xodim bo'lib ishladi, so'ngra O'zbekiston davlat badiiy adabiyot nashriyotida muharrirtik qildi.
Adham Rahmatning ijodi 1930 yilda «Yangi Farg'ona» ro'znomasida bosilgan «0q oltin» haqida qo'shiq* nomli she'ri bilan boshlandi. Shundan so'ng yozuvchining «Baxtli yoshlik», «Dum», «Zavqli allalar», «She'rlar», «Bizning bog'chamiz*, «Hayvonot bog'ida», «She'r va ertaklar», «Hur o'lka», «Tanlangan asarlar», «O'lmas qahramon», «Kurash yo'llari», «G'alabaga chorlagan maktub», «To'rtinchilai>, «ShineIli qizlar», «Izlarni izlab» kabi qator kitoblari nashr etildi,
Shoir Adham Rahmat haqida gap ketadigan bo'lsa, u birinchi navbatda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kuychisi sifatida e'zozlanadi. Adham Rahmatning jajjilarga bag'ishlab yozgan quvnoq she'rlari, qanotli qo'shiqlari, ajoyib-g'aroyib ertak-dostonlari har bir xonadonga, har bir bolalar bog'chasiga kirib borgan. Bunga uning qushlar, parrandalar hamda hayvonlar haqida yaratgan asarlarini misol qilib ko'rsatishimiz mumkin. «Keling, qushlar» asari o'ynoqi ohangi va fikrning ochiq-ravonligi bilan ajralib turadi. Bola tilidan hikoya qilingan bu asarda qushlar o'zga yurtlarda qishlab qaytib kelgunlariga qadar bizning ona o'lkamizda qanchadan-qancha ijobiy ishlar amalga oshirilganligi — kanallar qazilib, cho'l-biyobonlar o'zlashtirilib, bog'Iar bunyod qilinganligi, ayniqsa, qushlarning erkin parvoz qilib, quvnab sayrab yashashlari uchun beqiyos katta imkoniyatlar muhayyo etilganligi chiroyli ifodaga ega:
Keling, qushlar, Keling, qushlar,
Qanot yoyib Zerikmayin
Kelinglar! Bizlar qurgan
Kanallarni Ko 'ringlar!
Sizlar uchun Yangi bog'Iar Qildik biz,
Mirzacho 'Iga Noyob gullar Ekdik biz.
Oynangiz. Xo 'p yoqimli
Kuylarni siz Kuylangiz.
Keling, qushlar! Keling, qushlar!
Kelinglar! Shu guliston Chamanda sayr Qilinglar!
Hayotda hamma bolalar ham parranda va jonivorlarga muhabbat bilan munosabatda bo'lavermaydilar. Ayrim bolalar, ayniqsa, qushlarning qishloq xo'jaligida turli zararkunanda, qurt-qumursqalarni yeb, bobodehqonlarga katta madad berishlarini bilmaydilar. Adham Rahmat bunday holga beparvo qaramaydi, «Qushcha o'g'risi» she' rini yozadi. Qosim o'jarlik qilib na o'tkinchi cholning: «qushning bolasiga ozor berma, uvol bo'ladi, xudo bu ishing uchun seni jazolaydi», deyishiga, na ona qushning shoxdan-shoxga uchib chirillab yalinib-yolvorishiga qaramay polaponlami olayotganida daraxtdan qulab, qo'li sinadi. Adham Rahmat o'jar Qosimga ortiqcha pand-nasihat qilmaydi. Aksincha, kirnki o'jar, o'zboshimcha bo'lsa, o'zidan kattalarning gaplariga quloq solmaydigan bo'lsa, unday bolalarni hayotning o'zi jazolaydi, degan chiroyli xulosani to'rt misra she'ridaberib qo'ya qoladi:
Qushning azobin Tortdi bir oylab,
Sindirib qo'lin Yotdi voy-voylab.
Adham Rahmatning «Qaldirg'och, ilon va beshiktervatar» asari juda zavqli. Yosh kitobxon asarni o'qiy boshlashi bilan sehrlanib, oxiri nima bilan yakunlanishini sabrsizlik bilan kutadi. Asar g'oyasi juda oddiy va hayotiy, Qushlarning bolasini ilon yaxshi ko'radi, deydi bobolar. Biini Adham Rahmat masalda juda chiroyli, hayajonli qilib bergan. Ona qaldirg'och ovqatga ketgan. Vaqtdan foydalanib, ilon xariga yopishib polaponlarning oldiga chiqadi: oh, «onasi kelmasa ish bo'ladi ko'p yomon!»
Ona qaldirg'och voqeadan xabar topib, do'sti beshiktervatarni zudlik bilan topib keladi. Beshiktervatar ilonning dodini beradi:
Bolalarni yeyman deb Rostlaganda o'zini
Tushdi yerga yumalab, Bir teshikka kirdi u
Birdan beshiktervatar 0 'yib oldi ko 'zini. lion ko'zdan ayrilib
O'zin zo'rg'a amallab Shunday qilib qushchalar Qutilishdi o 'limdan.
Masalda birovga choh qazisang, unga o'zing yiqilasan, degan fikr ilgari suriladi.
Jahon bolalar adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan bin Sergey Mixalkov Adham Rahmatning «Dum» asari haqida so'z yuritib: «Bu dumning uzilib tushmay, bolalarni kuldirish uchun haligacha qimirlab turgani yaxshi, albatta», deb ertak-dostonning tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak baho bergan edi. Haqiqatan ham Adham Rahmatning (syujeti Vitally Biankidan olingan) bu ertak-dostoni kitobxonlar orasida katta shuhrat topdi va ularning sevimli asarlaridan biriga aylanib qoldi.
Bu asar bolalarning tushunchasini kengaytirishda va so'z boyliklarini oshirishda katta rol o'ynaydi, ularni aqlli, fahm-farosatli bo'lishga da'vat etadi, haddan ziyod o'y-xayolga berilmaslikka chaqiradi.
Fahm-farosatsiz pashsha hayvon, jonivor va hasharotlardagi o'zlariga yarashiq dumlarni ko'rib, o'zida ham ana shunday chiroyli dum bo'lishini orzu qilib qoladi. U o'zining bu orzu-niyatini amalga oshirish maqsadida turli narsalardan dum so'raydi, farosatsizligi tufayli o'zini o'zi sharmanda qiladi. Mana kiyikning pashshaga javobi:
O'zing qanday maxluqsan,
Dumni berib bo'lmaydi.
Agar dumim bo'lmasa
Bolalarim ko'rmaydi.
Quvib qolsa bo 'rilar
Bekinaman o'rmonga,
Bolalarim yugurar
Men bekingan tomonga.
Men bekinganjoyimdan ,
Chiqarmayman unimni
' Ko'rsataman ularga
Faqat oppoq dumimni.
Dumni ko'rgan bolalar :'
Meni topib oladi. ;
Dushmanlarim topolmay
Og'zin ochib qoladi.
Surbet pashsha barchadan dakki eshitishiga qaramay, diiiii so'rashda davom etadi. Oxiri sigii^a murojaat qiladi.
Sign- oq ko'ngillilik bilan uning iltijosini rad etadi. Lekin surbet pashsha undan uzr so'rab, nari ketish o'rniga sigirning ustiga qo'nib, uni chaqa boshlaydi. Shoir ham:
Jahli chiqdi sigirning
Indamayin tik turdi
Pashsha yana chaqqanda
Dumi bilan bir urdi.
' Dum zarbidan pashshaning
Nafaslari tiqildi.
Til tortmasdan shum pashsha
Shunda yerga yiqildi,— deya asarga yakun yasaydi.
Shoir qurt, balik, qizilishton, tulki, sigir obrazlari orqali bolalarga hayvonlar, turli jonivorlarning tuzilishlarini, ulaming hayotlarini hikoya qilib berish vositasida pashshaning iflos, zararkunanda ekanligini ochib tashlaydi.
Adham Rahmatning «Botir bola» ertak-dostonini kichik bolalar sevib tinglaydilar. Xalq ertagi asosida yozilgan bu ertak-dostonda kambag'al-qashshok ovchi yigit haqida gap boradi. Ovchi kunlardan bir kuni turna-podshoni tutib oladi. Turna yigitdan meni qo'yib yubor deb iltijo qiladi. Ovchi ishonuvchan. Bu kambag'al yigit hayotda hammaga ishonadi, hatto turnaga ham. Yigit ko'lidan ozod bo'lgan turna:
Rahm qilding menga sen ..
Yaxshi bola ekansan.
Ko'p tortiqlar berurman ^
Agar borsang senga men,
deb unga va'da beradi.
Kambag'al bola yaxshi niyat, katta umidlar bilan turna-podshonikiga boradi. Turna va'dasida turib, bola talab qilgan «Ochil dasturxon»ni beradi. Bu dasturxon oddiy emas, sehrli ekan:
Sevingandan bolajon Debdi: —
Ochil, dasturxon,
Keng ochilib ketibdi,
Birdan shunda dasturxon.
Turli-tuman ovqatlar
Dasturxonga to 'libdi,
Ona-bola yeyishib,
xursand bo libdi.
Kambag'alni tuyaning ustida it qopibdi, deganlaridek, dasturxonning ta'rifmi shu yerning podshosi eshitib qolib, uni boladan tortib oladi.
Oddiy ovchi bola endi podshodan qanday bo'lmasin qasd olish, o'zi kabi ezilgan, beva-bechoralar uchun jangga kirish o'y-xayoli bilan yonadi. Bu yo'lda unga do'sti turna-podsho yordam qo'lini cho'zishi — qovoqni berishi vabolaning dovyuraklik bilan jangda g'olib chiqishi tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi:
Podsho qarab tumrmish,
Bola qo'yib qovog'in
Debdi - Qani, chiqinglar
Chuqurlarga tiqinglar
: Shunda qovoq ichidan
Behad askar chiqibdi
Ular zolim podshoning
Askarlarin yiqibdi.
Bola yengibpodshoni
Xursand bo'lib ketibdi.
El-yurti bolani ' Quchib. tabrik etibdi.
Bugina emas, Adham Rahmat «Bizning bog'chamiz», «Pilla qurti boqamiz», «0ilamiz», «Yoz oylari» kabi asarlarida ham kichik bolalarni kattalarning mehnatlari bilan tanishtiradi, bolalar ham mehnat jarayonida ota-onalariga bevosita ko' mak beradilar.
Adham Rahmat «Abdulla Nabiev», «Do'stlik» pesalari bilan ham katta-
kichik bolalar o'rtasida yaxshi tanilgan.
Adham Rahmat urushdan so'ng harbiy vatanparvarlik ruhi bilan
sug'orilgan bir necha kitoblar yozdi.
Adham Rahmat o'z asarlari bilan Zafar Diyor, Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Byos Muslim, Shukur Sa'dulla, Sulton Jo'ra, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir kabi yozuvchilar qatoridan munosib o'rin olgan so'z san'atkoridir. :;

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin