Mamasoli Jumaboyev



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə18/42
tarix21.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#133615
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
portal.guldu.uz- BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Temirlarjarang-juring,
O'ynashib diring-diring,
Deyishar: «Yuring-yuring» -
Tushdilar qiziq — tansa,
, Sakrashar assa-assa.
«Temirlar o'yini»dagi «siniq pero», «buzuq ruchka», «eski chelak», «cho'loq ketmon», «zang bosgan mix», «keraksiz kalit», «uzuq zanjin> laming o'z holiga achinishi, bolalar mehnati, tashabbusi tufayli ular ham xalq xo'jaligini rivojlantirishda yaroqli bo'lishidan xushnudligi yanada aniq, jonli, lo'nda ifodalanadi: endi ular keraksiz bo'lib har yerda sochilib yotmaydi. Zavodlarda eritilib qayta quyilganidan so'ng mehnat qurollariga aylanishadi, yana o'z o'rnini topishadi; . ......
Qurilishga boramiz,
: O'z o'mimiz olamiz.
Shoir she'rning ikkinchi qismida maktab bolalariga o'zlari to'plagan temir-tersaklarni zavodga topshirsalar, ulardan nimalar yasalishini tushuntirishga o'tadi:
Elektr salqi simlar, .
Trolleybus, dizellar
Poezd, vagon, po'lat iz,
Daryoni short to'sgan GES...
Hattoki qisqich, chelak,
Tegirmonda sim elak
Palovimiz kapgiri,
Chovli, kastryul — ban,
Xalq xo'jaligi va mehnatkashiar ehtiyojini ta'minlashda shunday katta ahamiyatli narsalar tayyorlanganligidan temir-tersaklarning:
O'ynashib diring-diring,
Deyishar: «Yuring-yuring»,
tarzidagi quvnoqlik ruhini ifodalash bilan shoir bolalami bu ishga yanada ko'proq ruhlantiradi.
Quddus Muhammadiy she'rning qiziqarli, bolaiarbop bo'lishi uchun katta xizmat qilgan. Jonlantirish usulidan ustalik bilan foydalanib, temir-tersaklar ahamiyatini ularning o'zlari tilidan so'zlatadi, bar qaysisiga xos va mos sifatlami topadi. Deyishar: «Yuring, yuring», «Biz qachon bo'lamiz ZIL?», «Traktorga vint bo'lib, Paxta maydonin ko'ray», «Qurilishga boramiz», «Temir mehnatkash do'stim» kabi jonlantirishlar she'rning g'oyaviy-badiiy tomondan yuksak bo'lishini ta'minlash bilan uning ta'sir kuchini oshirgan.
Shoir she'rning yengil vaznda, ravon va ohangdor bo'lishi uchun yorqin qofiyadosh so'zlarni topa olgan:
Siniq pero dikillab,
Buzuq ruchka likUlab.
Temir ishin bilaman,
Qayda ko'rsam ilaman,
Maktabga topshiraman
Zavodga oshiraman,—
kabi poetik tasvirlar she'rning g'oyaviy-badiiy mukammalligini ta'minlash bilan uning tarbiyaviy ahamiyatini ham oshirgan.
Tabiat go'zalligiga bo'lgan ulkan muhabbat shoirga hamisha hamrohdir. Maktabda muallimlik qilib yurgan paytida barg mavzusini o'tar ekan «Bargjon» she'rini yozadi. Shu tariqa uning «Momaqaymoq, «Qoqi o't», «Bog'imizda bir nok bor», «Tut», «Tolim gullaydi-yu, nega meva tugmaydi», «Tok daraxti bir xil-u uzumi nega har xil», «Shafto!i doktor», «Asalari va Ahmadjon» kabi she'rlari paydo bo'ldi.
Shu jihatdan shoirning Hamza nomidagi Respublika davlat mukofotiga sazovor bo'lgan «Tabiat alifbosi» turkumiga kirgan beshta to'plami xarakterlidir. Shoir bu to'plamlarga kirgan she'rlarida tabiat hodisalari, narsa va buyumlar, koinot mo'jizalari haqida poetik xulosalar chiqargan. Bu xulosalar g'oyat bolalarbopdir. Chunonchi, zilzilani yerning gimnastika qilLshi deb ta'riflasa, chuvalchangni «er traktori» deb ataydi, gilosning qizilligini kichkmaUgidan uyalishidan degan xulosaga keladi. Xullas, tabiat mavzusidagi har bir shev rida shu tariqa bolalar xarakteri va tushunchasiga xos ibratli ilkr ifoda etiladi.
Q. Muhammadiy yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi sifatida e'zozli bo'lib qoldi. ILYOS MUSLIM -
(1909-1993)
Ma'lumki, bolalar adabiyoti bolalami go'daklik chog'idan boshlab mehnatga mehr qo'yishga, u bilan zavqlanishga, uning qudratiga ishonch bilan qarashga o'rgatadi. Shoir Ilyos Muslim ham qalamkash do'stlari singari ozod mehnat gulshanini ehtiros bilan kuylaydi:
Keng jahonda tinchlik tayanchi — Vatan, .
Tinchlik bayroqdori, ulug' mamlakat.
Senga hurmat, senga olqish, sharaf-shon!
; («Vatan haqida qo'shiq*)
Bolalarga atab yozilgan asar ularning tushunchasini kengaytirishi, so'z boyliklarini orttirishi, tevarak-atrofhi o'rab olgan muhit bilan tanishtirishi lozim.
Jo'shqin kuychi Ilyos Muslimning she'rlarida o'rinli o'xshatishlar, jonli obrazlar ko'zga yarq etib tashlanadi:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin