SULTON JO'RA , -, . (1910-1943)
Sulton Jo'ra 1910 yilning 15 yanvarida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Qag'altom qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida tug'ildi. yetti yoshida ota-onasidan yetim qolgan Sulton har kimlarning eshigida xizmat qildi. U dastlab boshlang'ich maktabda o'qib, 1924 yilda Buxoroga keldi va bu yerda erlar pedagogika bilim yurtiga o'qishga kirdi, uni 1930 yilda bitirdi,
Sulton Jo'ra 1931 —1938 yillarda Buxoro pedagogika institutining ishchi fakultetida o'qiydi. 1938—1941 yillarda Andijondagi o'qituvchilar institute va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.
1942 yilda Sulton Jo'ra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi ham qurol, ham qalam bilan jang olib bordi. 1943 yilning 14 noyabrida Belorussiya tuprog'ida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida jangchi-shoir qahramonlarcha halok bo'ldi.
Sulton Jo'raning dastlabki she'rlari 1933 yilda Buxoro yosh shoirlarining «She'rlar» to'plamida nashr etildi. Uning 1939 yilda «Fidokor», 1941 yilda «Moskva» she'riy to'plamlari, 1942 yilda «Iroda» nomli pesasi nashr etildi. Shoir vafotidan so'ng 1951 yilda rus va o'zbek tillarida «Tanlangan asarlar», tinch qurilish yillari davrida iste'dodli shoirning «Havo rang gilam», «Zangori gilam», «Bruno», «Parvoz», «Qaldirroch», «TanIangan asarlan>
kitoblari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida yaratgan asarlarida fashist gazandalarining butun yovuzliklari ochib tashlanadi, ularda yovga qarshi la'nat va nafrat tuyg'ulari davr kishilarining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan hamohang yangradi. «To'pchi Muhammad», «Pulemyotchi ovozi», «Chavandoz», «Uch og'ayni botirlar», «Nayzamiz» (1941), «Qahramon Qo'chqor» (1942), «Jahon seni olqishlar», «Berlin aptekasida* (1943) she'rlari shular
jumlasidandir.
Sulton Jo'ra kattalar uchun jo'shqin lirik she'rlar, yirik dostonlar yaratish bilan birga, bolalarga atab ham ajoyib asarlar yozdi.
Shoir-pedagog Sulton Jo'ra bolalar uchun yozgan asarlarida baxtli bolalik, Vatanga muhabbat va dushmanga nafrat, mehnat ahllariga e'tiqod tuyg'ularini ifodaladi. Ayni choqda, u yaxshi va a'lo baholarda o'qish uchun kurash, rostgo'y va intizomli bo'lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyii yozuv malakasini egallash kabi ta'lim-tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday g'oyalar shoirning «Yozgi yomg'irdan so'ng» (1936), «Qizlar», «A'lo» va «Yaxshi» ning maqtovi», «Zangori gilam» (1939), «Lx>la», «Oy nechta?», «Tinish belgilarining majlisi», «Cho'ntak, «Sirkda» (1940), «Qarzdor», «Qaldirg'och», «Yolgonchi», «Dengiz tagida» (1941), «Sog'inib» (1942), «Sog'inchli salom»,
«SaIom xat» (1943) kabi asarlarida o'z ifodasini topdi.
U o'z asariarida bolalar va maktab hayotini, ularning o'qishi, ko'cha va oilada o'zini tutishini haqqoniy aks ettirdi. Shoir yosh kitobxonning diqqatini o'ziga tortuvchi asarlar ijodkori sifatida tanildi.
Bofalar ilmiy-ommaviy mavzularda yozilgan san'at asarlarini ham sevib o'qiydilar. Sulton Jo'ra bunday mavzuda ham ancha asarlar yozdi. Shunday asarlaridan biri «Oy nechta?»dir. Bunda shoir kichkintoylarning orzu-umidlarini xarakterli parcha — ona va bolalarning dialog! orqali ifoda etadi:
Onadedi: :
Yotinglar endi, ; Faqat bitta osmonning oyif ' Katta bo'lgach, aylanaylarim, Oyning o'zin minib ko'rarsiz. O'shanda-chi, oyijon, bizga Katta toti olib berarsiz. «Mamatning kechirmishi» she'rida shoir Mamatning ichki-ruhiy kechinmalari, ishyoqmasligi, yalqovligi, to'ngligi orqasida darslardan qoloq bo'lib, iztirob chekishini ishonarli aks ettirgan. Mana, hamma uxlagan, ammo tanho Mamat uyg'oq. Shoir uning ana shu daqiqalardagi qalb iztirobini, ruhan qiynalayotganligini, notinch ruhiy holatini sodda, ravon tasvirlaydi.
Shoir qoloqlik sabablarini birovdan emas, balki qahramonining o'zidan qidirtiradi va buni Mamatning o'zini gapirtirish orqali ochadi.
Darsdan qoloqligi orqasida ruhan azob chekib, qiynalib yurgan Mamat o'jarligi, o'zboshimchaligini tan olib, do'stlari yordamida oyoqqa turib, endilikda astoydil o'qishga ahd qiiadi: