Tajriba o’tkazish uchun zarur bo’lgan jihozlar va reaktivlar.
1.Jihozlar: 500 ml kolba, absorbsiya qurilmasi, 150 ml yassi tubli kolba, spirt lampasi, shtativ, indikator qog’ozi.
2.Reaktivlar: 5 gr NaNO3 tuzi, 98% li konsentrlangan sulfat kislota, distillangan suv.
Nitrat kislotani labaratoriyada olish jihozlari bilan tanishish va texnika xavfsizligi choralarini ko’rish. Qurilma va jihozlarning tayyorligi va texnik ko’rigini tekshirish. Jihozlarni terish jarayonida amal qilinishi lozim bo’lgan texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib o’tish va ishni amalda bajarilish tartibi.
Ishni bajarish uchun 500 ml li kolbaga 5gr miqdorda NaNO3 tuzidan solinadi va reaksiya borishini ta’minlash maqsadida unga ozgina miqdorda suv quyiladi, hosil bo’lgan tuzning suvdagi quyuq eritmasiga 98% li konsentrlangan sulfat kislota quyib spirt lampasi yoqiladi, Absorsbsiya qurilmasi sovuq suv hammomiga ulangan holda aralashma qizdiriladi.
Jarayon quyidagi reaksiya asosida boradi:
NaNO3 + H2SO4 → HNO3 + NaHSO4
Qizdirish jarayoni yakunlangandan so’ng spirt lampasi o’chiriladi. Olingan kislotadan namuna olib indikator qog’oz yordamida aniqlanadi.
Xulosa: Men ushbu ilmiy pedogogik ishi xisobotimni tayyorlash davomida, menga berilgan mavzu asosida dars jarayonini qanday taqsimlash va uni qanday ko’rinishda tashkil etish, auditoriyani qanday qilib boshqarish, belgilangan vaqt mobaynida talabalarga mavzuni to’liq, batafsil va tushunarli qilib yortib berish jarayonlarida darslarni aniq vaqt va reja asosida olib borish bo’yicha ko’p tajribalarga ega bo’ldim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
ҒАФУРОВ Қаҳрамон, ШАМШИДИНОВ Исраилжон “МИНЕРАЛ ЎҒИТЛАР ВА ТУЗЛАР ТЕХНОЛОГИЯСИ” НАМАНГАН – 2006 йил -16-20- bet.