Mamlakatda bank tizimi shakllanishining


«Ipoteka bank” ATBning rivojlanish tarixi



Yüklə 136,75 Kb.
səhifə2/7
tarix08.09.2023
ölçüsü136,75 Kb.
#142094
1   2   3   4   5   6   7
Sqb

«Ipoteka bank” ATBning rivojlanish tarixi.
«Ipoteka bank” tarixi 1922 yildan boshlab Toshkentda Sanoatbankning O`rta Osiyo idorasi ochilishidan boshlangan bo`lib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan chambarchas bog`liq.
Kapital qo`yilmalarining o`shishi va xizmat ko`rsatish uchun pudratchi tashkilotlar hisobraqamlarining Sanoatbankiga topshirilishi moliyalash tizimida o`zgartirishlarni talab etdi. 1932 yil may oyida Sanoatbank uzoq muddatli qo`yilmalarga ixtisoslashtirilgan bankka aylantirilib, uning zimmasiga kapital qurilish, og`ir, yengil, mahalliy sanoat, ta’minot tashkilotlari, tashqi savdoni moliyalash yuklatildi.
1955 yilda kapital qurilishni moliyalashning yangi Qoidalari va qurilish bo`yicha pudrat shartnomalari to`g`risidagi Qoidalar tasdiqlandi. Bank ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarning ishga tushirilishi bo`yicha davlat rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Tayyor ob’ektlar bo`yicha hisob – kitoblar kengaytirildi, pudratchi tashkilotlarning qisqa muddatli kreditlash tizimi o`zgartirildi.
Davlat tomonidan kapital qo`yilmalarga yo`naltirilayotgan mablag`larning to`g`ri sarflanayotgani ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida 1959 yilda Sanoatbank kapital qo`yilmalarni moliyalash Banki – Qurilish bank deb o`zgartirildi.
1987 yilda Qurilishbank Sanoat –qurilish bankiga aylantirildi. Shu yilning o`zida bank tizimini isloh qilish boshlanib, mustaqil O`zbekiston davlati e’lon qilingach o`zining sifat jihatdan yangi xususiyatini kasb etdi.
1991 yil Mustaqillik e’lon qilingach, mamlakatda sifat jihatdan yangi, ikki tabaqali bank tizimi shakllana boshladi. Ta’sis konferentsiyasida «Ipoteka bank” aktsiyadorlik – tijorat bankiga aylantirildi. O`zbekiston Respublikasining yetakchi sanoat korxonalari va pudratchi tashkilotlari uning ta’sischilari bo`ldilar.
1996 yil 25 aprelda O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonuni chiqdi, u bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Shu yil qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 230 – sonli “Pul mablag`larini emissiyasini qisqartirish bo`yicha chora – tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga binoan bank muassasalarining zimmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi xo`jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa operatsiyalari o`tkazishning belgilangan talablariga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
1998 yilda «Ipoteka bank” faoliyati Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi va oila manfaatlarini amalgam oshirishni ta’minlash Davlat dasturi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo`yicha tadbirlarni amalga oshirishga yo`naltirildi.
Bankning butun faoliyati O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi “Bank tizimini kelgusida erkinlashtirish va isloh etish chora – tadbirlari to`g`risida”gi Farmonida belgilangan bozor islohotlari jarayonini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni amalgam oshirishga qaratildi.
O`zbekistin Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi
349 – sonli “Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini kelgusida takomillashtrish bo`yicha chora –tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan bankning pul – kredit siyosati respublikada iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishiga ko`maklashdi va eksportga mo`ljallangan va import o`rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarilishini qo`llab – quvvatladi.
2002 yil aprel oyida qabul qilingan “Banklarda aholi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to`g`risida”gi qonuni bajarish maqsadida tashkil etilgan O`zbekiston Respublikasi banklarida aholi omonatlarini kafolatlash fondi «Ipoteka bank” omonatlarini ishonchli himoya qiladi. Bank muntazam yangi omonatlar chiqarib, amalga joriy etdi, ular o`zining jozibadorligi va yuqori daromadliligi bilan alohida o`z jamg`armalarini bankda saqlash ishtiyoqini uyg`otdi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob – kitoblar tizimini kelgusida rivojlantirish chora – tadbirlari to`g`risida”gi 445 – sonli qarorini bajarish maqsadida bank o`zining to`lov tizimini takomillashtirib bormoqda, respublika tashkilotlarida oylik maosh loyihalarini joriy etmoqda. Bank 2004 yilda respublikada birinchi bo`lib o`z dizayniga ega bo`lgan Visa Electron Visa Classic xalqaro to`lov chipli kartochkalari chiqarish va ulaga xizmat ko`rsatishga kirishdi.
2006 yil yanvar oyida Ipoteka bankni unga “O`zprivatbank” O`zbek xalqaro banki birlashtirish shaklida qayta tashkil etish to`g`risidagi qaror qabul qilindi.

  1. yil yakunlari bo`yicha “FITCH RATINGS” xalqaro reyting agentligi tomonidan «IPOTEKA BANK” ka barqaror bahosi berildi.

  2. yil yakunlari bo`yicha aktsiyadorlar umumiy yig`ilishi qaroriga ko`ra bankning yuridik nomi o`zgartirildi. Bankning yangi nomlanishi quyidagicha:

“O`zbekiston sanoat – qurilish banki” Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki.
«Ipoteka bank” ATB O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida markazlashgan rejali iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning mashhur besh tamoyiliga, ya’ni iqtisodiyotni mafkuradan holi ekanligi va uning siyosatdan ustunligi, davlat zimmasiga bosh islohotchi vazifasining yuklanishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosatni yuritish, islohotlarni bosqichma – bosqich va izchil amalga oshirishga asoslangan “o`zbek modeliga” tayangan holda davlatimizning, tadbirkorlik tuzilmalarining, fuqarolarning mustahkam moliyaviy tayanchiga aylandi.
Hozirgi paytda ham, kelajakda ham bankning ustuvor vazifasi – 2011 – 2015 yillarda respublika moliya – bank tizimini yanada isloh qilish, yuqori reyting ko`rsatkichlariga erishish bo`yicha davlat dasturining ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirishdan iborat.

Yüklə 136,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin