Mamlakatda bank tizimi shakllanishining



Yüklə 136,75 Kb.
səhifə1/7
tarix08.09.2023
ölçüsü136,75 Kb.
#142094
  1   2   3   4   5   6   7
Sqb


MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………2
Asosiy qism:

  1. “Ipoteka bank” ATB ning rivojlanish tarixi……………...…………………4

  2. “Ipoteka bank” ATB ning rivojlanish strategiyasi……………………….....8

  3. “Ipoteka bank” ATB amaliyot boshqarmasining me’yoriy – huquqiy hujjatlari……………………………………………...............................................13

  4. “Ipoteka bank” ATBda olib borilayotgan transformatsiya jarayoni natijalari……………………………………………………………...........................17

  5. “Ipoteka bank” ATB Amaliyot boshqarmasida buxgalteriya

apparatini tashkil etish…………………………………………………………….22
Xulosa…………………………………………………………………………….35
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………37


KIRISH

Bank tizimi – bozor iqtisodiyotining eng muhim va ajralmas bo`laklaridan biri bo`lib, unda amalga oshirilayotgan barcha o`zgarishlar u yoki bu tarzda butun mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini ko`rsatmoqda.
Bank tizimining samarali amal qilishi bozor munosabatlarini rivojlantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiyotning alohida sektorlardagi barqaror rivojlanish, shuningdek uning xalqaro bozordagi mavqeining mustahkamlanishi ham bevosita moliya bank tizimida sodir bo`layotgan ijobiy o`zgarishlar bilan bog`liq.
O`zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xo`jalik yuritishning bozor sharoitlariga boshqichma – bosqich o`tkazish dasturiga mos keladi. Bank tizmi ikki bosqichli strukturadan iborat (yuqori bosqichi – Markaziy bank, quyi bosqichi – tijorat banklari).
Markaziy bank mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul – kredit siyosatini amalga oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qog`ozlar emissiyasi bilan shug`ullanadi, mamlakatning oltin valyuta zahirasini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kredit beradi.
Tijorat banki o`z navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga bo`linadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamg`arma (omonat) banki, maxsus bank,koorparativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank bo`lib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma – xil bank xizmatlarini ko`rsatadi (depozitlarni jalb qilish, kredit berish, qimmatbaho qog`ozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining o`zagini tashkil etadi.
Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda banklar oldida turgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi Bugun, 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalariga murojaat yo‘lladi. Davlatimiz rahbari bank tizimi haqida ham alohida to‘xtalib, shunday dedi:“Bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim. Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qo‘llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha zamon talablaridan, 10-15 yil orqada qolmoqda. 2020 yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Milliy bank va Ipoteka-bank bu yil o‘z “evrobond”larini chiqarishi maqsadga muvofiqdir. Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi. Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi - tijorat banklarini “mijoz uchun ishlash”ga o‘rgatishdan iboratdir. Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida, Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq qayta tashkil etiladi.Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy qilish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarni jalb etish boshlandi va bu jarayon izchil davom etadi. Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali, ularning dasturiy ta’minotlarini tubdan yangilash lozim. Shu yil 1 iyulga qadar “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish zarur. Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yish kerak”.

Yüklə 136,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin