Mamlakatda bank tizimi shakllanishining


«Ipoteka bank” ATB Amaliyot boshqarmasi buxgalteriya apparatini tashkil etish



Yüklə 136,75 Kb.
səhifə6/7
tarix08.09.2023
ölçüsü136,75 Kb.
#142094
1   2   3   4   5   6   7
Sqb

«Ipoteka bank” ATB Amaliyot boshqarmasi buxgalteriya apparatini tashkil etish.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali (bundan keyingi o`rinlarda bank deb yuritiladi) rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U Bank tizimining bosh buxgalterlari to`g`risidagi namunaviy nizom (ushbu Yo`riqnomaning 1-ilovasi) asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo`lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o`rinbosari bajaradi.
Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo`limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo`linmasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi bo`yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo`yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo`limlarga topshirilishi mumkin.
Ish hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo`riqnoma talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. Shuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi buxgalterlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy nazoratdan o`tishini ta’minlash maqsadida ish hajmidan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o`rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim.
Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bank rahbari buyrug`i bilan tasdiqlanadi.
Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari o`rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, bunda bitta xo`jalik yurituvchi sub’ektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidan yuritilishi kerak, chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlar bundan mustasno. Hisobvaraqlarni buxgalteriya xodimlari o`rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladi hamda qo`lda maxsus daftarda qayd etib boriladi.
Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklarni ularning yo`qolishiga yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo`l qo`yilmaydigan tarzda saqlanishi hamda foydalanishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Bank muhrlari va bur chakli shtamplarining hisobi ularni saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi ko`rsatilgan maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog`langan va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo`lishi va bank rahbarining yoki uning xohishiga ko`ra bosh buxgalter seyfida saqlanishi lozim.
Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo`lishi kerakki, bunda mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muhrlari, shtamplari, hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo`lmasligi lozim.
Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo`lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko`ra ishda bo`lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muhr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo`g`inlarida o`rnatilgan tartibga amal qilinishini kuzatib borish yuklatiladi. SHuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank bosh buxgalteri ishda bo`lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug`iga ko`ra uning o`pinbosapiga topshiriladi.
Mijozlarning bank xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlari hamda boshqa murojaatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko`rib chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e’lonlar osib qo`yish yo`li bilan mijozlarga ma’lum qilinishi lozim.
Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda balans va boshqa hisobotlarni o`z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga o`z vaqtida va sifatli xizmat ko`rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart.
Tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan yirik banklarning buxgalteriya apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi mumkin. Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofislarga ajratish tamoyillari va ularning vazifalari 2-ilovada va Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati yuzasidan sharhlar 3-ilovada keltirilgan.
Buxgalteriya operatsiyalarini dastlabki nazoratdan o`tkazish.
Dastlabki nazorat Front-ofis xodimlari (agar, bank tarkibiy tuzilmasi Frontofis va Bek-ofisga bo`lingan bo`lsa) yoki mas’ul ijrochi buxgalter (agar, buxgalteriya apparati bir butun yaxlit bo`lgan taqdirda) tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning samaradorligini, bankning ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar, operatsiyalar xorijiy valyutada xalqaro shartnomalar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim.
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda, ularning O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to`g`ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to`liq va to`g`ri to`ldirilganligi, ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo`yash, chizish va tuzatishga yo`l qo`yilmaganligi, shu jumladan hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi.
Agar, mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to`lov hujjatlari mijozga ijroga qabul qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o`zgartirilgan to`lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o`zaro kelishilgan tartibda tuzatish kiritilgan bo`lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To`lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri bor bo`lgan holatda inkassaga qabul qilinadi.
Agarda bank hisobvarag`i shartnomasida boshqacha tartib ko`zda tutilmagan bo`lsa, to`lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning talab qilib olguncha depozit hisobvarag`ida to`lov uchun etarli mablag`lar mavjud bo`lgandagina qabul qilinadi. Byudjetga va byudjetdan tashqari jamg`armalarga to`lovlar bo`yicha taqdim qilingan to`lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag`ida to`lov uchun etarli mablag`lar mavjud bo`lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi.
To`lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo`yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi u bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo`lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish kunida "kechki" muhri bilan qabul qilingan to`lov hujjatlari bundan mustasno). Byudjet va byudjetdan tashqari jamg`armalarga to`lovlar uchun qabul qilingan to`lov topshiriqnomalari to`lovchining hisobvarag`ida mablag`lar etarli bo`lmagan hollarda 2-sonli kartotekaga qabul qilinadi.
Mas’ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi to`lov hujjati nusxalarini imzolashdan oldin, ularni solishtirib, o`zaro bir xilligiga ishonch hosil qilishi lozim. SHundan so`ng, ijro etish sanasi ko`rsatilgan holda mas’ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va unga biriktirilgan bank shtampi qo`yilgan hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu nusxa hujjatlar ijro uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini bajaradi.
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to`ldirilgan kundan boshlab (to`ldirilgan kunni hisobga olgan va hujjatda ko`rsatilgan sana to`g`rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan qabul qilinadi.
Naqd pul cheklarini qabul qilishda mas’ul ijrochi buxgalter naqd pul cheki bilan ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga majburiy badallarni, Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarning daromad solig`i hamda jamg`arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini o`tkazish bo`yicha xo`jalik yurituvchi sub’ekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan reestr ilova qilingan to`lov topshiriqnomalari taqdim etilmagan hollarda naqd pul cheklari banklar tomonidan ijroga qabul qilinmaydi.
Mijozning bankdan naqd pul olish uchun ishonchnoma berilgan vakili naqd pul chekini mas’ul ijrochi buxgalterga (Front-ofis va Bek-ofisga bo`linmagan banklarda) yoki Front-ofisning ushbu mijozga xizmat ko`rsatuvchi xodimiga taqdim etadi. Mas’ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi naqd pul chekini quyidagi rekvizitlari bilan uning to`g`riligini tekshiradi:
naqd pul cheki sanasi muddatining o`tmaganligi; naqd pul chekining raqamini imzo namunalari va muhr izi qo`yilgan
varaqchadagi raqam bilan mosligi; mijozning nomi, uning hisobvarag`i raqami, naqd pul cheki bilan olinadigan mablag`ning raqam va so`z bilan yozilgan summalari, naqd pul chekida qo`yilgan imzo va muhrning bankdagi imzolar va muhr namunalariga mos kelishi, shuningdek vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi ma’lumotlarning naqd pul chekida qayd etilgan ma’lumotlarga to`g`ri kelishi; mijozning depozit hisobvarag`idagi mablag`larining naqd pul chek bilan
olinishi lozim bo`lgan mablag`dan kam emasligi.
Front-ofisning ushbu mijozga xizmat ko`rsatuvchi xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter (Front-ofis va Bek-ofisga bo`linmagan banklarda), mazkur Yo`riqnomaning 57-1-bandida ko`rsatib o`tilgan tekshirish amallarini bajarib, e’tiroz bo`lmaganidan so`ng, naqd pul chekining orqa tomoniga tegishli kassa ramzi raqami va sanani ko`rsatgan holda imzolab, naqd pul chekini Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalterga (Front-ofis va Bek-ofisga bo`linmagan banklarda) beradi. Naqd pul chekining nazorat markasini mijozga qaytaradi.
Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul qilingan barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga kiritadi va to`lov hujjatlarini imzolab, elektron to`lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o`tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.
Buxgalteriya operatsiyalarini joriy nazoratdan o`tkazish.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter bank ichki hujjat aylanish tartibiga asosan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalterdan kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilgandan keyin joriy nazoratni amalga oshiradi.
Joriy nazoratda dastlabki nazoratdan o`tkazilgan to`lov hujjatlarining to`g`ri rasmiylashtirilganligi va ularning elektron nusxalarining to`g`ri rasmiylashtirilganligi qaytadan tekshiriladi hamda ulardagi imzolar va muhr izini o`zlarida mavjud imzolar va muhr izi namunalari bilan solishtiriladi.
To`lov hujjatlarining asl nusxasida Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini hamda ularni o`zida mavjud bo`lgan imzo namunalariga mos kelishini tekshiradi. SHuningdek, Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalteri pul hisob-kitob hujjatlarida bo`yash, chizish va tuzatishga yo`l qo`yilmaganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter naqd pul cheki va e’lonnomani o`rnatilgan tartibda tekshirib, ularni imzolab Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterga qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bankning ichki moliya-ho`jalik operatsiyalari bo`yicha kelib tushgan to`lov hujjatlarining asl va elektron nusxalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo`lgan bank tegishli bo`linmalarining Xizmat farmoyishlarining nusxalari to`g`ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo`qligi tekshiriladi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari yoki ularning elektron faylida xato va kamchiliklar aniqlanganda, Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter to`lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekmasdan ularning xato va kamchiliklarini ko`rsatgan holda Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalterga ijrosiz qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan joriy nazorat natijalari ijobiy bo`lgan taqdirda, u to`lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekadi va uni Bek-ofis boshlig`iga yoki bosh buxgalterga tasdiqlash uchun jo`natadi.
Bek-ofis boshlig`i yoki bosh buxgalter belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, dastlabki va joriy nazoratdan o`tgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilib oladi va ushbu to`lov hujjatlarida qonunchilik hamda bankning ichki siyosatida o`rnatilgan talablarga rioya qilinishi bo`yicha umumiy nazoratni amalga oshiradi.
Bek-ofis boshlig`i yoki Bosh buxgalter barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalariga o`rnatilgan tartibda imzo chekib, tasdiqlaydi va buxgalteriya o`tkazmalarini amalga oshiradi. Bank rahbari buyrug`i bilan to`lovlarni tasdiqlash boshqa bank xodimiga topshirilishi mumkin.
Buxgalteriya hujjatlarini saqlash.
Banklar buxgalteriya hujjatlarini but saqlanishini ta’minlashlari shart.
Buxgalteriya hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi hamda bu ishlar to`g`ri tashkil qilinishi uchun javobgarlik banklar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi. Rahbar va bosh buxgalter bank xodimlariga yo`l-yo`riqlar ko`rsatishi, xodimlarga hujjatlarni javonlar va boshqa omborlarda saqlash uchun muayyan joylarni ajratib berishi va biriktirib qo`yishi, zarur hollarda hujjatlarni bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilashi lozim.
Banklarda har kuni bank amaliyoti kuni tugallanganidan keyin axborotlar o`rnatilgan tartibda arxivlanadi.
Bank amaliyot kuniga tegishli buxgalteriya hujjatlari ularni ularning saqlash muddatlari bo`yicha alohida yig`majildlarga tikilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni tayyorlash bilan yig`majildlarni rasmiylashtirish vazifasi topshirilgan xodim shug`ullanadi.
Kunlik yig`majildga quyidagi hujjatlar tikiladi:
bank mijozlari to`lov hujjatlarining hamda qisman amalga oshirilgan
to`lovlarda, shuningdek bank mijozlar bilan shartnomada belgilangan hisobkitoblar bo`yicha amalga oshirilgan to`lovlar uchun qo`llanilgan memorial orderlarning birinchi nusxasi;
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko`rsatish tizimi bo`yicha amalga oshirilgan to`lov hujjatlarining ro`yxati (mazkur Yo`riqnomaning 6-ilovasi); banklararo va filiallararo to`lovlar bo`yicha bank hisobvaraqlarining kreditlanishiga asos bo`lgan elektron to`lov hujjatlarining ro`yxati (mazkur
Yo`riqnomaning 6-ilovasi); bankning ichki hisobvaraqlari bo`yicha amalga oshirilgan operatsiyalari
uchun asos bo`lgan memorial orderlar ro`yxati (mazkur Yo`riqnomaning 6ilovasi);
ko`zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo`yicha amalga oshirilgan operatsiyalar uchun asos bo`lgan memorial orderlarning mas’ul ijrochilar bo`yicha tuzilgan ro`yxati (mazkur Yo`riqnomaning 6-ilovasi);
kunlik balans hisoboti va hisobvaraqlar bo`yicha aylanma va qoldiq
summalar; kunlik buxgalteriya jurnali.
Hujjatlar ro`yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yo`l bilan olinadi.
Kassa hujjatlari "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil qilish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo`riqnoma" (2008 yil 27 iyun, ro`yxat raqami 1831 - O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami 2008 yil, 26-27-son, 258-modda) talablari asosida kassa xodimlari tomonidan alohida yig`majildga tikiladi. Kunlik buxgalteriya yig`majildiga kirim va chiqim kassa jurnallari o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda tikiladi.
Qimmatbaho metallar, chet el valyutasi bilan bog`liq operatsiyalar va boshqa bank ichki xo`jalik operatsiyalarga doir, ya’ni asosiy vositalar, bankning daromad hamda xarajatlar operatsiyalari bo`yicha hujjatlarning saqlash muddatlari turlicha bo`lganligi uchun ular alohida yig`majildlarga joylanadi.
Asosiy vositalar va turli daromad hamda xarajatlar bilan bog`liq operatsiyalar, bankning boshqa xo`jalik operatsiyalari bo`yicha hujjatlar yig`majildiga to`lov hujjatlari bilan birga kassa hisobvarag`i bilan korrespondentsiyalashgan va kassa orderlarini (to`lovnomalar, ish haqi to`lash qaydnomalari, arizalar va boshqalar) to`ldirishda asos bo`lgan asl nusxadagi hujjatlar ham tikiladi.
Taxlanib tikilgan (broshyuralangan) hujjatlar kunlik buxgalteriya jurnalidagi ro`yxat bilan solishtirilib chiqiladi va ularning summasi aylanmalarining yig`ma ma’lumotlarini aylanmalar yakunlari bilan (bunda ayrim hisobvaraqlarning aylanmalaridan tashqari) taqqoslanadi.
Bosh buxgalterning xohishiga ko`ra, axborotni shaxsiy kompyuterga kiritish uchun tayyorlangan hujjatlar bog`lamlari shakllantirilishi mumkin. Bunda hujjatlar yig`majildiga ularni dasturiy yo`l bilan chiqarilgan ro`yxati (kunlik buxgalteriya jurnali)ning tegishli qismi bilan joylashtiriladi.
Ko`zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga tegishli hujjatlar ham hisoblab chiqilib, ularning summalari buxgalteriya jurnallaridagi ma’lumotlar bilan yoki aylanmalar jamlanma ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Broshyuralangan hujjatlar yig`majildining muqovasi mazkur
Yo`riqnomaning 7-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Taxlangan hujjatlarga shu hisobvaraqni yurituvchi mas’ul ijrochi buxgalteriya xodimi imzolagan kunlik buxgalteriya operatsiyalari ro`yxatining tegishli qismi ilova qilinadi. Agar hujjatlar dastalangan bo`lsa, ular dastalarni mas’ul ijrochi buxgalterlar qirqimi bo`yicha kunlik buxgalteriya jurnaliga qarab hisoblab chiqilishi mumkin, biroq bu hujjatlarni tayyorlagan xodim kun davomida o`tkazilgan buxgalteriya operatsiyalariga doir barcha hujjatlarning shu dastada borligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Hujjatlarni tayyorlash topshirilgan mas’ul xodim ilovasi bor bo`lgan hujjatlarda bu ilovalar qanchaligi ko`rsatilganini va ular haqiqatan ham mavjudligini sinchiklab tekshirishi lozim.
Yakunlangan kun hujjatlari keyingi bank ish kunidan kechiktirilmay, yuqorida qayd etilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Rasmiylashtirish tugallanmagan hujjatlar albatta metall shkaflarda saqlanishi lozim. Uzoq vaqt saqlanadigan, shuningdek bankning ichki operatsiyalarga taalluqli hujjatlari alohida yig`majildlarga joylanishi kerak.
Qoida bo`yicha bu hujjatlar har kuni tayyorlanadi. Muqovada buxgalteriya hujjatlari soni va umumiy summasi bo`yicha ma’lumotlarni tayyorlagan xodim, bosh buxgalter yoki uning o`rinbosari imzolari bilan tasdiqlanadi.
Operatsiyalar hajmi kam bo`lgan banklarda o`tgan yilga tegishli bo`lgan uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar rahbar xohishiga ko`ra, yil yakunlangandan so`ng shakllantirilishi mumkin. Bunday hollarda yil tugagunicha bu hujjatlar yig`majildda to`plab borilishi va omborda yoki metall shkafda bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanishi lozim.
Uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar taxlanayotganda yig`majildda har bir kun uchun qistirma varaqlar qo`shilishi, ularda shu kun uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo`yicha hujjatlar summalari ko`rsatilishi kerak, yig`majild muqovasida esa buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo`yicha hujjatlarning umumiy summasi qayd etiladi.
Buxgalteriya va kassa hujjatlari umumiy yig`majildlariga bosh buxgalter yoki uning o`rinbosari imzolagan ma’lumotnomalar joylanadi. Bu ma’lumotnomalar har bir hisobvaraq debeti, shuningdek alohida yig`majildlarda saqlanayotgan har bir "Ko`zda tutilmagan holatlar" hisobvarag`ining kirim va chiqimi bo`yicha hujjatlar summalari to`g`risida tuzilgan bo`lishi kerak.
Hujjatlarni saqlashga mas’ul xodim hujjatlarning to`la va but saqlanishini ta’minlashi shart. Ular bosh buxgalter, uning o`rinbosari yoki bo`lim boshlig`ining ruxsatisiz boshqalarga hujjatlarini ko`rib chiqishlariga yo`l qo`ymasliklari lozim.
Quyidagi hujjatlar saqlanishi shart:
Omborda yoki metall shkaflarda:

  1. tugagan yil uchun yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi hamda so`nggi tugagan oy uchun oylik balans va uning barcha ilovalari;

  2. joriy oyning birinchi kuni uchun tekshiruv qaydnomalari;

v) fuqarolar omonatlari bo`yicha amaldagi shaxsiy hisobvaraqlari;
g) oxirgi 12 oy uchun kassa hujjatlari;

  1. joriy oy uchun kirim-chiqim hujjatlari;

  2. binolar va inshootlar, xo`jalik anjomlari, kam baholi va tez eskiruvchi

buyumlar hisobi yuritiladigan hisobvaraqlar bo`yicha daftarlar.
Qo`riqlanadigan xonadagi metall shkaflar, sandiqlar yoki qutilarda:

  1. amaldagi shaxsiy hisobvaraqlar kartotekalari (omonatlar bo`yicha shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari), amaliyot jurnallari, kitoblar, imzolar namunalari qo`yilgan kartochkalar, ish haqi to`lash uchun berilgan mablag`lar hisobini yuritish kartochkalari, foizlarni hisoblash qaydnomalari;

  2. amal qilib turgan va arxivdagi pensiya varaqlarining hamda bir marta

pensiya va nafaqalar to`lash to`g`risidagi topshiriqnomalarning kartotekalari.
Mijozlarning ularga hisobvaraqlar ochish to`g`risidagi arizalari barcha zarur hujjatlar bilan birga har bir mijoz bo`yicha tutiladigan alohida yig`majidlarda saqlanishi lozim. Bunday yig`majildlardan hujjatlarning chiqarib olinishiga mutlaqo yo`l qo`yilmaydi.
Ushbu yig`majildga imzo huquqi o`zgargani to`g`risidagi yozishmalar, hisobvaraqni tasarruf etish vakolatini belgilovchi hujjatlar, ssuda hisobvaraqlari ochish to`g`risidagi majburiyat arizalari, shuningdek hisobvaraqlar ochish haqidagi farmoyishlarning nusxalari tikiladi. Har bir yig`majildga talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozit hisobvarag`ining raqami qo`yiladi.
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog`liq hujjatlarni saqlash vazifasi bosh buxgalter yoki uning o`rinbosari zimmasiga yuklatiladi. Ushbu yig`majildlar qulflanadigan javonlarda saqlanishi lozim. Amaldagi imzo namunalari amaliyot bo`limi xodimlarining qulflanadigan kartotekalarida saqlanishi lozim.
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog`liq o`z kuchini yo`qotgan hujjatlar yig`majildda qoldiriladi va ular ustiga chiziq tortilib yangi hujjatlar bilan almashtirilgani yozib qo`yiladi. Imzolar namunalari qo`yilgan kartochka almashtirilayotganda o`z kuchini yo`qotgan kartochkalar nusxalaridan biri mijozning yuridik yig`majildiga tikiladi, qolganlari esa yo`q qilinadi.
Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (o`tgan oylar uchun buxgalteriya hujjatlari bank arxiviga topshirilgunga qadar, buxgalteriyaning stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim qo`l ostida bo`ladi.
Agar omborda joy etmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi temir javonlarda saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligiga javob beradi.
Omborda va joriy arxivda saqlanayotgan buxgalteriya hujjatlariga doir ma’lumotlar kassa hujjatlari bo`yicha javobgar xodim huzurida, bosh buxgalter yoki uning o`rinbosari (bo`lim boshlig`i) imzolagan talabnomalar asosida olinadi. Ma’lumot olish uchun ruxsat berilgan bank xodimi kassir yoki joriy arxivni boshqaruvchi xodim kuzatuvida ishlashi lozim. Hujjatlar uchun javobgar shaxslar ma’lumot olishga ruxsat berilgan xodimlar tomonidan hujjatlarga biror-bir tuzatishlar va yozuvlar kiritilmasligini kuzatib turishlari shart.
Ombor va joriy arxivdan kirim-chiqim hujjatlari bosh buxgalterning yozma ruxsati bo`yicha beriladi. Kun oxirida hujjatlar qaytarilishi shart.
Arxiv hujjatlari faqat qonun hujjatlarining talablari asosida olinishiga yo`l qo`yiladi.
Hujjatning asl nusxasi olinayotganda bu haqda ikki nusxada dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib unga bank rahbari yoxud uning o`rinbosari, bosh buxgalter va hujjatni talab qilgan tashkilot vakili imzo chekadi. Dalolatnoma yoki bayonnomada aynan qanday hujjat olinayotgani, uning kimning talabiga va ruxsatiga ko`ra olinayotgani aniq ko`rsatilishi kerak. Dalolatnoma yoki bayonnomaning ikkinchi nusxasi yuqorida qayd etilgan vakilga topshiriladi. Hujjatning olingan asl nusxasi o`rniga bosh buxgalter tasdiqlagan nusxa hamda dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi va hujjatni olish xususidagi talabnoma qo`yiladi. Bu talabnomada asl hujjatni olgan shaxs imzosi ham bo`lishi lozim.
Bir yilning turli sanalariga tegishli kirim-chiqim hujjatlari bir vaqtning o`zida olinayotgan hollarda bu hujjatlarning barchasi uchun bitta dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib, unga shu hujjatlar ro`yxati kiritiladi.

Xulosa.
Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash lozimki, bank tizimi – bozor iqtisodiyotining eng muhim va ajralmas bo`laklaridan biri bo`lib, unda amalga oshirilayotgan barcha o`zgarishlar u yoki bu tarzda butun mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini ko`rsatmoqda.
Bank tizimining samarali amal qilishi bozor munosabatlarini rivojlantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiyotning alohida sektorlardagi barqaror rivojlanish, shuningdek uning xalqaro bozordagi mavqeining mustahkamlanishi ham bevosita moliya bank tizimida sodir bo`layotgan ijobiy o`zgarishlar bilan bog`liq.
«Ipoteka bank” da buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U Bank tizimining bosh buxgalterlari to`g`risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo`lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o`rinbosari bajaradi.
Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo`limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lishini, makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni echish yo‘llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda o‘rganish dolzarb vazifadir.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Bugun mamlakat moliya-bank tizimidagi hamma o‘zgarishlarga zudlik bilan moslashish, mijozlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan doimo xabardor bo‘lish va ularni hisobga olish zarur.
Shu bilan bir vaqtda, bankning bugungi kundagi faoliyati ayrim kamchiliklar bilan bog`liq, ularni bartaraf etmasdan, uning rivojlanish salohiyatini amalga oshirish to’g`risida gapirish mumkin emas. Shular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • bankning raqobat sohasidagi eng muhim ustunliklaridan foydalanishda past darajadagi samaradorlik: sotish tarmoqlari va mijozlar bazasi, bu mijozlar bilan ishlash yetarli darajada tashkil etilmaganligi va sotish salohiyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi bilan bog`liq;

  • avtomatlashtirilgan bank tizimi, u zamonaviy talablarga javob bermaydi;

  • xalqaro moliyaviy institutlar bilan yo’lga qo’yilgan aloqalarning va hamkorlikning yetarli darajada emasligi;

  • mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini nazorat qilishning murakkablashtirilganligi, amaliyot xavfining oshishi va filiallar tarmoqlarining yanada rivojlanishi munosabati bilan amaliyot chiqimlarining ko’payishi.

Mamlakatimiz bank tizimini rivojlantirishga berilayotgan alohida e’tibor va respublikamizdagi qulay makroiqtisodiy shart – sharoitlar yaratilganligining natijasida bank tizimini rivojlantirish va yanada isloh etib borish sohasida sezilarli ijobiy yutuqlarga erishilmoqda.

Yüklə 136,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin