Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda


Nodavlat MTT boshqarish va ularni tashkil qilish



Yüklə 30,38 Kb.
səhifə3/6
tarix10.05.2022
ölçüsü30,38 Kb.
#57247
1   2   3   4   5   6
KIRISHwwwwwwwwwwwww1

1.1. Nodavlat MTT boshqarish va ularni tashkil qilish.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot rahbari davlat maktabgacha ta’lim tashkilot mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari va ta’lim- tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni boshqarish faoliyatini tartibga soladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning maqsadi va vazifalari.

Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning maqsadi hisoblanadi:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

  • ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;

  • bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning vazifalari hisoblanadi:

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

  • bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;

  • bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;

  • bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

  • bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida] yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;

  • bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qabul qilish

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning ustavi bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda o‘quv yili joriy yilning 2 sentabridan boshlanadi va keyingi yilning 31 mayda tugallanadi. Ushbu davr oralig‘ida sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.


Yüklə 30,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin