Mamlakatimizda


Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Yüklə 47,76 Kb.
səhifə4/9
tarix14.12.2023
ölçüsü47,76 Kb.
#176824
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-MA\'RUZA

Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.


Ijtimoiy psixologiya ko’pgina sohalarni o’z ichiga qamrab oluvchi amaliy fan hisoblanib, bir tomondan psixologiya, ikkinchi tomondan odamshunoslik fanlari doirasiga kiradi. Bu fan ijtimoiy-gumanitar fanlarning integrallashuvi jarayonlarining mahsuli sifatida XVIII asrdan boshlab paydo bo’la boshlagan. Ijtimoiy psixologiya o’z ichiga munosabatlar psixologiya yo’nalishlarini qamrab oladi. Gumanistik nuqtai nazardan muxandislik psixologiyasi muammolarini M.M.Sherbato v (1733–1790) o’rgana boshlagan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida I.M.Sechenov, S.M.Bexterov, A.F.Koni faoliyat yuritgan davr kasb psixologiyaning o’sish davri hisoblanadi. Ishchi xizmatchi-xodim shaxsi psixologiyasi ustidagi izlanishlar natija bera boshlaydi va ayni shu davrda kasbiy psixologiyani mustaqil fan sifatida qabul qilish zarurati tug’iladi. Kasb psixologisi fanining rivojlanishiga S.S.Romanov, M.I.Enikeev, V.L.Vasilevlar katta hissa qo’shganlar. Kasb psixologiyasi ilmiy-amaliy fan sifatida birinchidan, muxandis texnik xodim xulqi (axloq, ijtimoiy fikr, ijtimoiy stereotiplar); ikkinchidan, xulq (shaxsining xulq-atvori, texnik stereotip, guruh tarkibi, tuzilishi, vaziyat, texnik xodimning shaxsi, xulq-atvori va ularning xulq genezisdagi roli); uchinchidan, injenerlik faoliyati (profilaktik faoliyat psixologiyasi, mehnat faoliyati psixologiyasi kabilarning psixologik asoslarini ishlab chiqadi. Kasb psixologiyasi bir qator vazifalarni, jumladan, texnik muxandislik faoliyatida alohida shaxs, guruh va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish; ikkinchidan, munosabatlarni mustahkamlash, muxandislik ishlarining samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.


Falsafa. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va printsiplarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va
shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi.
Sotsiologiya. Psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlashga xizmat qiladi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli o’ziga xosdir.

Yüklə 47,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin