2. Payvandlanayotgan konstruksiyaga payvandlash usulini tanlash va tariflash.
NUQTALI PAYVANDLASH kontaktli payvandlashning bir usuli bo;lib, bunda detallar chegaralangan alohida tegish joylari boyicha (nuqtalar qatori bo’yicha ) payvandlanaadi. Nuqtali payvandlashda detallar ustma-ust yig’ilib elektr toki manbayi (masalan,payvandlash transformatori) ulangan elektrodlar yordamida F pay kuchi bilan siqiladi,qisqa muddat payvandlash tok kuchi I pay otganda detallar ularning o’zaro erish zo’nasi paydo bo’lguncha qiziydi. Bu zona o’zak (yadro) deb ataladi. Payvandlash joyi qiziganda detallarning bir biriga tegish joyi (o’zak atrofida ) metall plastic deformatsiyalanadi .Bu joyda zichlovchi belbog’ hosil bo'lib u suyuq metalini chayqalib to'killshdan va atrof ha.osldan ishonchli BKda himoyalaydi. Shu bois payvandlash joyini maxsus himoyalash talab qilinmaydi. Nuqtal, payvandlashda detalla, 50 Hz sanoat chastotali o‘zEaruvcha„ tok impulslari bilan, shuningdek o'zgarmas yoki unipolyar tok impulslari bilan qizdiriladi. 1. Bakmng ikkala qismim nuqtali payvandlash yordamida birlashtiriladi. Bunda uning silati tekshilib maxsus jiglarga o*rnatiladi va 6 ta belgilangan joyga nuqtali payvand uriladi. Payvandlash rejimi sozlanadi: elektr tok kuchi 8-ll,5kA, xavo bosimi 0.4±0,05 Mpa, payvandlash 1-12Hz, katta bosim vaqti 45Hz, shomollatish vaqti 3 Hz. 1 IP 0 16mm(5-6,5mm) boladi. Operatsiya maxsus jiglarga o'rnatilib o'tkaziladi. Operatsiya bajarilganidan so'ng uning xolati ko’z yordamida tekshirib qo'yiladi va chokli payvandlash jixoziga uzatiladi. Chokli payvandlash robotlari bir-birini berkitib turuvchi nuqtalar qatorini bosil qilish yo'li bilan zich birikma (chok) olish usulidir. Bunda aylanuvchi disksimon elcktrodlar — roliklar yordamida tok keltiriladi va detallar siljitiladi. Nuqtali payvandlashda bodgani kabi detallar ustma-ust yigdladi va payvandlash tokining qisqa muddatli impulslari bilan qizdiriladi. Nuqtalarningbir-buriiu berkitib '«rishiga tok impulslari o'rtasidagi to'xtam (pauza) ni va roliklammg aylantsh '«ligini tegishlicha tanlash orqali erishiladi. Payvand birikmalarning ishonchliligini oshirish uchun kontaktli payvandlash jarayonlarini aktiv nazorat qilishdan va turli matematik modellardan foydalanib olib borish maqsadga muvofiqdir.
Payvandlash jarayonlari parametlari datchiklari va EHM ni ishlab chiqmasdan hamda mashinaga o‘rnatmasdan turib payvandlash jarayonlarining statistik modellarini nazorat qilish va boshqarish uslublarini ishlab chiqish hamda ulardan apparatlarda amalda foylalanish mumkin bo‘lmas edi.