5-uchastka.Bu uchastkada bakning ichida, yonilgʻining mashina harakati davomida bak devorlariga urilishi natijasida bosimni ortishini oldini olish uchun BAFFLE pyvandlanadi. BAFFLE-FUEL TANK LH 96537204, BAFFLE-FUEL TANK RH 96537205, SUB ASSY 070 panelning oʻng va chap tomonlariga portabel yordamida nuqtali kontakt payvandlanadi.
2) BAFFLE-FUEL TANK LH 96537204;
3) BAFFLE-FUEL TANK RH 96537205;
Relyefli payvandlashda har beshta panel urilganda elektrod yuzalari tozalanadi, nuqtali kontaktli payvandlashda esa mis elektrodlar har 100 ta nuqta urilganda bir tozalaniladi. Tozalashda maxsus asboblar va jilvir qogʻozlardan foydalaniladi. BAFFLE-FUEL TANK larning payvandlash ishining bir qismi beshinchi uchastkada, qolgan qismi esa oltinchi uchastkada bajariladi. 5-uchastkadan 6-uchastkaga koʻchuvchi konveyr aravachalaridan foydalaniladi.
6-uchastka. Bu yerda AIR SPOT nuqtali kontakt payvandlash mashinasidan foydalaniladi yani u tepki orqali oyoq yordamida harakatlantiriladi. Koreada ishlab chiqarilgan bu mashina yordamida ustki panelning BAFFLE lar payvandlangan qismining qolgan gorizontal nuqtalari uriladi. Bunda SUB ASSY ning asosan beshta nuqtasi uriladi.
7-uchastka. Bu uchastkada boʻlib oʻtgan jarayonlarda hosil boʻlgan turli hil sochrama burlarni tozalash, panellarni yogʻsizlantirish va chokli kontaktli payvandlash robortiga tayyorlsh ishi olib boriladi. Yuvishga SUB ASSY 090 va TANK-FUEL LOWER 95955937 ni birgalikda kiritiladi.
1) TANK-FUEL UPPER 95955935 (SUB ASSY 090);
2) TANK-FUEL LOWER95955937.
Yuvish bunkerining ichida konveyr harakatlanib, benzobakning ustki va ostki qismlarini yuvish mobaynida ularni harakatlantiradi. Bundan soʻng u 8-uchastkaga yuboriladi.
8-uchastka. Bu uchastkada bakning ustki va tag qismi boʻlgan SUB ASSY100 va TANK-FUEL LOWER95955937 lar portabel yordamida tortta nuqtada payvandlab yigʻib olinadi va undan song chokli kontaktli payvandlash robortiga yuboriladi.