MAMLAKATNING TRANSPORT TIZIMIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH MASALALARI11111111111
Havo transporti. Mustaqil Respublika transporti haqida so’z yuritilganda havo transportining mohiyati tobora ortib borayotganini ham ko’rsatib o’tish lozim. Transportning bu xili o’z ishini birinchi marta 1924-yili boshlagan edi. O’sha yilning 12-may kuni Toshkent-Bishkek-Olmaota shaharlari orasida havo transporti aloqasi yo’lga quyilgan edi. Ana shundan beri o’tgan davr ichida transportning bu xili tez rivojlanib ketdi. Hozir havo transporti orqali asosan yo’lovchilar tashiladi. Shu bilan birga, bir manzildan ikkinchi bir manzilga tez yetkazish zarur bo’lgan yuklarni, ayniqsa, tez buziladigan yuklarni ham tashishda havo transportidan foydalaniladi. 1993-yili «O’zbekiston havo yo’llari» Milliy aviakompaniyasi tashkil topishi havo yo’li transporti taraqqiyoti sohasida qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. Bu kompaniya xizmati tufayli Toshkentdan Nyu-York, London, Tokio, Pekin, Parij, Istambul, Dehli, Tel-Aviv, Seul, Kuala-Lumpur, Jidda, O’rumchi kabi jahonning ko’pgina shaharlari bilan havo transporti qatnovi amalga oshirilmoqda. Keyinchalik Toshkentdan samolyotlar qatnaydigan manzillar ro’yxati yanada kengayishiga shubha yo’q. «O’zbekiston havo yo’llari» aviakompaniyasi bilan AQSHning «Boing» kompaniyasi o’rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra, 1996-yil avgust oyidan boshlab Toshkent bilan jahonning qator shaharlari, jumladan Nyu-York, Afina, Jakarta, Singapur kabi shaharlar orasida «Boing» samolyotlari uchishi yo’lga qo’yildi.
2010-2020-yillarda havo transporti yo’lovchi aylanmasi hajmi 5,8 dan 7,5 mlrd.yo’lovchi/km oshdi, yo’lovchi aylanmasi bu davrda 4,7 barobar oshdi. Mustaqillik yillarida havo kemalari parki «BoYIng-757-200», «BoYIng-767», «BoYIng 767-300 ER», «BoYIng 787-8», «Dreanliner», «Airbus», «A 310», «A320-200», «RJ-85» va yuklarining «BoYIng-767-300BCF» va Airbus «A300-600» kabi zamonaviy yo’lovchi samolyotlar bilan to’ldirildi. Shu bilan birga, aviakompaniya tarkibida faoliyat yuritayotgan Markaziy Osiyodagi yagona so’nggi avlod aviatsiya texnologiyasiga xizmat ko’rsatish markazi 300 dan ortiq xorijiy samolyotlarga xizmat ko’rsatmoqda. Bugungi kunda «Navoiy» aeroporti negizida tashkil etilgan xalqaro intermodal logistika markazi mintaqadagi eng yirik va eng yuqori texnologik havo yuklari komplekslaridan biridir. MDH davlatlari hududida «Navoiy» xalqaro intermodal logistika markazi mahsulotni yuklash, tushirish, joylashtirish, ularni qisqa vaqt ichida omborlarga joylashtirish bilan shug’ullanadigan yagona markazdir. Havo sharoitlariga qaramasdan, zamonaviy aviatsiya uskunalari bilan jihozlangan xalqaro intermodal logistika markazi turli xil avialaynerlarni qabul qilishga muvaffaq bo’ldi.
Bugungi kunda O’zbekistonni asosiy logistika markazlari Yevroosiyo - Frankfurt, Milan, Bryussel, Vena, Bazel, Zaragoza, Dubay, Dehli, Inchon, Tyanjin, Guangjou, Xanoyi va Shanxay bilan bog’laydi. Aeroportning yuk terminali turli xil harorat sharoitlariga -25 dan +2 daraja haroratgacha bo’lgan maxsus xonalar bilan jihozlangan.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashning keng imkoniyatlari mavjud, shuningdek, katta hajmli, og’ir, xavfli va nostandart yuklarni eksport va importning sig’imi kuniga 300 tonnagacha yukni saqlash va qayta ishlash imkonini beradi. Xalqaro standartlarga muvofiq 11 aeroport (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg’ona va Navoiy shaharlarida) modernizatsiya qilindi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari ham xalqaro aeroport maqomiga ega.
―Uzbekistan Airways‖ AJ faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutildi:
1. Havo kemalari saroyidan samarali foydalanish, shu jumladan, yangi yo’nalishlarni o’zlashtirib va parvozlar geografiyasini kengaytirib foydalanish.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizimi va texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aviasaroyni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va yangilash.
3. Havo kemalari bortida yo’lovchilarga ko’rsatiladigan servis xizmatlarining, aviatsiya texnikasiga, shu jumladan, xorijiy aviakompaniyalar aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta‘mirlash ishlarining sifatini oshirish.
4. Kompaniyaning raqobatbardoshligini ta‘minlash maqsadida yo’lovchilar, yuk, pochta va bagaj tashish sohasida qulay tarif siyosatini amalga oshirish.
5. Investitsiyalar, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar, shu jumladan, aksiyalar va korporativ obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilish.
6. Parvozlarni amalga oshirishda xavfsizlikning yuqori darajasini, shuningdek, havo kemalariga texnik xizmat ko’rsatish sifatini ta‘minlash.
7. Aviakompaniyani aviatashuvchilarning xalqaro hamjamiyatiga integratsiyalash, aviatashuvlar sohasida mintaqaviy yetakchi darajasiga erishish.