Mamlakatning transport tizimida xavfsizlikni ta‘minlash masalalari reja: Kirish


-§. Mamlakat transport xavfsizligini ta‘minlashning strategik yo’nalishlari



Yüklə 145,18 Kb.
səhifə7/8
tarix25.12.2023
ölçüsü145,18 Kb.
#196552
1   2   3   4   5   6   7   8
MAMLAKATNING TRANSPORT TIZIMIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH MASALALARI11111111111

2-§. Mamlakat transport xavfsizligini ta‘minlashning strategik yo’nalishlari
Transport tizimini rivojlantirishning strategik maqsadi – iqtisodiyot va jamiyatni innovatsion, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, sifatli va raqobatbardosh transport xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’laqonli qondirishdan iboratdir. Transport tarmog’ida samarali raqobat muhitini rivojlantirish, infratuzilmani taraqqiy ettirish borasida zaxira va imkoniyatlarni to’liq ishga solish, texnika va texnologiyaning ilg’or yutuqlaridan keng foydalanish, ijtimoiy va ekologik omillarga katta e‘tibor qaratish, transport tizimiga bog’liq bo’lgan milliy, iqtisodiy va shu kabi boshqa xavfsizlik masalalariga alohida urg’u berish hisobiga yuqorida tilga olib o’tilgan strategik maqsadga erishilishini ta‘minlash mumkin.
Avtomobil yo’llari tarmog’i konfiguratsiyasi ko’p jihatdan mukammal emas va ulangan qator aylanma hamda halqa yo’llar bilan to’ldirilgan yaqqol ifodalangan keskin tuzilmaga ega, bu esa yirik shaharlar atrofidagi magistral yo’llarning band bo’lgan uchastkalarida transport oqimlari to’planishini va atrof-muhitga zarar yetkazgan holda ko’p ortiqcha yo’l bosib o’tilishini keltirib chiqarmoqda.
Mamlakatimiz yo’llari, nafaqat, texnik darajasiga ko’ra, balki yo’l chetida servis obyektlari, yuksak darajada xizmat ko’rsatiladigan zamonaviy kempinglar (to’xtash joylari, mehmonxona, ovqatlanish punktlari, dushxonalariga ega hojatxonalar) qurilishi jihatidan ham xorijdagi yo’llardan ancha ortda qolmoqda.
Yo’llarning yetarlicha uzun emasligi va texnik darajasi pastligi avtomobilda tashishda katta xarajatlarni keltirib chiqarmoqda. Tashishlarning tannarxi rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi shunga o’xshash ko’rsatkichlardan 1,3 baravar, yoqilg’i sarfi esa 20 foizga ortiq.
Oxirgi yillarda O’zbekiston yo’l xo’jaligini moliyalashtirishda yuzaga kelgan vaziyat umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta‘mirlash va saqlab turish uchun ajratilayotgan mablag’lar ta‘mirlash oralig’idagi muddatlarni aniqlash bo’yicha talab etiladigan normativ hujjatlarning qariyb 35 foizini tashkil etishini ko’rsatmoqda. Samarali va raqobatbardosh transport tizimini yaratish uchun quyidagilar talab etiladi:
1) raqobatbardosh va yuqori sifatli transport xizmatlarini ko’rsatish;
2) raqobatbardosh va yuqori sifatli transport xizmatlari ko’rsatilishini ta‘minlash uchun zarur bo’lgan xavfsiz va ish unumdorligi yuqori transport vositalarini yaratish va transport infratuzilmasini barpo etish;
3) kuchli raqobat muhitini yaratish maqsadida transport xizmatlari taklifining talabdan ortiq bo’lishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish.

Yuqori sifatli transport xizmatlarini shakllantirish uchun, eng avvalo, sifat standartlari va o’lchamlarini aniqlashtirish, ularning bajarilishini va sifat standartlariga javob beruvchi samaradorligi yuqori bo’lgan texnologiyalar yaratilishini rag’batlantirish, davlat tomonidan tartibga solish usullari va huquqiy asoslarini takomillashtirish, hududlarda samaradorligi yuqori bo’lgan bir qator texnologiyalarni sinov tariqasida joriy etish talab etiladi.


Yuk va yo’lovchi tashish korxonalari va transport turlari o’rtasida ichki raqobatni va shu bilan bir qatorda, xalqaro tranzit transport tizimlari o’rtasida tashqi raqobatni rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi. Ichki raqobat tovar va xizmatlar harakatining maromiyligi va tezlashishini, transport xarajatlarining qisqarishi, transport xizmatlaridan foydalanishning arzonlashishi, investitsion iqlimning yaxshilanishini va pirovardida esa bozor munosabatlarining taraqqiy etishini ta‘min etadi. Bu esa o’z navbatida tashqi raqobatbardoshlikka va mamlakatning tranzit salohiyatining ortishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi. Raqobatbardosh transport xizmatlari bozorini yaratish quyidagilarni ko’zda tutadi:
 transport xizmatlari ko’rsatish sohasida me‘yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish (xavfsizlik, ekologik jihatdan soflik, transport xizmatlari sifati, transport xizmatlari bozorini davlat tomonidan tartibga solish usul va vositalarini rivojlantirish). Ushbu vaziyatda monitoring va boshqaruv, transport tizimini nazorat qilish tizimini yo’lga qo’yish ko’rinishida samarali teskari aloqani yaratish muhim ahamiyat kasb etadi;
 yuk tashish, shu jumladan, temir yo’l transportida yuk tashish va shuningdek, jamoat transportida yo’lovchi tashish sohasida raqobatni rivojlantirish;
 raqobatbardoshlik darajasi yuqori bo’lgan transport xizmatlari ko’rsatilishini ta‘min etuvchi, unumdorligi yuqori bo’lgan transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish (ushbu holatda tezlik va ishonchlilik muhim sanaladi);
 transport xizmatlari sifati va tejamkorligi, ekologik jihatdan sofligi va xavfsizligi borasida standartlarning bajarilishini ta‘minlash maqsadida ilg’or texnika va texnologiyalarni izchil joriy etish.

Transport infratuzilmasini muvozanatlashgan va jadal rivojlanishini ta‘minlash transport tizimini rivojlantirishning muhim strategik yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo’nalishni amalga oshirish transport xizmatlariga aholi va iqtisodiyot sektorlarining ehtiyojlarini tadqiq qilish va shuningdek. transport tizimini rivojlantirishning turli variantlarini bashoratlash va modellashtirish maqsadida matematik modellashtirishning usul va vositalaridan foydalanish, statistik hisobot tizimini rivojlantirish, transport-iqtisodiy balansini tuzish asosida transport infratuzilmasining barcha elementlarini o’zaro hamohang va kompleks ravishda rivojlantirilishini anglatadi.


Transport tizimining barqarorligi va ishonchliligini ta‘minlash 2030-yilgacha bo’lgan davrda transport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvorliklaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu o’z navbatida, texnologik va infratuzilmaviy zaxiralar yaratilishini ko’zda tutadi. Bunday zaxira va qo’shimcha imkoniyatlarning yaratilishi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yuk va yo’lovchi tashishga talabning tabiiy o’zgarishi va uning istiqbolda o’sish sur‘atlariga ega bo’lishi sharoitida mamlakat transport tizimining aholi hamda biznes tuzilmalariga atrof-muhit va inson sog’lig’iga salbiy ta‘sir ko’rsatmagan holda, o’z vaqtida kerakli joyda arzon va sifatli transport xizmatlari ko’rsatishini ta‘min etadi.
Transport tizimini rivojlantirish strategiyasini samarali amalga oshirishda transport infratuzilmasiga davlat qo’yilmalarining samaradorligini oshirish va qulay investitsion iqlimni yaratish, shu asosda transport tizimining muvozanatlashgan barqaror rivojlanishini ta‘minlash muhim o’rin tutadi. Transport tizimining barqaror o’sish sur‘atlari davlat byudjetidan ajratilayotgan moliyaviy mablag’larning yetishmasligi sharoitida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish asosida transport majmuini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarning ulushini oshirish hisobiga ta‘min etilishi lozim. Shu bilan bir qatorda, davlat va xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish nisbatlarining o’zgarishi sharoitida Transport strategiyasida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun zarur bo’lgan umumiy investitsiyalar hajmining saqlanib qolishiga erishish talab etiladi.
Yuqori samarali transport texnologiyalaridan keng foydalanish va transport korxonalarining transport parklarini zamonaviy transport vositalari bilan boyitish imkoniyatini beruvchi va iste‘molchilarning talab va ehtiyojlarini to’laqonli tarzda qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan barqaror transport infratuzilmasini yaratish muhim o’rin tutadi. Bunday vazifalarning amalga oshirilishi, barcha turdagi transport korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish va rivojlantirish, ularning barqaror ishlashlari uchun infratuzilma borasida zaruriy shart-sharoitlarning yaratilishi ta‘minlanadi. Buning asosida yuk va yo’lovchi tashish sohasida transport xizmatlari sifatining yaxshilanishiga va transport xizmatlari narxining arzonlashuviga erishiladi. Aholining turli ijtimoiy qatlamlari tomonidan transport xizmatlariga bo’lgan talabga muvofiq aholi mobilligining barqaror o’sishi-ijtimoiy transport standartlarining amalga oshishi ta‘min etiladi.
Transport xizmatlari sifatini oshirish transport tizimida asoslangan zaxiralar yaratilishini talab etadi, bu esa birinchi navbatda, asosiy yuk va yo’lovchi tashish oqimlarida raqobatni rivojlantirishni taqozo etadi. Me‘yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish transport qonunchiligini uyg’unlashtirish, transport va kommunikatsiya borasida dunyo standartlariga integratsiyalashish, transport xizmatlari sifatini belgilab beruvchi me‘yorlarni aniqlashtirish, ularga rioya etilishi borasida javobgarlik choralarini belgilash va shuningdek, iste‘molchilar huquqini himoya qilishni ko’zda tutishi zarur. Mamlakat transport tizimi raqobatbardoshligini oshirish transport sohasida mamlakatning manfaatlarini butun dunyo miqyosida ilgari surish va himoya qilish borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan o’zaro uyg’unlashishi lozim. Bunday chora-tadbirlarning amalga oshirilishi asosida mamlakatning transport salohiyatini barqaror amalga oshirish va mamlakat transport tizimining dunyo transport xizmatlari bozoridagi o’rnini mustahkamlashga erishiladi.
Barqaror transport tizimini yaratishda transport vositalari va transport infratuzilmasi obyektlarining texnik va texnologik xavfsizligini oshirish borasidagi siyosatni bosqichma-bosqich amalga oshirish, shu bilan bir qatorda, transport korxonalari faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Transport strategiyasini amalga oshirish davlatning ekologik omillarga bo’lgan e‘tiborini kuchaytirishni taqozo etadi. Transport sohasida ekologik siyosat tamoyillarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish transport tizimining rivojlanishini cheklovchi emas, balki uni harakatlantiruvchi kuchga aylanishini unutmasligimiz lozim.
Transport-logistika xizmatlarini ko’rsatish, transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarini ekspluatatsiya qilish, transport tizimini rivojlantirish borasida turli loyihalarning amalga oshirilishini ta‘min etuvchi mehnat resurslari bilan transport tizimi korxona va tashkilotlarini ta‘minlash tizimini takomillashtirish transport strategiyasini hayotga izchil joriy etishda muhim o’rin tutadi.
Transport strategiyasini hayotga izchil joriy etishda loyiha boshqaruvi mexanizmlarini rivojlantirish, davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish samaradorligini oshirish hisobiga transport tizimini rivojlantirishni boshqarish va nazorat qilish darajasini oshirish muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Mazkur yo’nalishda respublika va mahalliy hududlar darajasida transport-iqtisodiy balanslar asosida transport infratuzilmasini rivojlantirishning davlat tomonidan strategik rejalashtirishning kompleks tizimini yaratish muhim o’rin egallaydi.
Yuqorida sanab o’tilgan transport tizimini rivojlantirishning asosiy strategik yo’nalishlari asosida Transport strategiyasining asosiy maqsadli mo’ljallari, uning maqsadlari, ustuvorliklari, amalga oshirish vazifalari va mexanizmlari shakllantiriladi.
Transport faoliyati turlaridan kelib chiqqan holda, transport strategiyasining bosh strategik ustuvorliklari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
umum ijtimoiy ustuvorliklar:
 aholining mobilligi, transport xizmatlarining arzon va qulayligi;
 transport turlari bo’yicha xavf-xatar va to’qnashuvlar darajasining pasayishi;
 atrof-muhitni ifloslanishida transport ulushining pasayishi.

umum iqtisodiy ustuvorliklar:


 transport tarmog’i tomonidan yalpi ichki mahsulotning rejalashtirilgan o’sish hajmini ta‘min etishga xizmat qiluvchi yuqori sifatli transport xizmatlarining to’liq hajmda ko’rsatilishiga erishish;
 mahsulot va xizmatlarning yakuniy narxida transport xarajatlarining raqobatlashadigan darajada bo’lishini ta‘min etish;
 tovar va mahsulotlar partiyasi harakatining maromiyligi va tijorat tezligini oshirish;
 transport infratuzilmasini barpo qilish va uni saqlab turishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish;
 transport xizmatlarini ko’rsatish borasida davlatning samarali tarif siyosatini amalga oshirish;
 iqtisodiy raqobat muhitini, shu jumladan, davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlaridan keng foydalanishni yo’lga qo’yish;
 yondash tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari va strategiyalarini muvofiqlashtirish;

umum transport ustuvorliklari:


 transport korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish;
 transport tizimlari rentabelligini ta‘minlash;
 transport infratuzilmasi fond qaytimini oshirish;
 energiya sig’imini pasaytirish;
 milliy tashuvchilarning raqobat ustunliklarini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va ularning raqobatbardoshligini oshirish;
 transport borasida jahonda erishilgan ilg’or natijalarga mos keluvchi innovatsion tovar transporti texnologiyalarini izchil joriy etish;
 yuqori texnologiyali mahsulotlarni tashishni yo’lga qo’yish;
 transport tarmog’ining jadal rivojlanishini ta‘min etuvchi investitsiyalash uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;
 transport strategiyasining amalga oshirilishi uchun zarur bo’lgan transport mashinasozligi va unga butlovchi va ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi tarmoqlarni rivojlantirish.



Yüklə 145,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin