MAMLAKATNING TRANSPORT TIZIMIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH MASALALARI
Reja: Kirish Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda transport infratuzilmasining o’rni
Mamlakat transport xavfsizligini ta‘minlashning strategik yo’nalishlari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini shakllanishi davrida yangi vujudga kelayotgan strategik tavakkalchiliklar ta‘sirida iqtisodiy xavfsizlikning nazariy masalalariga qiziqish keskin o’sib bormoqda. Xavfsizlik ushbu konteksda hayotiy faoliyatning barcha sohalaridagi o’zgarishlarni va o’zaro aloqadorliklarni ifodalovchi integral tavsiflovchi ko’rsatkich sifatida baholanmoqda. Buning natijasida O’zbekistonning iqtisodiy xavfsizligi nazariyasi fanlararo har jihatdan rivojlanib bormoqda.
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi birinchi navbatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mamlakat xo’jaligida fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish ko’lamlari, tashqi iqtisodiy aloqalar tuzilmasi bilan aniqlanadi. Shundan kelib chiqib davlatning iqtisodiy xavfsizligining moddiy asosini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va fuqarolarni madaniylashgan turmush tarzini ta‘minlash imkoniyatiga ega bo’lgan ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanganligi tashkil etadi.
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi iqtisodiyotni ―rivojlanishi‖ va ―barqarorligi‖ tushunchalari bilan yaqin bog’liq bo’lib hisoblanadi. Milliy xo’jalikni rivojlanishi – iqtisodiy xavfsizlikning muhim bir komponentlaridan biridir. Agar iqtisodiyot rivojlanmasa, u holda davlatning tashqi va ichki salbiy ta‘sirlarga nisbatan qarshiligi keskin kamayadi. Mamlakat milliy xo’jaligining barqarorligi yagona tizim sifatida uning elementlarini, ular o’rtasidagi iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni mustahkamligini hamda ishonchliligini, tashqi va ichki bosimlarga bardosh bera olishini ifoda etadi. Shu bilan birga, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligining asosiy omillariga: uning geografik
joylashuvi; tabiiy resurslar zaxirasi; sanoat va qishloq xo’jaligi salohiyati; ijtimoiy-demografik rivojlanish darajasi va yakunida davlat boshqaruvi sifati tashkil etadi.
―O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi‖ tushunchasi mazmuni, ya‘ni davlat iqtisodiyotining muhim elementlarini majmuali qiyosiy statistik holatda ko’rish mumkin. Ularga: inson resurslari, texnik ishlab chiqarish, texnologik, oziq-ovqat, yoqilg’i-energetik, transport, ma‘muriy axborot va boshqa elementlardan iborat. Boshqacha aytganda, O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi – bu nafaqatgina milliy manfaatlarni himoyalanganligi, balki hokimiyat institutlari tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishda milliy manfaatlarni himoyalash mexanizmlarini yaratishga tayyorligi hamda ushbu sohada ko’nikmalarga egaligi bilan ifodalanadi.
Darslikda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning nazariy va metodologik asoslari hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini takomillashtirish qonuniyatlari, uning alohida uslublari va instrumentlarini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Alohida misollar, statistik va ekspert tahlillar asosida mamlakat va uning mintaqalariga tahdidlar hamda tavakkalchilik omillarini aniqlash, iqtisodiy xavfsizlikning asosiy indikatorlarini baholash va ularni tahlikali darajalari bilan mosligini baholash mumkin.
O’zbekistonda xufyona iqtisodiyotning mazmuni uni namoyon bo’lish shakllari, korrupsiyaning mohiyati hamda vujudga kelish sabablari, unga qarshi kurash metodlari va usullari keng yoritilgan.