Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


- MAVZU: HUQUQBUZAR JARIMANI BELGILANGAN MUDDAT ICHIDA TO’LAMAGAN TAQDIRDA, SUDGA MUROJAAT QILISH



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə124/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

37- MAVZU: HUQUQBUZAR JARIMANI BELGILANGAN MUDDAT ICHIDA TO’LAMAGAN TAQDIRDA, SUDGA MUROJAAT QILISH.

REJA:
  1. Sud ijrochilar bo’limiga taqdim etish va ular tomonidan ijro etilishi tartibi.


  2. Sud ijrochilari bo’limi tomonidan majburiy undirib olish tartibi.


  3. Majbariy undiruvni qarzdorning pul mablag’lari va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi.




Tayanch so’z va iboralar: Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining sud ijrochilari tuman (shahar) bo’limlari, ijro ishini qo’zg’atish to’g’risida qaror, ijroni mol-mulkka qaratish.

1.Sud ijrochilar bo’limiga taqdim etish va ular tomonidan ijro etilishi tartibi.
Huquqbuzar jarimani belgilangan muddat ichida to’lamagan taqdirda, jarima solish to’g’risidagi qaror MJTKning 333-moddasiga ko’ra sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan qoidalarga muvofiq jarimani majburiy tartibda undirib olish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining sud ijrochilari tuman (shahar) bo’limlariga yuboriladi.
Sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risida qaror chiqaradi.
Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish ko’zg’atilgan kundan e’tiboran ko’pi bilan besh kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yig’imi, sud ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi to’g’risida xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo’lgan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Sud ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki o’z tashabbusi bilan mulkiy undiruv bo’yicha ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro’yxatga olib, ularni xatlashga haqli bo’lib, bu haqda mazkur qarorda ko’rsatib o’tadi.
Ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin