1754-modda. Ish haqini taqiqlangan shakllarda to’lash Ish haqini taqiqlangan shakllarda to’lash —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
1755-modda. Xodimlar sonini yashirish Xodimlar sonini yashirish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.01.00.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонунчилик / 09.01.11.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]
176-modda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish tartibini buzish Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishning belgilangan tartibini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Savdo yoki vositachilik faoliyatini ro’yxatdan o’tkazishdan bo’yin tovlagan holda amalga oshirish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu moddaningikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ancha miqdorda sodir etilgan bo’lsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yetti baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.01.00.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонунчилик / 09.01.11.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]