Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə66/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

Farg’ona shahar Davlat soliq

inspeksiyasi boshlig’i : _____________________________
Bajardi: B.Raxmonov


18- MAVZU: OLIB QO’YILGAN MOL MULKNI DAVLAT DAROMADIGA O’TKAZISH, SOTISH YOKI YO’Q QILISH VA OLIB QO’YILGAN MOL-MULKNI SOTISHNING QONUNIY ASOSLARI.

REJA:
  1. Mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish yoki uni yo’q qilib tashlash to’g’risida qaror qabul qilish.


  2. Mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish to’g’risidagi qarorlarni bajarish va ularni hisobga olish tartibi.


  3. Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni tasarruf etish xususiyatlari.


  4. Avtomototransport vositalarini va ko’chmas mulkni davlat daromadiga o’tkazish va hisobga olish xususiyatlari.


  5. Mol-mulkni yo’q qilib tashlash tartibi.





Tayanch so’z va iboralar: Mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish, davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulklarni tasarruf etish, mol-mulkni yo’q qilib tashlash, olib qo’yilgan mol-mukning hisobini olib borish.
1. Mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish yoki uni yo’q qilib tashlash to’g’risida qaror qabul qilish.
Mol-mulkni olib qo’yish to’g’risidagi materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish yoki uni yo’q qilib tashlash to’g’risida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) berilishi kerak. Materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
mol-mulkni olib qo’yish to’g’risidagi protokol;
mol-mulkni saqlash uchun qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi;
avtomototransport vositasi yoki ko’chmas mulkini davlat daromadiga o’tkazishda - ko’zdan kechirib chiqish dalolatnomasi;
ekspertiza o’tkazish uchun bo’laklar va namunalar olish to’g’risidagi dalolatnoma;
mol-mulkning iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan ekspertning xulosasi, majburiy sertifikatlanishi kerak bo’lgan mahsulotga muvofiqlik sertifikati, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida»gi Nizomning 7-bandiga muvofiq ekspertning xulosasi;
mol-mulkni baholash to’g’risidagi xulosa yoki mol-mulkni baholash to’g’risidagi dalolatnoma.
Eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo’lgan summadagi mol-mulk bo’yicha qo’shimcha ravishda suratga olish materiallari, mavjud bo’lganda esa videosuratga olish materiallari ilova qilinadi.
Quyidagilar majburiy tarzda yo’q qilib tashlanishi kerak:
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo;
tamaki mahsulotlari;
dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari;
oziq-ovqatga biologik aktiv qo’shimchalar, oziq-ovqat qo’shimchalari;
ekspertiza xulosasiga ko’ra bevosita iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsiz deb tan olingan oziq-ovqat tovarlari va boshqa tovarlar;
majburiy sertifikatlanishi kerak bo’lgan, sertifikatlash organining xulosasi bilan standartlashtirish bo’yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq emas deb e’tirof etilgan mahsulotlar;
asarlarning va turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalari, ular huquq egasining iltimosi bo’yicha ularga berilgan hollar bundan mustasno, shuningdek kontrafakt asarlar va turdosh huquqlar obyektlarini tayyorlash va takrorlash uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar.
Ekspertiza xulosasiga ko’ra, bevosita iste’mol uchun yaroqsiz bo’lgan hamda ishlab chiqarishda va ikkilamchi qayta ishlashda foydalanish uchun yaroqli deb e’tirof etilgan oziq-ovqat tovarlari keyinchalik qayta ishlash yoki foydalanish uchun to’lov evaziga tegishli korxonalarga beriladi.
Mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish yoki uni yo’q qilib tashlash to’g’risida qaror qabul qilgan sud yoki boshqa organ o’z qarorida ekspertizani o’tkazishda (sertifikatlashda) olingan va qaytarilgan bo’laklar va namunalar sonini ko’rsatgan holda davlat daromadiga o’tkaziladigan yoki yo’q qilinadigan mol-mulkning qiymati va miqdorini ko’rsatadi.
Mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish yoki uni yo’q qilib tashlash to’g’risida qaror qabul qilgan sud yoki organ o’zi chiqargan tegishli qaror kuchga kirgandan so’ng keyingi kundan kechikmay ijro hujjatini ijro etish uchun tegishli Sud departamentining tuman (shahar) bo’limiga yuboradi.
Vakolatli organning kuchga kirgan qarori, shuningdek mol-mulkni davlat daromadiga o’tkazish yoki mol-mulkni yo’q qilib tashlash to’g’risidagi kuchga kirgan sud qarori asosida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi ijro hujjati hisoblanadi.
Sud yoki organning (mansabdor shaxsning) ijro hujjatiga ijroni yuritish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ilova qilinadi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin