Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qo’llaniladigan ma’muriy jazo choralarining turlari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə132/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

3.Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qo’llaniladigan ma’muriy jazo choralarining turlari.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzilganligi uchun ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 23-moddasiga asosan quyidagi ma’muriy jazo choralari qo’llanilishi mumkin:
-jarima;
-ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish.
Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo’yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — o’ndan bir qismidan kam bo’lmasligi kerak.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng ko’p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga — eng kam ish haqining yuz baravarigacha va mansabdor shaxslarga — yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish shu ashyoni haqini to’lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o’tkazishdan iborat bo’lib, bu chora: tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudyasi tomonidan; bojxona organlari tomonidan — aksiz markalari qo’yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; soliq organlari, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo’linmalari tomonidan — aksiz markalari qo’yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek yashirin ravishda ishlab chiqarilganda. Basharti O’zbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, faqat huquqbuzarning shaxsiy mulki bo’lgan ashyogina musodara qilinishi mumkin.
Musodara qilish chorasini qo’llanish tartibi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin