Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


- MAVZU: SOLIQ ORGANLARI, SHUNINGDEK TAALLUQLILIGI BO’YICHA SUD VA BOSHQA ORGANLARGA YUBORILGAN MA’MURIY ISHLAR VA ULARNING NATIJALARINI HISOBGA OLISH TARTIBI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə134/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

40- MAVZU: SOLIQ ORGANLARI, SHUNINGDEK TAALLUQLILIGI BO’YICHA SUD VA BOSHQA ORGANLARGA YUBORILGAN MA’MURIY ISHLAR VA ULARNING NATIJALARINI HISOBGA OLISH TARTIBI.
REJA:
  1. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish hamda jinoyat haqidagi materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish.


  2. Soliq nazoratining boshqa shakllari jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish va jinoyat haqidagi materiallarni vakolatli organlarga yuborish hamda hisobga olish tartibi.


  3. Amaliy mashg’ulot.


  4. Oraliq nazorat.





Tayanch so’z va iboralar: Ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari, xo’jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma, ma’muriy jazo qo’llash muddatlari, to’lov topshiriqnomasi, inkasso topshiriqnomasi.
1.Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish hamda jinoyat haqidagi materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish.
Soliq tekshiruvi materiallarini Soliq kodeksining 102-moddasi tartibida ko’rib chiqish paytida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlarining mavjudligi aniqlanganda soliq tekshiruvini amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga rioya etilishini tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan zimmasiga yuklatilgan davlat soliq xizmati organining vakolatli mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining (keyingi o’rinlarda MJTK deb yuritiladi) 281-moddasi talablariga muvofiq tuzilishi lozim.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma uni tuzgan davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsi yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) tomonidan bir sutka ichida davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot sho’basida «Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy mahsulida hisobga olinadi.
Davlat soliq inspeksiyasining Ma’muriy amaliyot sho’basi boshlig’i yoki mutaxassisi bir sutkadan oshmagan muddatda:
ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani belgilangan tartibda kompyuter dasturiy mahsulida hisobga oladi (Davlat soliq qo’mitasi va davlat soliq boshqarmalarida ko’rib chiqilgan soliq tekshiruvi materiallari asosida yuritilgan, shuningdek boshqa organlar tomonidan taqdim etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar davlat soliq inspeksiyasiga kelib tushgan ish kuni davomida hisobga olinadi);
ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar to’g’ri tuzilgan-tuzilmaganligi, sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’ri malakalanganligini o’rganib chiqadi;
huquqbuzar muqaddam ma’muriy javabgarlikka tortilgan yoki tortilmaganligini tekshiradi;
ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar to’g’ri tuzilmagan bo’lsa, belgilangan tartibda kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’radi.
Soliq tekshiruvini amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) ko’rib chiqilishi davlat soliq xizmati organiga taalluqli bo’lgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan (ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzilgan kundan) boshlab, bir sutka ichida davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o’rinbosariga taqdim etadi, shuningdek huquqbuzar(lar)ga ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish joyi va vaqti haqida xabarnoma yuboradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan MJTKning XXIII-bobi normalariga rioya etilgan holda ko’rib chiqiladi.
Davlat soliq inspeksiyasining Ma’muriy amaliyot sho’basi boshlig’i yoki mutaxassisi:
ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishning ko’rib chiqilishi to’g’risida MJTKning 308-moddasiga muvofiq bayonnoma yuritadi;
ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqariladigan qaror loyihasini tayyorlaydi;
ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror nusxasini uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga tilxat asosida topshiradi yoki pochta orqali buyurtma xat bilan yuboradi;
huquqbuzar jarimani MJTKning 332-moddasida belgilangan muddat ichida to’lamagan taqdirda, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq jarimani majburiy tartibda undirish choralari ko’rilishini ta’minlaydi;
davlat soliq xizmati organida ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni qonunga muvofiq yuritilishi ustidan nazoratni olib boradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishning ko’rib chiqilishi sud yoki boshqa organga taalluqli bo’lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani tuzgan mansabdor shaxs yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani boshqa hujjatlar va ish bo’yicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik aniqlangan paytdan (ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzilgan kundan) boshlab, bir sutka ichida vakolatli organ (mansabdor shaxs)ga yuborilishini ta’minlaydi.
Soliq tekshiruvi materiallarini Soliq kodeksining 102-moddasi tartibida ko’rib chiqish paytida jinoyat alomatlarining mavjudligi aniqlanganda soliq tekshiruvini amalga oshirgan tuzilma yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda, Soliq kodeksining 103-moddasiga muvofiq qaror qabul qilingandan so’ng uch ish kunidan kechiktirmasdan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti organiga yuboradi.
Prokurorning talabiga ko’ra hujjatlar bevosita prokuratura organiga ham yuborilishi mumkin.
Soliq tekshiruvi jinoyat ishi doirasida o’tkazilgan bo’lsa, soliq tekshiruvini amalga oshirgan tuzilma yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) soliq tekshiruvi materiallarining tegishli tartibda rasmiylashtirilgan bir nusxasini tekshiruvni tayinlagan surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi.
2.Soliq nazoratining boshqa shakllari jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish va jinoyat haqidagi materiallarni vakolatli organlarga yuborish hamda hisobga olish tartibi
Soliq to’lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog’liq obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, kameral nazorat hamda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshirilgan soliq nazorati paytida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganda davlat soliq xizmati organining soliq nazoratini amalga oshirgan mansabdor shaxsi MJTKning 281-moddasi talablariga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma uni tuzgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan u tuzilgan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan huquqbuzarlik sodir etilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismida yuritiladigan 2-shakl kitobida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi hamda tegishli tuzilmada yuritiladigan 4-shakl kitobida hisobga olinadi.
Davlat soliq inspeksiyasining Navbatchi qismi va soliq nazoratini amalga oshirgan tuzilmasi (mas’ul xodimi) ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani 2-shakl kitobiga ro’yxatga olish bilan bir paytda ro’yxatga olish bilan bog’liq hamda aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi ma’lumotlarni «Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuliga kiritadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani tuzgan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi olib qo’yilgan mol-mulkni belgilangan tartibda bir sutka muddatda saqlash uchun joylashtirish masalasini hal qiladi.
SHuningdek olib qo’yilgan mol-mulkni ma’muriy hukuqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma ro’yxatga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasining Jismoniy shaxslarga soliq solish bo’limida «Davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulklar hisobini yuritish» dasturiy mahsulida belgilangan tartibda hisobga olinishini ta’minlaydi hamda ekspertiza va baholash ishlari o’tkazilishini tashkillishtiradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma “Davlat soliq xizmati organlarida soliq tekshiruvi materiallari hamda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir tuzilgan materiallar harakati to’g’risida”gi Reglamentning 30-35-bandlari talablariga rioya etilgan holda davlat soliq inspeksiyasining Ma’muriy amaliyot sho’basida hisobga olinib, o’rganib chiqiladi, shuningdek huquqbuzarlik sodir etilgan joydagi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan MJTKning XXIII-bobi normalariga rioya etilgan holda ko’rib chiqiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishning ko’rib chiqilishi sud yoki boshqa organga taalluqli bo’lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani tuzgan mansabdor shaxs yoki tayinlangan mas’ul ijrochi xodim bayonnomani boshqa hujjatlar va ish bo’yicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik aniqlangan paytdan (ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risida bayonnoma tuzilgan kundan) boshlab, bir sutka ichida vakolatli organ (mansabdor shaxs)ga yuborilishini ta’minlaydi.
Soliq nazorati jarayonida, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani o’rganib chiqish yoki ishni ko’rib chiqish paytida huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelinsa, huquqbuzarlikni aniqlagan tuzilma (mas’ul xodimi) hujjatlarni belgilangan tartibda va muddatda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti organiga yuboradi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin