2.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko’rib chiqish. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 319-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususidagi berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni vakolatli organlar (mansabdor shaxslar), shikoyat va protest tushgan kundan boshlab o’n kun muddat ichida ko’rib chiqadilar.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko’rib chiqish paytida davlat soliq xizmati organi (mansabdor shaxs) chiqarilgan qarorning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi.
3.Amaliy mashg’ulot. DSI xodimlari tomonidan tekshirish o’tkazilganda xususiy firmaga qo’shimchi soliqlar va majburiy to’lovlar hisoblangan. Lekin tekshirish natijasini ko’radigan bo’lsak, xususiy firmaning boshqa soliqlar va majburiy to’lovlardan bo’lgan haqdorligi ushbu kam hisoblangan soliqlar va majburiy to’lovlardan ko’pligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. DSI boshlig’i tomonidan mazkur holatda qo’shimcha soliq hisoblangan. Tuman prokurori esa ushbu ishni ko’rib chiqib protest bildirgan.
Berilganlardan foydalanib, tuman prokurori tomonidan DSI boshlig’iga protest bildirish tartibini ko’rsating va protestda keltirilagan ma’lumotlarni bildiring. Protest shaklini tuzib ko’ring.
NAZORAT SAVOLLARI:
Ma’muriy jazo qo’llash to’g’risidagi qaror qachongacha to’xtatib turilishi mumkin?
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xuquqida shikoyat berish muddati qancha?
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan protest bildirilsa qarorning amal qilishi qachongacha to’xtatib turiladi?
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususidagi berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest soliq organlari tomonidan necha kun ichida ko’rib chiqiladi?
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko’rib chiqish paytida kimlar chiqarilgan qarorning qonuniyligini tekshiradi?
Adabiyotlar ro’yxati:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 24 yilligini nishonlash to’g’risidagi qarori .T.2015 y 17 iyul.Halq so’zi.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” PQ2124 qarori/6.02.2014.
3.Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir.-T.:O’zbekiston ,2015.
4.O’zbekiston Respublikasi Kanistitutsiyasi .2014 y.
5.O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tug’risidagi kodekisi. 2014 y.
6.O’zbekiston Respubliksi Soliq kodekisi. 2014 y.