Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə111/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

Toshkent shahar prokurori

adliya kichik maslahatchisi: O.R.Axrarov


Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror bo’yicha

kiritilgan protestni ko’rib chiqish haqidagi

QAROR
20.05.2014 yil Farg’ona shahar.
Farg’ona shahar DSI boshlig’i B.Saydaliyev, ushbu kuni Farg’ona shahar prokurori adliya kichik maslahatchisi O.R.Axrarovning 20.03.2014 yil kungi № 23-14 sonli Protestiga asosan Uchko’prik tuman DSIda 20.02.2014 yil kunidagi ma’muriy ish hujjatlari bilan tanishib chiqib, quyidagilarni,

A N I Q L A D I M
Farg’ona shahar prokurori adliya kichik maslahatchisi O.R.Axrarovning 20.03.2014 yil kungi № 23-14 sonli Protestiga asosan Uchko’prik tuman DSIning 20.02.2014 yil kunidagi ma’muriy ish bo’yicha qabul qilingan qarori yuzasidan protest keltirilgan.
Aniqlanishicha Farg’ona shahar DSI boshlig’i tomonidan 20.02.2014 yil kuni 40-sonli qaroriga asosan Farg’ona shahridagi “Abdusamad” KTXICH firmasining 2009-2013 yillarda O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliq va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq hisoblanishi va ularni davlat budjetiga o’z vaqtida o’tkazilishi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining sohaga oid qarorlari ijrosi bo’yicha tekshirish o’tkazilgan bo’lib, tekshirishda soliq va boshqa majburiy to’lovlardan jami bo’lib 4029.1 ming so’m qo’shimcha to’lashga hisoblangan.
Mazkur tekshirish materiallari ko’rib chiqilganida firmaning 20465,9 ming so’m ortiqcha to’lovi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qilingan qarorda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2002 yil 25 oktyabrdagi 247-sonli qarori 7-bandi asoslanib, buzilish holatiga yo’l qo’yilgan. 2013 yil 31 may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlagani uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risida” gi 8-sonli qarori qabul qilinganligi e’tibordan chetda qoldirilgan.
Shaxar prokurori tomonidan protestni ko’rib chiqish vaqtida haqiqatda ham DSI tomonidan qabul qilingan qarorda haqiqatda ham qarorni asoslantirish qismida, 2013 yil 31 may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlagani uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risida” gi 8-sonli qarori qabul qilinganligi e’tiborsiz qoldirilgani aniqlangan.
Shu sababli shahar prokurori tomonidan kiritilgan protestni qanoatlantirib qonunga muvofiklashtirish lozim bo’ladi.
Yuqoridagilarga ko’ra O’zbekiston Respublikasi MJtKning 264, 309-310-319-321-moddasi 4-qismini qo’llab,



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin