Q A R O R Q I L D I M 1. Farg’ona shahar prokurori adliya kichik maslahatchisi O.R.Axrarovning 20.03.2014 yil kungi №23-14-sonli Protestiga asosan Farg’ona shahar DSIda 20.02.2014 yil kunidagi ma’muriy ish yuzasidan qabul qilingan qarori yuzasidan kiritgan protesti O’z.MJtKning 321-moddasi 4-qismiga asosan qanoatlantirilsin.
inspeksiyasi boshlig’i : B.Saydaliev 32- MAVZU: MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO’G’RISIDAGI ISH YUZASIDAN CHIQARILGAN QARORNI BEKOR QILISH YOKI O’ZGARTIRISHNING HUQUQIY AHAMIYATI.
REJA:
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o’zgartirishning shartlari.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yoki protestni ko’rib chiqish paytida qabul qilingan hal qiluv qarori.
Tayanch so’z va iboralar:Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o’zgartirish, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni bir tomonlama ko’rib chiqish, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat va protest bildirish.
1.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o’zgartirishning shartlari. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o’zgartirish uchun:
soliq organi (mansabdor shaxsi) tomonidan ishni to’liq bo’lmagan holda yoki bir tomonlama ko’rib chiqilishi;
soliq organi (mansabdor shaxsi) hal qiluv qarorining va ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks maxsus qismining qo’llanilgan normalari va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi;
qo’llanilgan ma’muriy jazoning adolatsizligi asos bo’lib hisoblanadi.
Mazkur ishni ko’rib chiqishga vakolati bo’lmagan davlat soliq xizmati organi (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan qaror bekor qilinadi, ish esa vakolatli organga (mansabdor shaxsga) ko’rib chiqish uchun yuboriladi.