Ma’muriy huquq fanidan kazuslar kazus 1



Yüklə 395,94 Kb.
səhifə3/5
tarix05.05.2023
ölçüsü395,94 Kb.
#108413
1   2   3   4   5
Казуслар.Маъмурий (2) (2) (2)

KAZUS 7
7. Toshkent shahridagi nodavlat “Profi Education” o‘quv markazi ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha Buyuk Britaniya fuqarosi Raymond Murphy ni yuqori malakali kadr sifatida 10 oy muddatga ishga jalb qildi. “Profi Education” o‘quv markazi rahbari Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligidan fuqaro Raymond Murphy ni O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnoma va mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomalarini oldi. Fuqaro Raymond Murphy oradan 2 oy o‘tgach “Platon” nodavlat o‘quv markazida ham mehnat faoliyatini olib bora boshladi. Bundan xabar topgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mazkur holatni qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzish deb topib Buyuk Britaniya fuqarosi Raymond Murphy ga berilgan ruxsatnoma Agentlik qaroriga ko‘ra bekor qilindi.
Mazkur holatga huquqiy baho bering.

KAZUS 8
8. Fuqaro Shodiev mol-mulki bo‘yicha soliqdan qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotni berishni so‘rab tuman Davlat soliq inspeksiyasiga elektron tarzda murojaat qildi. Davlat soliq inspeksiyasidan fuqaroga uning murojaati O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga mos kelmasligi sababli javob berilmasligi haqida javob berildi
Mazkur holatga huquqiy baho bering.


KAZUS 9
9.Yakka tadbirkor sifatida turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro D. Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelib Toshkent shahridagi mehmonxonalardan biriga joylashgan bir guruh sayyohlarni Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarni aylantirdi va sayyohlarga Samarqand shahrini aylantirishni taklif etdi. Sayyohlar fuqaro D.dan Samarqand shahrida 1 kecha tunab qolishlari uchun mehmona bron qilib berishni va ularni mehmonxonaga olib borib joylashtirib berishini so‘rashdi. Fuqaro D. sayyohlar uchun Samarqand shahrida joylashgan mehmonxonalardan birini bron qildirdi va ertasi kuni ularni ushbu mehmonxonaga olib borib joylashtirdi. Mazkur holat bo‘yicha mehmona hodimi orqali xabar topgan «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasidagi nazorat qiluvchi ishchi organi mehmona xodimi va fuqaro D. ning bergan tushuntirishlariga asosan fuqaro D.ning harakatini turizm sohasida faoliyat yuritish uchun berilgan litsenziyada ko‘rsatilmagan xizmat turi bilan shug‘ullanish orqali litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb topib litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Fuqaro D. mazkur qarordan norozi bulib sudga murojaat qildi.
Mazkur holatga huquqiy baho bering.



Yüklə 395,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin