Ma’muriy huquq fanidan kazuslar kazus 1


Mazkur holatga huquqiy baho bering



Yüklə 395,94 Kb.
səhifə5/5
tarix05.05.2023
ölçüsü395,94 Kb.
#108413
1   2   3   4   5
Казуслар.Маъмурий (2) (2) (2)

Mazkur holatga huquqiy baho bering.
KAZUS 13


13. Toshkent shahri Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A. tuman hokimiga 2016 yilning 2 avgustida o‘zi yashaydigan turar joyga tutash bo‘lgan hududda avtomobillarni yuvish joyi qurish va ushbu joyda avtomobillarni yuvish uchun suvni yer ostidan quduq qazish orqali olish maqsadida yer ajratishni so‘rab yozma tarzda murojaat qildi. Oradan bir yarim oy o‘tdihamki, fuqaro A. o‘zining Yunusobod tumani hokimiga qilgan murojaatiga javob ololmadi. Natijada fuqaro A. mazkur holat bo‘yicha viloyat hokimiga murojaat qildi.
Mazkur holatga huquqiy baho bering.
KAZUS 14
14. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqaro K.Komilov o‘ziga qarashli yer uchastkasida 6 xonadan iborat turar-joy binosi qurdi. Oradan 10 yil o‘tgach fuqaro K.Komilovning hovlisi joylashgan hududdan avtomobil magistral yo‘li qurish loyihasi davlat dasturiga kiritildi. Mazkur holat bo‘yicha hokimiyat vakili fuqaro K.Komilovga qarashli yer o‘rniga boshqa yer berilishini, uy-joy qurish uchun esa mablag‘ berilmasligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro Toshkent shaxri Olmazor tuman hokimiyatiga uy qurish uchun mablag‘ ta’minlash yuzasidan murojaat qildi. Tuman hokimiyati mas’ul xodimi murojaatni asossiz deb topib, sabab sifatida uyning qurilishi ruxsatsiz amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Mazkur holatga huquqiy baho bering.


KAZUS15
15.Fuqaro B. nodavlat o‘quv markazi ochish maqsadida litsenziya olish uchun Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etdi. Lekin Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi litsenziya berishga oid mazkur ishni ko‘rib chiqib sabablarini keltirgan holda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Fuqaro B. litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, 7 kun ichida qayta ko‘rib chiqishga taqdim etdi. Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan yana qayta yig‘im to‘lash va rad etish to‘g‘risida qarorda ko‘rsatilmagan boshqa kamchiliklarni sabab qilib 30 kun mobaynida yana rad qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Mazkur holatga huquqiy baho bering.
KAZUS16
16. Moliya instituti talabasi S. institut ma’muriyatiga o‘zining institutda o‘qish bilan bog‘liq qanday huquqlari borligini so‘rab murojaat qildi. Institut ma’muriyati hozirda tashkiliy ishlar juda ko‘pligini uchun keyinroq murojaat etishni aytdi. Mazkur holat 3 oy mobaynida davom etdi.
Mazkur holatga huquqiy baho bering.
Yüklə 395,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin