75
paydo bo‘ladi. Belladonna — bo‘sh yotgan joylarda, dala chekkalarida o‘sadi.
Mevasi mayda olchaga
o‘xshaydi, tarkibida atropin bor. 3—4 dona mevasidan yeyilgandan keyin ko‘ngil aynish, alahlash, ko‘rish
qobiliyatining susayishi, qorachiqlarning kengayishi kabi alomatlar paydo bo‘ladi. Bodiyona rumi yo‘l
yoqalarida, qarovsiz joylarda, axlatxonalar yaqinida o‘sadi. Barglari petrushka barglariga o‘xshaydi. Poyasi va
barglari konin zaharini saqlaydi. Kasallikda asab sistemasi zaharlanadi,
talvasa tutadi, nafas markazi
falajlanadi. Zaharli o‘simliklardan zaharlanishlarning oldini olish maqsadida sanitariya maorifi muassasalari
xodimlari bahor, yoz vakuz fasllarida aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borishlari zarur. Bu
tadbirlarni bolalar va maktab o‘quvchilari yozgi sog‘lomlashtirish lagerlariga,
dalalarga ekskursiyalarga
borishlaridan oldin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
HAYVON MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH
Ayrim baliqlar va hayvonlarning a’zolari, masalan qoziqbosh balig‘i, usach, ignaqorin baliq uvuldirig‘i,
qoramolning buyrak usti va me’da osti bezlari zaharli hisoblanadi. Qoziqbosh balig‘i O‘rta Osiyoning ba’zi
havzalarida—Balxash ko‘li, Issiqko‘l, Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizida tarqalgan. Ichki a’zolaridan
tozalangan baliq bezarar bo‘ladi. Usach Rossiyaning ko‘pgina daryolarida: Volga, Dnepr, Kuban;
Kavkaz va
O‘rta Osiyo daryolarida yashaydi. Ignaqorin baliq Tinch okeanida, kochak — Armaniston daryolarida
tarqalgan. Aytib o‘tilgan baliqlarning uvuldirig‘idan zaharlanish manzarasi o‘tkir gastroenterit belgilari
bilan
ajralib turadi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, bemor qusadi, axlatiga aksari qon aralashgan bo‘ladi. Ma’lumki,
ilonbaliqning teri bezlaridan zaharli shilimshiq ajraladi. Shilimshiqdan tozalangan ilonbaliq zararsizdir.
Qoramolning buyrak usti bezlaridan zaharlanishlarda gastroenterit belgilari: juda holdan toyish, bradikardiya
kuzatiladi, ko‘rish qobiliyati susayadi.
Dostları ilə paylaş: