Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


ZAHARLI O‘SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/82
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#188634
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

ZAHARLI O‘SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH 
Sassiq alaf, mingdevona, belladonna, bodiyona rumi keng tarqalgan zaharli o‘simliklardan hisoblanadi. 
Zaharlanish asosan bolalarda uchraydi. Sassiq alaf. Daryo bo‘ylarida va botqoqliklarda o‘sadi. O‘simlikning 
hamma qismi zaharli. Ildizi shirin, xushbo‘y. Tarkibida silutoksin degan zaharli modda saqlaydi. Kasallik 
boshlanishida bosh og‘riydi, bemor qusgisi keladi, shilliq qavatlarda ko‘karish, tonik talvasalar kuzatiladi. 
Uzunchoq miya markazlariga ta’sir ko‘rsatadi. Zaharlanish ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Mingdevona. 
Tarkibida giossialin va skopolamin tutadi. Urug‘i lolaqizg‘aldoq urug‘iga o‘xshaydi. Iste’mol qilingandan 
keyin dastlabki soatdayoq, zaharlanish alomati: es-xush xiralashuvi, asab qo‘zqalishi, gallyusinatsiya holatlari 


75 
paydo bo‘ladi. Belladonna — bo‘sh yotgan joylarda, dala chekkalarida o‘sadi. Mevasi mayda olchaga 
o‘xshaydi, tarkibida atropin bor. 3—4 dona mevasidan yeyilgandan keyin ko‘ngil aynish, alahlash, ko‘rish 
qobiliyatining susayishi, qorachiqlarning kengayishi kabi alomatlar paydo bo‘ladi. Bodiyona rumi yo‘l 
yoqalarida, qarovsiz joylarda, axlatxonalar yaqinida o‘sadi. Barglari petrushka barglariga o‘xshaydi. Poyasi va 
barglari konin zaharini saqlaydi. Kasallikda asab sistemasi zaharlanadi, talvasa tutadi, nafas markazi 
falajlanadi. Zaharli o‘simliklardan zaharlanishlarning oldini olish maqsadida sanitariya maorifi muassasalari 
xodimlari bahor, yoz vakuz fasllarida aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borishlari zarur. Bu 
tadbirlarni bolalar va maktab o‘quvchilari yozgi sog‘lomlashtirish lagerlariga, dalalarga ekskursiyalarga 
borishlaridan oldin o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 
HAYVON MAHSULOTLARIDAN ZAHARLANISH 
Ayrim baliqlar va hayvonlarning a’zolari, masalan qoziqbosh balig‘i, usach, ignaqorin baliq uvuldirig‘i, 
qoramolning buyrak usti va me’da osti bezlari zaharli hisoblanadi. Qoziqbosh balig‘i O‘rta Osiyoning ba’zi 
havzalarida—Balxash ko‘li, Issiqko‘l, Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizida tarqalgan. Ichki a’zolaridan 
tozalangan baliq bezarar bo‘ladi. Usach Rossiyaning ko‘pgina daryolarida: Volga, Dnepr, Kuban; Kavkaz va 
O‘rta Osiyo daryolarida yashaydi. Ignaqorin baliq Tinch okeanida, kochak — Armaniston daryolarida 
tarqalgan. Aytib o‘tilgan baliqlarning uvuldirig‘idan zaharlanish manzarasi o‘tkir gastroenterit belgilari bilan 
ajralib turadi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, bemor qusadi, axlatiga aksari qon aralashgan bo‘ladi. Ma’lumki, 
ilonbaliqning teri bezlaridan zaharli shilimshiq ajraladi. Shilimshiqdan tozalangan ilonbaliq zararsizdir. 
Qoramolning buyrak usti bezlaridan zaharlanishlarda gastroenterit belgilari: juda holdan toyish, bradikardiya 
kuzatiladi, ko‘rish qobiliyati susayadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin