77
kirishi—qo‘rg‘oshin tusi paydo bo‘lishidir. Qo‘rg‘oshindan zaharlanishda parezlar, falajlar va talvasa kabi
holatlar ro‘y beradi. Mahsulotlardagi qo‘rg‘oshinning asosiy manbayi qalaylangan,
sirlangan idish-tovoqlar
hisoblanadi. Qo‘rg‘oshin siri (glazur) qo‘rg‘oshin oksidining silikat kislota bilan qotishmasidan iborat.
U kulolchilikda sopol idishlarga qoplanadi. Bunda qo‘rg‘oshin silikat kislota bilan to‘la birikmaydi va
keyin osongina oziqovqat mahsulotlariga o‘tadi. Bunday sirni yakka hunarmandchilikda ishlatish, ko‘pincha,
qo‘rg‘oshindan zaharlanishga sabab bo‘ladi. Hozirgi vaqtda, amaldagi sanitariya qonunchiligiga ko‘ra, hamma
kulolchilikda eng kam miqdorda (40—60% o‘rniga 12%) qo‘rg‘oshin saqlagan „fritirlangan“ sir qo‘llash
lozim. Bundan tashqari, tayyor sopol idishlar qo‘rg‘oshin ajratishiga sinovdan o‘tkaziladi, bunda sinalayotgan
idish 4 foizli sirka kislota eritmasida 30 daqiqa mobaynida qaynatilganda eritmaga qo‘rg‘oshin chiqmasligi
kerak. Qo‘rg‘oshindan zaharlanishning oldini olishda qalay sifati ustidan nazorat qilish katta ahamiyatga ega.
Idish sirtidagi sir qo‘rg‘oshin bilan qalay qotishmasidan iborat bo‘lib, u oziqovqatlar uchun ishlatiladigan
tunuka va mis idishlarga (plitaga qo‘yiladigan qog‘ozlar, bochkachalar) qoplash, shuningdek, texnologik
uskunalar qismlarini zanglashdan saqlash maqsadida qo‘llaniladi. Idishlarning ichki yuzasini sirlash uchun
qo‘llaniladigan qalayda qo‘rg‘oshin miqdori sanitariya me’yorlari bo‘yicha bir foizdan oshmasligi kerak.
Idishning tashqi choklarini kavsharlash uchun qalaydagi qo‘rg‘oshin miqdori 10% dan ziyod bo‘lmasligi
shart. Margimush (mishyak)dan zaharlanish. Margimushning 0,15 g mi o‘limga olib keladigan doza
hisoblanadi. Kamroq miqdori surunkali zaharlanishni keltirib chiqaradi. Aksari odamlar tarkibida margimush
saqlagan zaharli kimyoviy birikmalar bilan ishlov berilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste’mol qilganda
zaharlanadilar. Sabzavotlar, mevalar va danaklar, mevalardagi zaharli kimyoviy moddalarning qoldiqlari
yyetarlicha tozalanmaganda organizmga tushishi mumkin. Ilgari margimushli birikmalarni saqlash uchun
foydalanilgan idishlardagi oziq-ovqatlar iste’mol qilinganda, margimush o‘rniga yanglishib ishqor,
kraxmal
ishlatganda, shuningdek, zaharlangan urug‘lik, g‘allaning unini iste’mol qilganda zaharlanish ro‘y bergan
hollar ma’lum. Zaharlanishning klinik belgilari ketma-ket qusish, to‘sh ostida kuchli og‘riq paydo bo‘lishi va
ko‘p marta suvdek ich ketishi bilan belgilanadi. Margimushdan zaharlanishda axlat guruch shillig‘iga
o‘xshaydi. Ko‘p ich ketishi va qusish natijasida organizm suvsizlanadi, bu chiqariladigan siydik miqdorining
kamayishi, talvasaga tushish, sianoz bilan yuzaga chiqadi. Margimushdan zaharlanish, ko‘pincha, o‘lim bilan
tugaydi. Margimushdan zaharlanishning oldini olish quyidagilardan iborat: 1. Tarkibida margimush tutgan
birikmalar bilan dorilangan g‘allani va zaharli kimyoviy moddalarni alohida saqlash
hamda qattiq nazorat
qilish. 2. O‘simliklar, danakli meva daraxtlari va boshqalarga o‘z vaqtida ishlov berilsa, meva pishishiga
yaqin zaharli ximikat to‘liq parchalanadi. Sabzavotlar, mevalar va danakli mevalarni ovqatga ishlatishdan
oldin yaxshilab yuvish kerak.
Mis va ruxdan zaharlanish. Asosan zaharlanishlar mis yoki rux bilan qoplangan metalli idishlarda
saqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini yoki taomlarni (ayniqsa, nordon taomlar) iste’mol qilish natijasida ro‘y
beradi. Qayd etilgan metallarning tuzlari me’da shilliq pardasiga qitiqlovchi va kuydiruvchi ta’sir ko‘rsatadi,
shunga ko‘ra zaharlanish bir marta reflektor qusish bilan yuzaga keladi. Ba’zan ich ketishi mumkin. Mis va
rux tuzlari organizmga ro‘y-rost umumiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Zaharli moddalar qusuq va axlat bilan chiqib
ketadi va bemor birinchi sutkadayoq sog‘aya boshlaydi. Zaharlanishdan saqlanish uchun oziq-ovqat
mahsulotlari va tayyor taomlar saqlanishini nazorat qilish kerak. Rux qoplangan idishlardan sochiluvchan oziq
mahsulotlari (un, yormalar, shakar, tuz va b.) va ichimlik suvi saqlashgagina foydalaniladi.
Mis idish-tovoqlar
va moslamalar o‘z vaqtida sir bilan qoplanishi kerak. Sirlanmagan idishlar oziq-ovqat sanoatining ayrim
korxonalarida (qandolat, konserva sanoati) oksidlardan o‘z vaqtida yaxshilab tozalab (yaltiroq bo‘lguncha)
ishlatishga ruxsat etiladi. Polimer materiallari (plastmassalar). Oziq-ovqat sanoatida umumiy ovqatlanish va
savdo korxonalarida idishlar, har xil buyum va narsalar, mashinalarning qismlari, termostatlar, sovitgichlar va
boshqalarda polimerlardan keng foydalaniladi. Plastmassaning ham foydali, ham zararli tomoni bor. Ta’sir
qiladigan birikma plastmassa emas, balki unga qo‘shiladigan qo‘shimchalar (stabilizatorlar,
antioksidantlar,
plastifikatorlar, bo‘yoqlar) polimerizatsiyalanmagan monomerlar hisoblanadi. Polimerlar organik