76
Pestitsidlar (zaharli kimyoviy birikmalar) qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat ekinlarini begona o‘tlardan,
zararkunandalardan va kasalliklardan
himoya qilish, shuningdek, o‘sishini tezlashtirish
maqsadida
qo‘llaniladigan sintetik va kimyoviy birikmalardir. Pestitsidlar to‘rt sinfga bo‘linadi: I — o‘ta xavfli; II —
xavfli; III — qisman xavfli; IV — yengil xavfli. Pestitsidlarni xavflilik sinfiga ko‘ra qaysi idishga solingan
bo‘lsa, o‘ziga xos rang bilan belgilab qo‘yiladi. I sinf — qizil
chiziq bilan; II sinf — sariq chiziq bilan; III sinf
— ko‘k chiziq bilan; IV sinf — zangori chiziq bilan.
Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan pestitsidlar ichida xavfli uch belgi xususiyatiga ega bo‘lganlari juda
xatarli hisoblanadi, jumladan: 1. Tashqi muhit ta’sirida o‘zining zaharlilik xususiyatini yo‘qotmasligi. 2.
Kumulativ xususiyatga ega bo‘lishi. 3. Sut orqali o‘tishi. Xlororganik guruhga kiruvchi pestitsidlar shunday
xususiyatlarga ega. Kam miqdorda bo‘lsa ham, uzoq vaqt davomida ovqat bilan
organizmga tushadigan
pestitsidlar o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunday hollarda ba’zi bir a’zo va sistemalar faoliyatida bir qadar
o‘zgarishlarni kuzatish mumkin.
Bu jihatdan, zaharlanishning yashirin ko‘rinishi, ayniqsa, xatarli bo‘lib, hech
qanday tashqi zaharlanish belgilari sezilmagan holda a’zolarda chuqur biokimyoviy o‘zgarishlar kechadi.
Surunkali zaharlanishning oldini olish choralari quyidagilardan iborat: 1. Ovqat mahsulotlari tarkibida tashqi
muhitda
zaharli xususiyatini saqlovchi, sezilarli kumulativ xossaga ega bo‘lgan pestitsidlar butunlay
bo‘lmasligi kerak. 2. Ovqat mahsulotlariga o‘tgan pestitsidlar miqdori faqat ruxsat etilgan me’yorda bo‘lishi
(qaysiki, organizmga beziyon miqdorda) mumkin. 3. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga faqat
tashqi muhitda
zaharli xususiyatini tez yo‘qotadigan pestitsidlar qo‘llash tavsiya etiladi. 4. Pestitsidlarni qo‘llash qoidalariga
qattiq
rioya qilish, ovqat mahsulotlaridagi zaharli moddalarni yo‘qotish muddatini aniqlash va hosilni
yig‘ishda shunga amal qilish talab etiladi. 5. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi qoldiq
zaharli moddalar miqdorini
aniqlab, zararli bo‘lgan mahsulotlarni ovqat uchun ishlatmaslik va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: