72
sporotrichiella Fusarium sporotrichiella var,
sporotrichioides var, sporotrichioides var, sporotrichioides var,
sporotrichioides var, sporotrichioides turkumidagi zamburug‘ning ko‘payishiga imkon beradi.
Zamburug‘larning hayot faoliyati natijasida g‘allalarda zaharli moddalar yig‘iladi, bular issiqqa g‘oyat
chidamli, 120°C haroratda 2 soat mobaynida ham parchalanmaydi. Zaharli
moddalar odamlar, hayvonlar va
parrandalarga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxiri va yozning boshlarida
zaharlangan g‘alla mahsulotlarini iste’mol qilgandan 1—3 hafta o‘tgandan keyin kuzatiladi. Ba’zi
vaqtlarda,
kasallik belgisi (noxushlik, og‘izning burishishi, yutishning qiyinligi, kam bo‘lsa-da, ko‘ngil aynish, qusish,
ich ketish alomatlari) kuzatiladi. Zamburug‘ toksinlari bilan zararlangan g‘alla mahsulotlaridan tayyorlangan
non iste’mol qilingandan bir necha soat o‘tgandan keyin ham bu alomatlar kuzatiladi. Aleykiya kasalligining
boshlanishi qon paydo qilish a’zolari faoliyatining buzilishi bilan ifodalanadi.
Kasallikning rivojlanishida
qonda leykopeniya hamda qon tanachalarining hosil bo‘lishida depressiya (trombopeniya, gipoxrom
anemiya) alomatlari kuzatiladi. Leykotsitlarning miqdori 1:109/l kamayishi (1 mm3 da 1000 va undan ham
kam) eritrotsitlarning soni esa 1,8:1012/l (1800.000) gacha kamayishi mumkin. Kasallik asta-sekin
rivojlanadi. Avvaliga tomoqning yallig‘lanishi va yengil gastrit paydo bo‘lib, umumiy holat biroz o‘zgaradi,
so‘ngra qonda leykotsitlar miqdori 3000—4000 gacha, hatto 800 va undan ham kamayadi. Bu
leykopeniya
bosqichi deyiladi. Keyinchalik qon tarkibida o‘zgarishlar kuchaya boradi: leykotsitlar miqdori 1 mm3 da
400—200 gacha pasayadi. Gemoglobin miqdori ham keskin pasayadi. Kasallik og‘irlashib, teriga gemorragik
toshmalar toshadi. Tomoqning difteritik yallig‘lanishi bilan birga, og‘ir angina belgilari rivojlanadi. So‘ngra
nekrotik va hatto gangrenoz angina paydo bo‘ladi. Nekrotik jarayon bodomcha bezlarga, yoychalariga,
tilchaga, burun-halqum halqasiga va hatto lunj shilliq pardasiga tarqaladi. Natijada komaning klinik
manzarasi
rivojlanishi mumkin. Bu anginali gemorragik bosqich deyiladi. Zamburug‘larning ba’zi bir shtamplari
nefrotrop xossaga ega bo‘lgan zahar ajratadi. 1960-yilda Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviyada olingan g‘alla
zamburug‘i zaharlari oqibatida buyrak va siydik yo‘llari kasalligi qayd etilgan. Siydik yo‘llari
kasalligiga
duchor bo‘lganlarning 1/3 qismida poliplar va karsinomalar topilgan. Bunday kasalliklar zararlangan g‘alla
mahsulotlaridan tayyorlangan taomni iste’mol qilganlarda ko‘proq uchragan. Shuning uchun ham endemik
nefropatiya deb atalgan. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Profilaktikasi. Dalada, qor
ostida qolib ketgan g‘allani ovqatga ishlatmaslik kerak. G‘allani yig‘ish va almashtirish sanitariya nazorati
ostida amalga oshiriladi. G‘alla boshoqlari qolib ketgan dalalarni erta haydash tavsiya etiladi. Fuzarium
zamburug‘i tushgan g‘allani umuman ovqatga (hayvonga ham)
ishlatish mumkin emas, chunki hayvonlarda
ham bu kasallik kuzatiladi. Bu g‘alladan texnik qayta ishlash (xususan spirtga) maqsadida foydalanish
mumkin, xolos.
Dostları ilə paylaş: