G’afur G’ulom 1. “Shum bola” qisasidagi Sariboyni laqqillatish sujetida shum bola yolg’onlarini qaysi yolg’oni bilan boshlaydi?
A) Bo’riboyvachchaning terakdan yiqilib o’lishi bilan B) Dandon sopli pichoqning sinishi bilan C) Qo’rg’onning yonishi bilan D) Otning o’lishi bilan
2. Quyidagi badiiy tasvir vositalari G’afur G’ulomning qaysi asarida uchraydi?
“To’ti patlarining rang-barangligi Oysha chevarning qutisidagi ipaklarday tovlanar edi”; “It quvlagan tulkiday Omon menga ergashdi”; “Orqamdan o’lik quvlab kelayotgandek orqamga qayrilib boqar edim”; “Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog’iday qaltirab to’ribdi”. A) “Mening o’g’rigina bolam” B) “Yodg’or” C) “Netay” D) “Shum bola”
3. “Shum bola” qisasidagi “Sariboyni laqqillatish sujetida” Sariboy shum bolaning qaysi yolg’onini eshitib xushidan ketib yiqiladi?
A) o’rtancha qizining dunyoga arziydigan o’g’ilcha tuqqani haqidagi yolg’onni eshitib B) qo’rg’onga o’t ketganini eshitib C) Bo’riboyvachchaning o’lganini eshitib D) omborining yonganini eshitib
4. 1936- yilda yaratilib, 60- yillarda mukammal holga kelgan, ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan asar va muallifini aniqlang.
A) Said Ahmad “Ufq” B) A. Qahhor “Sarob” C) G’. G’ulom “Shum bola” D) X. To’xtaboyev “Sariq devni minib”
5. “Shum bola” qissasida Qorajon kimni bo’lis deb ataydi?
A) Sariboyni B) Eshonni C) Omonni D) Badal aravakashni
6. Tong azonda turib, o’tov egalari, er-xotin bilan xayrlashib, … Qorajon qayerga otlanadi?
A) Qovunchiga B) Sayramga C) Sariog’ochga D) Yusuf kontorning yoniga
7. Shum bolaning yoshi ko’rsatilgan javobni aniqlang.
A) 16 da B) 14 da C) 12 da D) 13 da
Azim Suyun 1. Azim Suyunning birinchi she’riy to’plami berilgan javobni aniqlang.
A) “Olis tonglar” B) “Xayolat” C) “Mening osmonim” D) “Ey do’st”
2. Qaysi qatorda Azim Suyunning dostonlari to’g’ri berilgan?
A) “Zamin taqdiri”, “O’zbek yurti”, “O’zbekiston” B) “O’zlik”, “Imorat va yoki bir tomchi dengizga aylangan kecha” C) “Zamin taqdiri”, “O’zbekiston”, “Imorat va yoki bir tomchi dengizga aylangan kecha” D) “Sarbadorlar”, “O’zbekiston”, “Ey do’st”
3. Qaysi qatorda Azim Suyunning dramatik dostoni berilgan?
A) “Sarbadorlar” B) “O’zbekiston” C) “Olis tonglar” D) “Sharq hikmati”
4. Shoirning dastlabki she’riy to’plami 1978- yilda “Mening osmonim” nomi bilan chop etilgan. Ushbu so’zlar kimga qarata aytilgan?
A) Azim Suyun B) Mirtemir C) Erkin Vohidov D) O.Hojiyeva
5. “Darada” nomli she’r muallifi qaysi qatorda berilgan?
A) Muqimiy B) Shavkat Rahmon C) Azim Suyun D) Zulfiya
6. “Hazrati inson” bo’lishi nihoyatda qiyin ekanligi falsafiy tarzda bayon etilgan she’r va muallifi kim?
A) Azim Suyun “Oq va qora” B) Abdulla Oripov “Ona sayyora” C) Azim Suyun “Bahodirsiz kelar Arg’umoq” D) Erkin Vohidov “Nido”
7. “Sarbadorlar”, “Zamin taqdiri”, “O’zbekiston”, “Imorat va yoki bir tomchi dengizga aylangan kecha” dostonlari muallifi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) Ch.Aytmatov B) Said Ahmad C) O’tkir Hoshimov D) Azim Suyun
8. Azim Suyunning “Darada” she’rining ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni aniqlang.
A) ruhiyat B) manzara C) hayol og’ushi D) tong shamoli
9. Muayyan bir o’lchov (vazn) asosidagi ritmga, musiqiy jarangga ega bo’lgan, hissiy jihatdan to’yintirilgan nutq…
A) lerik chekibish B) she’riy nutq C) manologik nutq D) retim
10. “Zamin taqdiri”, “Sarbadorlar”, “Sharq hikmati” kitoblari muallifini aniqlang.
A) Muhammad Ali B) To’ra Sulaymon C) Azim Suyun D) Muhammad Yusuf
11. “Shom tushishi bilan bobomning toshdan qurilgan yakka-yu yagona, duddan qorayib ketgan uyiga suhbattalab keksa-yu yosh yig’iladi… U Ahmad Yassaviy “Hikmat”ini o’qiganida butun olam unitiladi”. Ushbu jumlalar qaysi adib tarjimai holida uchraydi?
A) To’ra Sulaymon B) Muhammad Yusuf C) Azim Suyun D) Zohir A’lam
12. Azim Suyun dostonlari sanalgan qatorni toping.
A) “Zamin taqdiri”, “O’zbekiston” B) “Zarb”, “O’zbekyurt” C) “Saylanma”, “Qaro ko’zing sening” D) “Javzo”, “Ziyo yo’li”
13. “Sarbadorlar” dramatik dostonining muallifini aniqlang.
A) O’lmas Umarbekov B) O’tkir Hoshimov C) Xayrulla Sultonov D) Azim Suyun
14. Azim Suyunning dastlabki she’riy to’plami qanday ataladi?
A) “Olis tonglar” B) “Xayolat” C) “Mening osmonim” D) “Ziyo yo’li”