1. She'riy nutqqa qaysi qatorda to 'g 'ri ta 'rif berilgan ? Muayyan bir o'lсhov (vazn) asosidagi ritmga ega bo'lgan nutq B) Musiqiy jarangga ega bo'lgan nutq
Hissiy jihatdan to'yintirilgan nutq D) Barchasi to'g'ri
2. Ohang jihatdan ma'lum bir tartibga solingan, his-tuyg'u ifodasi sifatida vujudga kelgan
o'lchovli, ta'sirchan ritmik nutq nima? A) roman B) inversiya C) she'r D) pauza
3. Shoirning tuyg'ulari, kechinmalari aks ettirilgan asarlar qanday nomlanadi? A) epik asarlar B) dramatik asarlar C) lirik asarlar D) satirik asarlar
4.«Lirika» so'zi qaysi tildan olingan, uning ma'nosi nima? A) yunoncha, «lira jo'rligida kuylash» B) yunoncha, «harakat» C) yunoncha, «hikoya» D)arabcha, «she'riyat»
5.Shoirning ichki kechinmalari ifodasi bo'lib, ma'lum bir qolipga solingan ritmik nutq nima? A) turoq B) vazn C) she'r D) radif
6.Voqelikdagi biror narsa-hodisa sababli paydo bo'lgan kechinma va tuyg'ular ifodasi badiiy adabiyotning
qaysi turiga ко'proq xos ? A) lirikaga B) dramaturgiyaga C) eposga D) A va В
7.Shoirning bevosita o'ziga tegishli bo'lgan sezim, tuyg'u va holatlar she'riyatning qaysi turida aks etadi?
A) ijtimoiy lirika B) zamonaviy she'riyat C) intim lirika D) mumtoz she'riyat
8. Ijtimoiy lirikani yuzaga keltiruvchi omillarni toping. jamiyatdagi adolatsizlik, bosqinchilik, zo'ravonlik
riyokorlik, sotqinlik va boshqa ijtimoiy illatlar C) odamlarning beburdligi D) barchasi to'g'ri
9.Qur'onda zikr etilgan qaysi payg'ambar adabiyotda go'zallik timsoli bo'lib keladi?
A)Yunus B) Xizr C) Ilyos D) Yusuf
10. Badiiy adabiyot ifoda xususiyatiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi? A) lirik, epik, dramatik B) lirik, dramatik, tragik C) og'zaki va yozma D) maxsus, epik, komediya
12. Badiiy asarlar qanday maqsadda yaratilishiga ko'ra necha turga bo'linadi va ular qaysilar? A) 3 tur: lirik, epik, dramatik B) 2 tur: ilmiy va badiiy C) 3 tur: ilmiy, lirik, dramatik D) 4 tur: badiiy, dramatik, tabiiy, sun'iy
13. Katta-kichik she'rlar, she'riy masallar, ballada va dostonlar bir bo'lib, adabiyotning... degan turini
hosil qiladi. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zni qo'ying. A) nasr B) dramaturgiya C) she'riyat D) ocherk
14. Birgina qahramonning ichki kechinmalariga asoslanuvchi adabiy turni ko'rsating. A) epos B) drama C) lirika D) komediya
15. Adabiyotning nasriy turi qaysi janrlarni o'z ichiga oladi? A) Drama, komediya, ballada va romanlar B) Dostonlar she'rlar, tragediya va qissalar C) She'riy masallar, ocherklar, hikoyalar va dramalar D) Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar
16. Sharq mumtoz she'riyatida qofiyani yuzaga keltiruvchi harf qanday yuritiladi? A) radif B) vasl C) taxmis D) raviy
17.Misralarning oxirida so'zlar yoki bo'g'inlarning ohangdosh bo'lib kelishiga... deyiladi. A) radif B) qofiya C) ritm D) turoq
18.Raviy nima? A) Qofiyani tashkil etgan oxirgi tovush B) Qofiyadan keyin kelgan so'z
Qofiyadan keyin kelgan tovush D) Qofiyani tashkil etgan birinchi tovush
19.G'azaliyotda jonbaxsh jon atоetish ma'nolarida keltiriladigan payg'ambar nomini toping. A) Yusuf B) Muso C) Iso (Masih) D) Sulaymon
20. Arabcha «otning orqasiga mingashib, ergashib boruvchi» ma'nosini bildiruvchi she'riy unsure qanday nomlanadi? A) qofiya B) radif C) o'xshatish D) majoz
21.She'rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni ta'kidlash,o'quvchi e'tiborini asosiy g'oyaga jalb etib, shoirning
g'oyaviy niyatini o'quvchi qalbiga to 'laroq yetkazish maqsadiga xizmat qiladigan va aynan takrorlanadigan so 'z yoki so 'zlar birikmasi... deyiladi. A) radif B) takrir C) qofiya D) tajnis
22. Quyidagi to'rtlikdagi qofiyaning turini belgilang.