Ma’naviyatning globallashuv davridagi o’rni va ahamiyati. Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko'plab ta'rif berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983-yildagi «Garvard biznes revyu» jurnalida e'lon qilingan maqolasida qo'llanilgan edi. Aslida, globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli darajada va ko'rinishlarda mavjud bo'lgan va hozirgi davrimizga kelib bu jarayonning avj olishi ro'y bermoqda. Buning ayrim jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo'lsa, ayrimlari salbiy ta'sir etadi. Bu ayniqsa, ma'naviyatga yetarlicha zarar keltiradi.
Albatta, bu jarayonlardan ko'z yumib bo'lmaydi. Muammoning qay darajadaligidan qat'iy nazar uning oldini olish, bunga qarshi kurashish choralarini izlash bizning oldimizda turgan vazifadir.
Shu xususda Yurtboshimiz shunday fikr bildirgan: “Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki, ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda” Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa buning tamomila aksidir. Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani kabi ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda.
Avvalo, globallashuv – bu ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayondir. Shuningdek, xalqlarning madaniyatiga kuchli ta'sir etuvchi hodisa sifatida o'rganiladi. U dunyoda iqtisodiy integratsiyaning ijobiy omili va milliy iqtisodiyotning natijali o'zgarishga ko'makchi sifatida qabul qilingan.
Ammo, dunyoda axborot almashinuvining o'sishi bilan u madaniyat, ilm-fan sohasiga ham kirib keldi. Natijada millat madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan, mamlakatimiz fuqarolari, ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm g'oyalari bilan zaharlovchi ushbu ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi turishimiz zarur. Bebaho boyligimiz milliy ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirgan holda ma'naviy tahdidlarni oldini olishga erishishimiz mumkin. Ma'naviyat haqida gap ketganda, shuni alohida ta'kidlash lozimki, u eng avvalo, millatni, milliy madaniyatni, milliy turmush tarzini muhofaza qiladi. Shunday ekan globallashuv jarayonida mamlakat milliy madaniyatiga rahna soluvchi ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarni oldini olishda insonlarni yuksak ma'naviyatli bo'lishi muhim omil hisoblanadi11. Buning uchun jamiyatda ma'naviy-mafkuraviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish zarur. Ya'ni, birinchidan, mamlakat kelajagi bo'lmish yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish; ikkinchidan, manaviy tahdidlarni aynan nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab yetish; uchinchidan, atrofimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo'lmasdan, dahldorlik hissini oshirish.
Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan «ommaviy madaniyat» niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda:
– ularda, turli xildagi ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish;
– yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;
– yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim.
Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday yovuz kuchlar va ma'naviy tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg`ularini shakllantira olamiz.
Globallashuv zamonaviy taraqqiyotning bosh tendenitsiyasidir. U butun yer kurrasiga oid. Taraqqiyot darajasi qandayligidan, qaysi qit’ada joylashuvidan qat’i nazar barcha mamlakatlar, xalqlar hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi umumiy omillar, yo‘nalishlar, qonuniyatlarni anglatadi. Atamaning o‘zagi glob(us) yer kurrasini bildiradi. XX asr oxirgi choragi – XXI asr boshlarida globallashuv nihoyatda tezlashdi (intensivlashdi). U jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Chukotkada, Alyaskada, Aleut orollarida, qumli, suvsiz sahrolarda yoki qalin chakalakzorlarda yashaydigan kechagi ibtidoiy qabilalar bugun telekommunikatsiya xizmatidan, mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniga ega.
Biror joyda yangi ishlab chiqarish korxonasi qurilsa, litsenziya sotib olib, unga eng yangi texnologiyalarni joriy qilish mumkin. Har qanday sohadagi yangiliklar, ixtirolar, yutuqlar butun insoniyatning mulkiga aylanmoqda. Faqat uni yaratgan, o‘ylab topgan kishining, jamoaning mualliflik huquqi buzilmasa, bo‘lgani. Globallashuv har qanday ahamiyatli, qiziq g‘oyalarning, foydali va foydasiz axborotning, texnologiyalarning, mahsulotlarning dunyo bo‘ylab tez tarqalishini va amaliyotga joriy etilishini bildiradi. Ushbu imkoniyat globallashuvning zamonaviy jamiyat hayotiga, taraqqiyotiga ziddiyatli, qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatishini belgilaydi. Ushbu imkoniyat globallashuvning zamonaviy jamiyat hayotiga, taraqqiyotiga ziddiyatli, qarama – qarshi ta’sir ko‘rsatishini belgilaydi12. Bir tomondan, ilg‘or g‘oyalar, tehnologiyalar tez tarqalayotgan, milliy mahdudlik barham topayotgan, yagona ahborot, muloqot va bozor makoni shakllanayotir. Ikkinchi tomondan - milliy chegaralar nisbiylashib, milliy madaniyatlar, milliy identlik katta bosim ostida qolmoqda, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy tahdidlar kuchaymoqda, buzg‘unchi g‘oyalar tez tarqalmoqda. Iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy tahdidlarga qarshi turish, identligini saqlash maqsadida ba’zi mamlakatlarda ekstremistik g‘oyalar, harakatlar tarqalmoqda. Bular globallashuvning salbiy oqibatlaridir.
XIX asr oxiri XX asr birinchi yarmidagi mustamlakachilik davrida mustabid millat o‘ziga qaramlarni ochiqchasiga iqtisodiy jihatdan talab, siyosiy jihatdan bo‘ysundirgan va tilini, dini va madaniyatini assimilyatsiya qilishga uringan. Globallashuv tufayli bu tahdidlar yashirincha ko‘rinish oldi va bir necha marta kuchaydi. Globallashuv tufayli turli xalqlar, mamlakatlarning taraqqiyot darajasidagi, axborot bilan ta’minlanish borasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, keskin farqnisezilarli kamaytirish imkoni vujudga keldi.
To‘g‘ri, hali o‘ta qashshoq, aholisi ocharchilik xavfida yashaydigan, turli siyosiy va etnik guruhlar o‘rtasida o‘n yillab qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgan, xalqining katta qismi savodsiz mamlakatlar bor. Ular taraqqiyotda juda ortda. Ibtidoiy urug‘-qabilachilik munosabatlari qoldiqlari ijtimoiy-ma’naviy hayotida keng tarqalgan, hatto ustunlik qiladigan qabilalar bor. Ammo ular ham zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanadi, yoki foydalanish imkoniga ega. Gap bu yerda globallashuvning xalqlar taraqqiyot darajasini tenglashtirgani ustida ketayotgani yo‘q. Yaqin istiqbolda taraqqiyot darajasidagi farq saqlanadi. Gap bu yerda globallashuv yangi imkoniyatlar yaratgani haqida ketmoqda. XIX asrda yevropalik ovchilar miltiqdan foydalangan, ibtidoiy qabilalar ovchilari esa kamondan.
XX asr boshlarida sharq xalqlari dehqonlari yerni omoch va qo‘sh bilan shudgorlagan, g‘arb dehqonlari plug va traktorlar yordamida yer haydagan. Xalqlarning texnologik taraqqiyoti o‘rtasida farq qarama-qarshi edi. Bugun ilmiytexnika taraqqiyot yutuqlari ishlab chiqarishga joriy qilingani tufayli qarama- qarshilik yo‘qoldi. Sharq xalqlari dehqonlari traktorni allaqachon o‘zlashtirdi, ibtidoiy munosabatlar saqlanib qolgan urug‘-qabilalar ovchilari zamonaviy qurollardan foydalanadi. Lekin iqtisodiy farovonlik, daromad, ijtimoiy-madaniy rivojlanish darajasidagi, dunyoqarash va ma’naviyatdagi farq hamon katta. Globallashuv nafaqat ishlab chiqarish texnologiyalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, tovarlar va axborotlar tarqalishiga, shuningdek, madaniy mahsulotlar iste’moliga ham ulkan ta’sir ko‘rsatayotir.
Televidenie, radio, video-, audio-kompakt disklar, internet orqali adabiyot va san’at asarlari, muzeylardagi asoru-atiqalar, kutubxonalardagi badiiy va ilmiy asarlar bilan tanishish, ulardan bahramand bo‘lish, masofadan turib bilim olish imkoni vujudga keldi. Ammo ularga nisbatan yanada ko‘proq turli estrada konsertlari, shou-tomoshalar, ijtimoiy tarmoqlar orqali virtual muloqotlar, har xil elektron o‘yinlar va ommaviy madaniyatning boshqa standartlashgan, mazmunan sayoz, ba’zan odamlarni chalg‘ituvchi, ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar tarqalmoqda.
Axborot texnologiyalari har 3-5 yilda yangilanmoqda. Bular globallashuvni nihoyatda tezlashtirib yubordi. Standartlashgan g‘arb ommaviy madaniyati mahsulotlarini iste’mol qilish texnologiyalari va tovarlari, urbanizatsiya qatorida odamlarning turmush tarzini, qadriyatlar tizmini, ongini, psixologiyasini ma’lum darajada yaqinlashtirmoqda. Afsuski, bu jarayon ham juda ziddiyatli kechmoqda, unda ijobiy jihatlar qatorida salbiy jihatlar ko‘p. O‘zaro yaqinlashish milliy madaniyatlarning o‘zaro boyishi, rivojlanishiga nisbatan ko‘proq g‘arb ommaviy madaniyati andozalariga moslashuvi, aksariyat rivojlanayotgan xalqlar madaniyatlarining g‘arb madaniyatiga qisman assimiliyatsiyalashuvi, milliy xususiyatlarining qashshoqlashuvi asosida kechmoqda13. Hatto boy madaniy an’analarga, ulkan yutuqlarga va intellektual salohiyatiga ega rus xalqining yangi avlodi ongiga, shuuriga, qadriyatlar mo‘ljaliga g‘arb ommaviy madaniyatining ta’siri xatarli tus olmoqda.
G‘arb tillaridan rus tiliga zarur, yangi voqelikni anglatuvchi so‘zlar qatorida, turli tasqara, jargon so‘zlar, yoki ruscha ekvivalenti bor, zarurati bo‘lmagan so‘zlar ham kirib kelmoqda va uning sofligiga, tozaligiga xavf solmoqda, til madaniyatini tubanlashtirmoqda. Bu masala o‘zbek tili va madaniyati uchun ham dolzarb. Boshqa nisbatan qoloq xalqlar tili va madaniyati to‘g‘risida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar telekanallari, boshqa OAV orqali tarqalayotgan mahsulotlar, savdo tarmoqlarida sotilayotgan disklar, har xil elektron o‘yinlarning hajmi shiddat bilan ko‘payib borayotir. Qaysi telekanalga, qaysi mamalakatga boqmang, namoyish etilayotgan g‘arb filmlarining salmog‘i o‘z filmlariga nisbatan bir-necha barobar ortiq. Globallashuvning milliy madaniyatlarga ta’sirining ijobiy tomonlari orasida, shubhasiz, ilg‘or gumanistik g‘oyalarning, ayrim umuminsoniy qadriyatlarining, zamonaviy erkin tafakkur unsurlarining tarqalishi, umumiy madaniy saviyasining o‘sishi ko‘rinib turadi. Salbiy jihatlari ba’zi bir buzg‘unchi g‘oyalarning, axloqiy, estetik va boshqa soxta qadriyatlarning tarqalishidan tashqari, milliy madaniyatlarning o‘zigaxosligi zaiflashuvida namoyon bo‘layotir.
Globallashuvning asosiy salbiy ma’naviy-siyosiy ta’siri haqida ham unutmaslik kerak. Bu demokratiyani, g‘arb qadriyatlarini olg‘a siljitish bahonasida rivojlanayotgan mamlakatlarga siyosiy tazyiq o‘tkazish, ichki ishlariga aralashishga harakat qilish, rivojlangan mamlakatlarning xavfli o‘zaro geosiyosiy raqobatga kirishishi, diniy, mafkuraviy-siyosiy, milliy va madaniy tolerantlikning tobora pasayib borayotganidir. XX asr 80-yillar oxirida jahonda global axborot fazosi (makoni) shakllanishi internetning 1989-yilda paydo bo‘lishi bilan yakunlandi va yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. Aslida global axborot makonining shakllanishi birdaniga ro‘y bergani yo‘q, taxminan bir asr davom etdi. Dastlab kapitalning milliy chegaralaridan chiqib, jahonda savdo-sotiqning rivojlanishi, turli birjalardagi narx-navo va kotirovkalar to‘g‘risida tadbirkorlarning ishonchli ma’lumotlarni bilish ehtiyoji jahon miqyosida telegraf, telefon aloqalarini, tezyurar transport vositalarini rivojlanishini rag‘batlantirdi. Amerika qit’asi va Yevropa o‘rtasida Atlantik okeani tubida telefon va telegraf kabellari yotqizildi. Quriqlik hududlarida simyog‘ochli aloqalar o‘rnatildi. Birjalar, banklar, yirik ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, sug‘urta kompaniyalari, yirik sarmoyadorlar, korchalonlar turli xil informatsiyalar bilan almasha boshladilar.
Ularga iqtisodiy, moliyaviy informatsiyalardan tashqari ijtimoiy-siyosiy mazmundagi informatsiyalar ham kerak edi. Chunki biror mamlakatda, mintaqada savdo-sotiq qilmoqchi , investitsiya kiritib, o‘z savdo uyini yoki filialini ochmoqchi bo‘lsa, har xil xatarlarni, o‘sha mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni, tinchtotuvlikni, davlat olib borayotgan ichki va tashqi siyosatni, xorijiy ishbilarmonlarga munosabatni, qo‘shni davlat bilan do‘stona yoki taranglashgan aloqalarni, aholining faollik darajasini, xarid qobiliyatini, savodxonligi va madaniy saviyasini va boshqa ko‘plab omillarni hisobga olishi shart.
Buning uchun tegishli informatsiya va informatsiyani o‘z vaqtida yetkazib beruvchi vositalar kerak. Telekommunikatsiya (uzoqdan aloqa qilish) vositalari tez rivojlandi. XX asrda radio, teletayp, televidenie, yerning sun’iy yo‘ldoshlari orqali transkontinental aloqa qilish va, nihoyat, internet vujudga keldi. Transmilliy kompaniyalar, xalqaro miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan banklar uchun iqtisodiy, moliyaviy hisobotlar, savdo-sotiq, almashuv, audit va hamkorlikning hamma uchun bir xil bo‘lgan xalqaro standartlari shakllandi. Bu talablar mahsulotlar sifatiga, ko‘rinishiga, funksional vazifalariga, ishlab chiqarish texnologiyalariga asta-sekin ko‘chdi14. Informatsiyalar tarqatish usullarining, nizomlarining, qoidalarining, instruksiyalarining, xo‘jalik huquqi me’yorlarining standardlashuvi, birxillashuvi xalqaro iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga, transmilliy kompaniyalarga katta qulaylik tug‘dirar edi.
Bunga erishish yana jahon miqyosida uzil-kesil qaror topgan yagona axborot makoni zarur edi va uning shakllanishi tabiiy-tarixiy tarzda davom etdi. Yuqorida aytilganidek, 1989-yil xalqaro internet tarmog‘i paydo bo‘lishiga olib keldi. Industrial jamiyatda madaniyatning yangi ommaviy standartlashgan turi shakllana boshladi. Postindustrial jamiyatda u ijtimoiy fenomenga aylandi va milliy madaniyatlarga, inson ma’naviyatiga turli tahdidlar tug‘dirdi. Avvalgi avom madaniyatidan ommaviy madaniyat sanoatlashgan, birqolipli, OAV orqali tarqalishiga mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi.
U jamiyat ma’naviyatini, odamlar ongini boyitishga emas, balki ma’naviy hayotni va ijtimoiy ongni birxillashtirishga xizmat qiladi. U ijtimoiy ong bilan manipulyatsiya qilish (uni istalgan kuyga solib boshqarish) quroliga aylandi. An’anaviy mumtoz qadriyatlarning deformatsiyani kuchaytirdi. Ommaviy madaniyat tug‘dirgan ko‘plab qulayliklar qatorida ulardan ham ko‘proq ma’naviy tahdidlarni yuzaga keltirdi. Internet tizimining ma’naviyatga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari amalda cheksiz. Avval ta’kidlaganimizdek, u ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin. Softver xizmati aloqa tizimida, zamonaviy jamiyat hayotining barcha sohalarida inqilobiy to‘ntarish yasadi.
Internetga ulangan dunyoning istalgan kutubxonasi kitoblaridan, arxivlari hujjatlaridan foydalanish, ta’lim olish, masofadan o‘qish, turli konferensiyalar, yig‘ilishlar o‘tkazish, fikrlar va g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyati vujudga keldi. Hukumatga, parlamentga,jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlariga so‘rov berish, taklif kiritish, umuman siyosiy, ijtimoiy, ijodiy faollikni namoyon etish mumkin. Sizni qiziqtirgan har qanday informatsiyani, jumladan madaniy-ma’naviy mazmundagi ma’lumotlarni topish, undan foydalanish osonlashdi. O‘z ilmiy, publitsistik maqolalaringizni, asarlaringizni, ijro etgan qo‘shiq va raqslaringizni, tushgan suratlaringizni, o‘tkazgan tadbirlaringiz video tasvirlaringizni va h.k.larni Internetga joylashtirib, boshqalar bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin.
Internet orqali o‘zingizga hamsuhbat, maslakdosh topishingiz, bo‘sh vaqtlaringizda turli xil elektron o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish imkoniyatingiz bor. Internet insonning real olamini, real faoliyatini virtual olam, virtual faoliyat bilan to‘ldiradi va boyitadi. Internet yordamida siz dunyoning ilgari hech ko‘rmagan, aniq tasavvurga ega bo‘lmagan joylariga, tabiiy qo‘riqxonalarga, shaharlariga, muzeylariga sayohat qilishingiz, turli xalqlarning me’moriy yodgorliklarini, urf-odatlari, madaniy tadbirlari, bayramlari va boshqa nomoddiy merosi haqida tasavvur hosil qilasiz. Internet milliy chegaralarni bilmaydi.
Lekin internet tarmog‘ida joylashgan barcha axborotlar ijobiy mazmunga ega emas. Ular orasida g‘oyaviy jihatdan shubhali, hatto zararli, siyosiy va diniy ekstremizmni, axloqiy buzuqlikni, zo‘ravonlik va fahshni, nafs va hirs tiyiqsizligini targ‘ib etuvchi, inson ma’naviyatini ich-ichidan yemiruvchilari bor. Afsuski, internet orqali nafaqat ezgu niyatli kishilar, shuningdek yovuz niyatli kishilar ham o‘zlariga maslakdosh topmoqdalar. Turli aksilijtimoiy harakatlarini muvofiqlashtirmoqdalar.
Xalqaro va milliy terroristik guruhlar o‘z safiga ayrim yoshlarni yollashni shaxsiy muloqotlar qatorida internet yordamida amalga oshirmoqdalar. Bundan tashqari, kompyuterning virtual dunyosi va internetdagi ayrim axborot klasterlari, ayrim elektron o‘yinlar inson ijtimoiy ruhiy-intelektual mavjudot sifatidagi tabiatini zaiflashtirmoqda, nozik, insonparvarlik, mehr-oqibat bilan bog‘liq tomonlarini yemirmoqda. Ba’zi kishilar real, jonli hayotdan, muloqotdan ko‘ra, o‘zlarining ko‘p vaqtini internetning virtual, hayolot dunyosida, ijtimoiy tarmoqlar orqali virtual muloqotda o‘tkazmoqdalar. Ular kompyuter va internet bandilariga, asirlariga aylanib qolayotir. Har qanday narsada, voqea, jarayonda me’yor buzilsa, teskari oqibatlarga olib keladi. Bunday hollarda internet inson ma’naviy olamini boyitish o‘rniga uni biryoqlama, xayolotga, virtuallikka tobe qilib qo‘yadi. Inson psixikasini buzuvchi g‘oyalar, salbiy mazmundagi axborot zararishundoqqina ko‘rinib turibdi. Ular inson ma’naviyatini, shaxsini bevosita yemiradi.
Buzg‘unchi siyosiy va ekstremistik g‘oyalar bilan zaxarlangan kishilar, dushmanlarini hech ikkilanmasdan otib, urib, o‘ldirib ketadigan supermenlarni elektron o‘yinlarda, kinokartinalarda ko‘rib o‘sgan ayrim bolalar, o‘smirlar vahshiy qotillarga aylanayotgani, ularning ongi, tafakkuri, qadriyatlar tizimi to‘liq deformatsiyalashgani to‘g‘risida bugun hamma biladi. Yoki boshqa bir guruh kishilar, yoshlar bor. Ular vahshiy, qotil emas. Lekin ularning ongi, tafakkuri, qadriyatlar mo‘ljali ham to‘liq deformatsiyalashgan.
Ular real hayotga, insoniy orzu havaslarga tamomila befarq , loqayd kishilardir. Ular o‘zlarining fiziologik mayllarini ma’lum darajada qondirsa, unga birov tegmasa, bas. Hech kim bilan, hech narsa bilan ishi yo‘q. “Ma’naviy” ehtiyojlarini esa internet, ijtimoiy tarmoqlar yordamida qondiradi, “yarimtarkidunyo” qilgan kimsalarga aylanib qolayotirlar. Internetning, axborot texnologiyalarining inson ma’naviyatiga ta’siri haqida yana ko‘p gapirish, yoki son-sanoqsiz misollar keltirish mumkin. Aytganlarning o‘zi masala mohiyatini tushunish uchun yetarli , deb o‘ylaymiz.
Globallashuv dunyo miqyosida geosiyosiy raqobatning kuchayishiga, milliy davlatchilik va milliy manfaatlar ikkinchi darajali deb qaralishiga, milliy identlik, milliy adabiyotlar, san’at, boshqa ma’naviy qadriyatlar inkor qilinishiga sabab bo‘layotir. Keyingi tendensiya ayniqsa, g‘arb mamlakatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Hatto adabiyot, san’at, madaniyat “o‘limi” haqida bahslar yuritilmoqda. Milliy madaniyatlar, adabiyot, san’at o‘rniga g‘oyaviy mazmunga ko‘ra ularga ko‘p jihatdan qarshi turadigan, mumtoz va an’anaviy qadriyatlarni tan olmaydigan ommaviy madaniyat, yoki ijodkorning o‘ta sub’ektiv idrokini, ongosti intilishlarini ifodalaydigan “asarlar” yoyilib borayotir. Shu sababdan milliy identligini, mentaliteti va qadriyatlarini, davlat mustaqilligini saqlab qolish, boshqa ma’naviy tahdidlarga qarshilik ko‘rsatish, milliy iqtisodiyotini rivojlantirish zarurati g‘arb mamlakatlari aholisi o‘rtasida globallshuvga nisbatan salbiy kayfiyatni, norozilikni tug‘dirmoqda. Antiglobalistlar harakati avj olmoqda, radikal millatchilik jonlanmoqda.
Ayniqsa, bunday kayfiyat “arab bahori” dan keyin Yevropaga son – sanoqsiz muhojirlarning oqib kelishi tufayli yanada keskin tus oldi. Globallashuv, yuqorida ta’kidlanganidek, - ob’ektiv tendensiya15. Uni bekor qilish imkonsiz. Ammo uning keskin ziddiyatlarini yumshatish, ijobiy jtihatlaridan oqilona foydlanish mumkin. Buning uchun xalqora munosabatlarni huquqiy sivilizatsion asoslarda qayta tashkil etish, geosiyosiy qarama – qarshiliklarni xalqaro huquq me’yorlari yordamida tinchlik va o‘zaro foydali hamkorlik bilan hal qilish zarur.
Biz o‘zbeklar ham, boshqa xalqlar singari, zamonaviy sivilizatsiya, u tug‘dirgan texnologiyalar, globallashuvning tahlikali ta’siridan, ommaviy madaniyatdan voz kecha olmaymiz. Lekin ularning insonga salbiy ta’sirini minimallashtirishga erishmog‘imiz kerak. Buning uchun ta’lim-tarbiya, birinchi galda manaviy tarbiya mazmunini, usul va vositalarini zamon talablarini hisobga olib, takomillashtirish zarur. “Bugungi kunda zmonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki,- deb yozgandi Islom Karimov, – endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan ju olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotida yuz yillar ortda qolib ketishi hech gap emas”.
Xulosa. XXI asr boshlariga kelib mamlakatlar, xalqlar o’rtasida o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki,bugun mazkur jarayondan tashqarida turgan biron mamlakat yo’q, deb bemalol aytish mumkin.”Globallashuv” tushunchasi huddi ana shu o’zaro ta’sir jarayonini,davlatlar iqtisodi,madaniyati,ma’naviyati,odamlar o’rtasidagi bog’liq liqning kuchayishini anglatadi.Jaxonda globallashuvni yoqlovchilar ham,qoralov chilar ham istagancha topiladi.Bu jarayon haqida bildirrilayotgan fikrlar ham turlicha. Nazarimiz da,globallashuvning ijtimoiy qiyofasini yaqqolroq ko’rsatadigan fikr yuqoridagi ta’rifdir.Globallashuv o’ta murakkab hodisa.Uni chuqur o’rganmay,tahlil etmasdan moslashish salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Globallashuvdan chetda turaman, degan mamlakatlar uni ta’siriga ko’proq tushib qolishi mumkinligini dunyo taraqqi yoti ko’rsatmoqda.Globallashuv ta’sirida mamlakatlar o’rtasida savdo-moli yaviy aloqalar kengayadi,madaniyatlar yaqinlashadi,xorijiy sarmoyalar ortadi,axborot tez tarqaladi va hokazo.
Xozirgi kunda ko’pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg’otmoqda. Bunday ta’rif, menimcha, ko’p tomondan masalaning mohiya tini to’g’ri ifodalaydi. Nega deganda, hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas.
Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’no-ni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo’jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiybiologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog’lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.
Shu ma’noda, globallashuv — bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g’oyat o’tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko’rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o’rtasidagi integrasiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investiiiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyala rining, ilmfan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unlashuvi, sivilizasiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlarining ortishi — tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda. Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko’rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo’lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko’zdan kechiradigan bo’lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g’oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g’oyalar o’rtasida azaldan kurash mavjud bo’lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko’ramiz.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydoni-dagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas. Globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.