Ma’naviyatning globallashuv davridagi o’rni va ahamiyati. Mundarija: Kirish


Globallashuv haqida umumiy tushuncha



Yüklə 166,29 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü166,29 Kb.
#201648
1   2   3   4   5
Ma\'naviyat

Globallashuv haqida umumiy tushuncha.
Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida “umumiy”, lotin tilida esa “globus” Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi. Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan. Globalizatsiya atamasi birinchi bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‘liq ochib berilgan.
“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu so‘zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo‘jaligi rivojlanishining ob’ektiv jarayoni bo‘lib, juda ko‘p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo‘jaligining o‘zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko‘maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo‘lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e’tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga mintaqalashuv bosqichini bosib o‘tish lozim.
Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta`kidlashicha, “...eng umumiy ma`noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi”5. V.I.Danilov-Danil`yan esa “Globallashuv ko`proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas”, - deb yozgan edi. YUqoridagi ta`riflardan ko`rinadiki, globallashuv jarayoni o`zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham S.Otamuratov “...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib dunyoning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta`sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo`lmoqda”.
1980-1990 yillar bo’sag’asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bo’ldi: asli yaponiyalik keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta'riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bo’lgan ifodasidan jahon xo’jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini ko’rsatish uchun tatbiq eta boshladilar.
Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, degan taklifni kiritadi.
Jahon olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot-larda «Globallashuv» tushunchasiga turli ta’riflar berilmoqda va unga turli qarashlar va munosabatlarni bildirish davom etib kel-moqda. Lekin uning er kurrasining bir butunligini ifodalash va barcha soqalarning «yagonaligini» ta’minlash jarayoni, omili si-fatida qarash umumiy qarashlardan ustuvor bo‘lib kelmoqda. Jum-ladan, rus olimi I. Burikova globallashuvni jarayon sifatida qaraydi va olimlar tomonidan unga nisbatan qarashlarni umum-lashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko‘rsatadi:
Bilim jiqatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma’-lumligi.
Emotsional - bu ma’lumotga qanday yondoshuv zarurligi.
Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi.
Uning ta’kidlashicha, Sankt-Peterburg Universitetining siyo-siy psixologiya fakulteti psixologlari globallashuvni jaxrnda siyosiy qokimiyatning yangi shakli sifatida tushunadilar. Bu siyo-siy hokimiyat yangi shakllarining instrumentlari quyidagilardir:
-informatsion globallashuv - informatsiya soh_asidagi o‘zgarishlar;
-iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy soqadagi o‘zgarishlar;
-mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o‘zgarishlar;
-demografik globallashuv - globallashuvning asosiy instru-menti bo‘lib, insondagi barcha asosiy o‘zgarshdlarni o‘ziga qamrab oluvchi o‘zgarishlardir.
SHuningdek, muallif ularning har birining o‘ziga xos xususi-yatlari haqida batafsil fikr yuritgan.
YAna bir rus olimi L.E. Grininning fikricha, «Globallashuv -mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir».U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta’rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon, uning nati-jasida dunyo o‘zining barcha sub’ektlariga yanada aloqador va yana qam bog‘liq bo‘ladi».
Rus olimlaridan yana biri professor A.G. Kosichenko qam glo-ballashuvga jarayon sifatida qaraydi. U shunday yozadi: «Globalla-shuv ko‘p o‘lchamli jarayon, u o‘z ta’sir doirasiga gurli usul va vositalar bilan barcha soqalarni qamrab oladi». Ayni paytda uning fikricha, «iqtisodiyotning o‘ziga xos qukmronlik ta’siri bugun jahon hayotining barcha sohalarida namoyon bo‘lmoqda».' 2006 yilda «Globallashuv» tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan ta’si-rini aniqlashga bag‘ishlangan jahonning etakchi olimlari qamkor-ligida «Globalistika mejdunarodnsh mejdissiplinarnsh ensik-lopedicheskiy slovar» tayyorlanib e’lon qilindi6. Unda globalla-shuv tushunchasiga olimlar turlicha ta’rif berganlar va uning ta’-sir doirasini aniqlashga qarakat qilingan. Jumladan, amerika-lik olim T.Fridman bu qaqda shunday ta’kidlaydi: «Globallashuv - bu «sovuq urush tizimini» almashtirgan yangi tizim».
Keltiril-gan fikrdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyotda kechayotgan globalla-shuv jamiyat, mamlakat va xalqlar qayotining barcha soqalariga o‘zi-ning ta’sirini o‘tkazmoqda. SHuning bilan birga uni o‘z davrida jahonni larzaga solgan va butun insoniyatga xavf tug‘dirgan «sovuq urush» bilan tenglashtirgan mualliflar qam bor. Haqiqatdan qam, yuqorida mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarda glo-ballashuvning iqtisodiyotga, siyosatga va jahon miqyosidagi jarayon-larga o‘tkazayotgan ta’siri keng qamrovli ekanligi ko‘rsatib beril-gan. Ayniqsa uning iqtisodiyotga o‘tkazayotgan ta’siriga asosiy e’ti-bor berilganligini ta’kidlash lozim. Haqiqatan qam iqtisodiyot-dan manfaatdor bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q. U inson h.ayot kechiri-shining moddiy asosini tashkil qiladi. SHuning uchun qam iqtiso-diyotdagi globallashuv milliy ma’naviyatda ham o‘z ifodasini topa-di. Afsuski, yuqorida mualliflar tomonidan bildirilgan fikr-lardan ko‘rinib turibdiki, globallashuvning milliy ma’naviyatga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri e’tibordan chetda qoldirilgan. Bu ja-rayonda iqtisodiy globallashuv milliy ma’naviyatning globallashu-vida vosita vazifasini bajaradi. Ana shu muqim jiqat muallif-lar e’tiboridan chetda qolganligini ko‘rish mumkin. SHuning bi-lan birga T. Fridmanning globallashuvning «sovuq urush» siyosati bilan tenglashtirilganligi zamirida ham katta ma’no bor. Haqiqat-dan ham bugun u butun insoniyat, ayniqsa uning oliy qadriyatlari-dan biri bo‘lgan millatlar taqdiriga solayotgan tahdidini «sovuq urush» siyosatiga tenglashtirish mumkin. Respublikamizda qam tadq-iqotchilarimiz tomonidan globallashuv jarayonini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Hali bu masalaga bag‘ishlangan fundamental tadqiqotlar e’lon qilinmagan bo‘lsa qam bir qator ilmiy jiqatdan pishiq bo‘lgan maqolalar e’lon qilinganligini ta’kidlash lozim. Jumladan, «Globallashuv ziddiyatlari», «Ada-biyotida globallashuv jarayoni», «Xalqaro globallashuvning chuqurlashuvi»va boshqa maqolalarda uning ba’zi bir jiqatlariga to‘la-qonli ta’rif keltiriladi. Aytish joizki, mazkur maqolalarda ham «Globallashuv» jarayon sifatida talqin etilganligini ko‘rish mum-kin.
Bundan tashqari, globallashuvni turli soqalarda sodir bo‘layot-gan integratsiyalashuvning natijasi sifatida qarashlar ustuvorlik qiladi. Bunday qarash mazmunini dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tabiiy ravishda mustaqkamlanib borishi va ularning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasi sifatida, sub’ek-tiv omillar ta’siri, ya’ni katta iqtisodiy saloqiyatga ega bo‘lgan davlatlarning kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning resurslari-ni turli yo‘l va vositalar bilan qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. Xullas, globallashuv tushunchasi qaqidagi qarashlar turli tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo‘lish xususiyatlari turlicha bo‘lib dunyoning o‘zgarishiga o‘tkazayotgan ta’sirida qam yangi-yangi imkoniyat-lari namoyon bo‘lmoqda.
Bugun g’oyat chigal va ziddiyatli dunyoda yashayapmiz.Bugungi davrda haqi- qatni yashirish,uni turli g’arazli manfaatlari yo’lida sohtalashtirishga ishqibozlar ko’payib bormoqda.Natijada asl maqsadlar niqoblanib,azaliy tushunchalarning ma’no lari chigallashtirilmoqda. Ba’zan xayotda gunohni savob deb,asoratni erkinlik deb, yolg’onni rost deb uqtiradiganlarning domiga tushib,yaltiroq narsani oltin o’rnida qabul qilayotganlar ham,afsuski,yo’q emas.
“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari kitobhonlarni avvalo ana shunday hatarlardan ogoh etadigan,bugungi hayotda nima yahshiyu nima yomon ekani haqida bosh qotirishga undaydigan,tafakkurimizni quvvatlantiradigan,hayot ilmiga chanqog’imizni bosadigan,yon-atrifimizda kechayotgan,chuvalgan voqealarni anglashga imkon beradigan manba bo’lib xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega7. Muallif hozirgi kunda dunyoda kechayotga g’oyaviy kurashlar haqida bunday deb yozadi: “Agarki bashariyat tarixini uning tafakkur rivojini tadrijiy tarzda ko’zdan kechiradigan bo’lsak,hayotda insoni kamolotga,yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g’oya va ta’limotlar bilan yovuz va zaharli g’oyalar o’rtasida azaldan kurash mav- jud bo’lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko’ramiz”.
Ma’lumki, dunyo ikki qutubga bo’lingan zamonlarda ezgulik va yovuzlikni ajratib turadigan chiziq davlatlarni chegaralari ustidan o’tadi,degan qandaydir oddiy tasavvur bore di.Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda,bir qutubni boshqargan mamlakatga “Yovuzlik saltanati” degan tamg’a bosilgan bo’lsa,boshqa bir qutub ye- takchisi “Ezgulik diyori” deya olqishlanar edi.Biroq hozirgi kunda jaxonning siyosiy manzarasi shu qadar tez o’zgarmoqdaki,oxir oqibatda nafaqat bir mamlakatda yashay digan insonlar,ba’zan bir oila azolari ham sarhadlarning turli taraflarida qolib ketmoq da.Eng yomoni,insonning ongi shuvirida ham bo’linish va chegaralar paydo bo’lmoqda. Boshqacha aytganda, yahshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash va ziddiyatlar faqat saltanatlar, xalqlar va shaxslar o’rtasida emas, balki har birimizning qalbimizda, ongimizda ham kechmoqda.
Maallif ma’naviyatga qarshi qaratilgan xatarlar haqida fikr yuritib,ularni quyi- dagicha ta’riflaydi: “Ma’naviy tahtid deganda,avvalo,tili,dini,etiqodidan qatiy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning ruxiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy,g’o- yaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim,deb o’ylayman”.
Muallif ta’lqiniga ko’ra, ma’naviy tahtid: avvalo insonning erkinligiga daxl qiladi,uni fikriy qaram qilishni ko’zlaydi; ikiknchidan, insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo’naltirilgan mafkura- viy,g’oyaviy va informatsion xurujlar shaklida amalga oshiriladi; uchinchidan,turli niqoblar,jozibali shior va g’oyalar pardasi ostiga yashiriladi; to’rtinchidan,katta ma’naviy yo’qotishlarga olib keladi,xalqlarning milliy diniy tomirlariga bolta uradi; beshinchidan, begona g’oya va zararli dunyoqarashni avvalo beg’ubor yoshlarning qalbi va ongiga singdirishga qaratiladi; oltinchidan, mamlakat xavfsizligigi va milliy manfaatlariga tahtid soladi,jamiyatni inqirozga olib keladi; va nihoyat,dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sanaladi.
Demak,ma’naviy tahtid qaysi davlat yoki xalqqa qaratilishidan qat’i nazar, butun insoniyatda birdek tashvish va havotir uyg’otmog’i lozim.
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”asarida ma’naviy tahtidlar globalla-
shuv jarayonlari bilan bir butun holda tahlil etiladi.Muallif masalaga holisona yonda- shish prinspiga sodiq qolib,avvalo bu hodisaning ijobiy jihatlariga to’htaladi.Muallif- ning fikricha,globallashuv jarayonining ijobiy hususiyatlari:
birinchidan,mutloqo yangicha ma’no mazmundagi xo’jalik,ijtimoiy-siyo- siy,tabiiy biologic global muhitning shakllanishini ifoda etadi; ikkinchidan,milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muam- molar ga aylanib borishida namoyon bo’ladi; uchinchidan,davlatlar va halqlar o’rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalari- ning kuchayishiga olib keladi; to’rtinchidan,xorijiy investisiyalar,capital va tavarlar,ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar yaratadi,ko’plab yangi ish o’rinlarini ochilishiga turtki beradi;
beshinchidan,zamonaviy kammunikatsiya va axborot texnologiyalari,ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi uchun zamin yaratadi; oltinchidan,turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unlashuvi,sivilizat- siyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishda ko’rinadi.
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni yangi-yangi hudud va mintaqalarni,bar- cha faoliyat sohalarini o’z domiga tortib bormoqda.Shunday bir vaziyatda bu hodisa- ni ko’proq iqtisodiy jarayon sifatida talqin qilib,uning siyosiy jihatlari haqida sukut saqlashni avzal ko’rayotganlarga javoban muallif bunday deb yozadi: “globallashuv jarayonining…o’ziga hos jihati shundan iboratki,hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’- sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib,har-xilsiyosiy kuchlar va markaz- larning manfaatlariga xizmat qilayotgani sog’lom fikrlaydigan har qanday odam albat da kuzatishi muqarrar”8. Birgina axborot sohasidagi globallashuv jarayonini oldindan bilsak,uning ta’si- ri jaxonda yetakchilik qilish uchun kechayotga shiddatli kurashda namayon bo’lmoq-
da.Chunki axborot texnologiyalarining rivojlanish darajasida davlatning geosiyosiy ta’sirini belgilovchi omillardan biriga aylanmoqda.Shuning uchun axborot texnolo giyalari yuksalgan davlatlarda bu sohadagi ustunlikdan siyosiy,xarbiy,iqtisodiy, axborot va madaniy tajovvuzlarni amalga oshirish yo’lida foydalanib qolish vasvasasi yo’q, deb aytolmaymiz. Achinarlisi shundaki,globallashuv jarayonini sharxlash va tushuntirishda bir yoqlamalikka yo’l qo’ymoqda.Buni avvalo jahon miqyosidagi integratsiyalashuvning ahamiyati bo’rttirilib,har qaysi xalqning milliy o’ziga xosligi,ko’p qutubli dunyoning rang barangligini asrash,qashshoq mamlakatlarga yordam berish kabi o’tkir muammo lar ko’pincha etibordan chetda qolayotganida ko’rish mumkin.Natijada globallashuv jarayonlarini dunyo miqyosidagi yagona yirik davlatni qaror toptirish,yagona jahon madaniyatini shakllantirishdek faqat ayrim mafkura markazlarining manfaatlariga javob beradigan maqsadlarga xizmat qildirish yo’lida sayharakatlar kuchaymoqda.
Ko’rinib turibdiki,globallashuv dunyoni birlashtirish barobarida ayni paytda uni yemiryapti,degan xavotirlar jiddiy asosga ega.Binobarin,butun insoniyat hal qiluv chi tanlov oldida turibdi.Agar u o’z vaqtida bu jarayonni jilovini tortmasa, globalla shuvni madaniyatlararo muloqot vositasiga,milliy o’ziga xoslikni boyituvchi omilga, dunyodagi rang-baranglikning muhim manbaiga aylantirmasa,kishilik jamiyati global taqdirning ojiz o’yinchog’iga aylanib qolishi hech gap emas.Bu borada ayniqsa turli xalq va millatlar madaniyatini ichichdan yemarayotgan,bu jarayonlarning mafkuraviy poydevorini hosil qiladigan vayronkor g’oyalarning yovuz mohiyatini ochib berish dolzarb vazifaga aylanadi. Asarda “Globallashuv – bu avvalo hayot suratlarining beqiyos darajada tezla- shuvi demakdir”1 fikr asosida globallashuv jarayonlarining yana bir muhim jihati- ochib berilgan.Yani muallif hozirgi kunda hayotimizda sodir bo’layotgan tub- o’zgarishlarning nafaqat sifati,harakteri,balki sur’atlari ham muhim ahamiyat kasb etishini takidlaydi.Darhaqiqat,keying yillarda taraqqiyot sur’atlari beqiyos darjada ja-
dallashdi.Ayrim olimlar bunday bosma dastgohning kashf etilishi bilan izohlaydi. Chunki bu kashfiyot zarur bilimlarni egallash yo’lida kata sakrash bo’lgan edi.Tan olish kerak,kitob chop etishning miqyosi va ko’lami insonning yangi bilimlarni egal- lash sur’atlatriga mos tushdi.Shunday ekan agar dastgoh kashf etilgan dastlabki payt- larda Yevropada yiliga tahminan 1000 nomdagi kitob chop etilgan bo’lsa,hozirgi kun da 10000 ming nomdagi kitob chop etilmoqda.1905 yilda kashf etilgan kampyuter esa bilimlarni egallash jarayonini yanada jadallashtirib yubordi.Umuman yangi texno logiyalarning hayotga joriy etilishi oqibatida oxirgi 100 yil mobaynida siljish tqzligi 102 marta,muloqot tezligi 107 marta,axborotni qayta ishlash tezligi 106 marta o’sdi. Aslida bunday o’zgarishlar ilm-fan va madaniy boyliklarni o’zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.Ayni paytda bunday shiddatning havfli jihatlari ham yo’q emas.Masalan,bu hol axborotdan o’z ta’sir doirasini kengaytirish,kishilar ongini bosh qarish maqsadida foydalanuvchilar uchun keng yo’l ochib bermoqda.Bu kuchlar haqi qatga egalik qilish da’vosi bilan chiqib,nima yahshiyu nima yomon ekanini,qaysi hodisani qanday baholash lozimligini belgilab berishga urinmoqda.Etirof etish kerak, bugungi tezkor hayotda katta hajmdagi uzliksiz axborot ko’pchilik vaqt tanqisligi tu- fayli uning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritish,uni obdon hazm qilishga ulgurol- masligi mumkin.Shu ma’noda,mediamarkazlar insonni tanlov imkoniyatidan mahrum qilib,unga tayyor hulosalar,yechim va baholarni surbetlarcha tiqishtirishga harakat qiladi.Chunki bunday yondashuv inson hatti-xarakatini osongina programmalashtirish imkonini beradi,uni tegishli yo’riq bo’yicha yurgizishga sharoit yaratadi9. Ayniqsa, demakratiya sharoitida fuqarolarning axborotga bo’lgan extiyojini qondirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi bu kuchlar uchun qo’l keladi.“Yuk sak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida masalaning shu jihatiga alohida etibor qara tilada. “Jaxon axborot maydoni toboro kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab,uni o’qima,buni ko’rma,deb bir tamonla- ma tarbiya berish,ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish,hech shubhasiz,za-
monning talabiga ham,bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi.
Nega deganda,biz yurtimizda ochiq va demakratik jamiyat qurish vazifasini o’z oldi- mizga qa’tiy maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz”.
Demak,insonning axborot sohasidagi xavfsizligini taminlash uchun fuqarolar- ning axborot madaniyatini yuksaltirish,yani ularda axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish zarur.muhimi,odamlarni axborotni to’g’ri idrok etishga tayyorlash lozim.Bunda har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli ekanini ajratib oladigan mezonlarni ishlab chiqishi,ma’lum axborotni o’z faoli yati va hayoti uchun qadr-qimmatini baholash ko’nikmasiga ega bo’lish talab etiladi. Boshqacha aytganda,insonning ongida axborotning saragini sarakga,puchagini pu- chakga ajratadigan “filtr” larning bo’lishi axborot xavfsizligini kafolatlovchi asosiy omil sanaladi.
Kitobdagi yana bir etiborli jihati shundaki,muallif asrning o’zagini muozanat g’o yasi asosiga quradi.U barcha narsada – bu ma’naviy va moddiy hayot yoki ta’lim va tarbiya bo’ladimi,umuminsoniy va milliy qadriyatlar,zamonaviylik va ananaviylik yoki diniy va dunyoviy qadriyatlar bo’ladimi – ularning barchasida uyg’unlik va mutanosiblikni saqlash zarurligi,bu esa yuksalish taraqqiyotning muhim sharti ekani- ni asoslab beradi. Asar kitobhonni yana bir jidiy tahtiddan ogohlantiradi: “Bugungi kunda halqa ro maydonda turli siyosiy kuchlar o’zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun “Erkinlik va demakratiyani olg’a siljitish” niqobi ostida amalga oshirilayotgan, uzoqni ko’zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o’z vaqtida sezish,anglash katta ahamiyat kasb etadi”.2
Bilamizki,jahonda demakratiyaning yoyilishi murakkab va ziddiyatli jarayon sifatida kechgan.Chunki har kim demakratiyadan o’zi istagan narsani topishga intila- di.Aslida,chinakam demakratiya aql-idroq uchun jiddiy sinov,boy ma’naviyatning o’ziga xos namoyishidir.demakratiya o’z hayotini o’z aql idrokiga tayanib,o’z hohish istagiga monandqurishimkonini berishi bilan ham jozibali.Demakratiya shaxsga keng erkinlik beradi,biroq shunga yarasha katta masuliyat ham yuklaydi.Demakratiya halq irodasini ifoda etadi va shaxs salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun qulay zamin bo’ lib xizmat qiladi.Xalqning ongliligi,o’zini o’zi anglashi esa demakratiyani quvvatlan- tiradi.
Shuni ham etiborga olish kerakki,bugungi kunda demakratiyani umuminsoniy qadriyatdan universal qadriyatga aylantirishga urinayotgan kuchlar ham yo’q emas. U lar demakratiyani barcha muammolarning davosi sifatida taqdim etish,turli mamla kat lardagi demakratik jarayonlarni bir andozaga solishga urinmoqda.Vaholanki,demak- ratiya boshqa davlatlardan shunchaki o’zlashtirish yoki nusha ko’chirish yohud tan- qid qilish orqali o’rnatilmaydi.Kitobda takidlanganidek demakratiya xalqning yuz yil lar davomida shakllangan turmush madaniyati,tafakkur tarzini hisobga olgan holda jo riy etiladi.Shuning uchun jaxondagi har qaysi mamlakatda demakratiyaning o’z qiyofasi bor10. Demakratiyaning yashovchanligi ham uning mavjud milliy,diniy, madaniy, xususiyatlarini inkor qilmasligida,milliy o’ziga xoslikga zarar etkazmagan holda rivoj lanishida namayon bo’ladi.Bu jihatdan qaraganda,barcha xalqlarning intilishlariga to’ la javob beradigan hammabop demakratiya modelining mavjudligi haqidagi fikr asli- da demakratiya g’oyasini obrosizlantirayotgan puch da’vodan boshqa narsa emas.


Yüklə 166,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin