Ma’naviyat o’zi nima, ma’naviyat so’ziga ta’rif. Maʼnaviyat — eng umumiy maʼnoda — dunyo va insondagi ruh namoyonlarining yigʻindisi hisoblanadi. Sotsiologiya, madaniyatshunoslik va jurnalistikada „maʼnaviyat“ koʻpincha axloqiy qadriyatlar va anʼanalar shaklida ifodalangan, odatda diniy taʼlimotlar va amaliyotlarda, shuningdek, badiiy tasvirlarda jamlangan jamiyatning birlashtiruvchi tamoyillari deb ataladi. Ushbu yondashuv doirasida maʼnaviyatning shaxs ongidagi koʻrinishi vijdon deb ataladi va maʼnaviyatni mustahkamlash targʻibot (nasihat), maʼrifiy, gʻoyaviy- maʼrifiy yoki vatanparvarlik ishlari jarayonida amalga oshirilishi ham taʼkidlanadi.
O’zbekistonda mohiyatan tamoman yangi jamiyat qurish jarayonida ma'naviyat, iqtisodiyot bilan birga, ustun yo’nalishlardan hisoblanmoqda. Islom Karimov: "Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - Uzbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir", deya bejiz ta'kidlamagan edilar. Prezidentimiz fikrini davom ettirib: "Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning davlatning kuch-qudratidir", deb alohida uqtirganlar.
"Ma'naviyat" atamasi, rasmiy xujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko’p qo’llanishiga qaramasdan, uni ilmiy tushuncha sifatida alohida tahlil va ta'rif etish foydadan xoli emas.
"Ma'navnyat" va uning o’zagidan yasalgan "ma'naviy" sifatlashining qo’llanish doirasi keskin kengayib, ularning lug’aviy va atama sifatidagi mazmuni behad boyib bormoqdaki, bu esa ma'naviyatni aloqida ilmiy tushuncha sifatida o’rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va shu singari boshqa tushunchalar tizimidagi o’rnini aniqlashni, ular bilan o’zaro munosabatini tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Ma'naviyat harakatdagi ong, dunyoqarash, iroda, urf- odatlar, madaniy qadriyatlar tizimi hamda u aqliy va hissiy muhit sifatida ijtimoiy hayotning barcha sohalari va shakllari bilan bevosita bog’liq. Ko’p larda ularga nisbatan aqliy, g’oyaviy-mafkuraviy negiz vazifasini o’taydi, ammo o’zi ham ijtimoiy hayot yangiliklari hisobiga boyib boradi: shaklan rang-baranglik, mazmunan teranlik kasb etadi.
O’zbek xalqining ma'naviyati uning tarixan bosib o’tgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanish yo’liga, iymon-e'tiqodiga, dunyoqarashiga, irodasiga, jamiyatda qaror topgan muhitga mos ravishda shakllangan va kamol topib bormoqda. Ma'naviyatimizning gurkirab yuksalgan yoki tanazzulga yuz tutgan davrlari bo’lgan.
1- Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, "Xalqimizning ma'naviy poydevori - bo’lajak davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va mustahkam. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Tariximiz necha necha ming yillarga borib taqaladi".
Ma'naviyatimizning bugungi kundagi ayrim xususiyatlarini, o’ziga xos jihatlarini to’g’ri tushunish uchun uning shakllanishiga va rivojlanishiga ta'sir ko’rsatgan asosiy omillar to’grisida gapirish kerak. Ma'naviyatning o’zak tushunchalari, avvalo, tarixan vujudga kelgan tabiiy iqlim sharoitlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xususiyatlari ta'sirida shakllanadi.
Har qanday jamiyat, tuzum barqaror rivojlanishga intilibgina qolmasdan, o’zining tabiatiga, mohiyatiga mos shaxsni voyaga yetkazishga ham muhim e'tibor beradi; uning axloqiy, huquqiy, estetik me'yorlari ijtimoiy institutlarining faoliyati shu maqsadga bo’ysundiriladi1. Mustaqil O’zbekiston ham jahonning eng ma'rifatli mamlakatlari orasida o’z o’rnini topib, barqaror rivojlanish uchun mustaqillik dunyoqarashiga ega bo’lgan, milliy iftixor tuyg’usi bilan yo’grilgan, ammo millatchilik va milliy mahdudlikdan holi, hur va erkin fikrlovchi, ayni vaqtda fuqarolik mas'uliyatini to’g’ri tushunadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’z kasb-kori, ijtimoiy muhiti talab qiladigan darajada o’zlashtirgan shaxsni tarbiyalashi lozim. Buning uchun jamiyatla ikki yo’nalishda ish olib boriladi. Birinchidan, shaxs kamoloti uchun obyektiv shart-sharoitlar yaratiladi. Bu haqida Islom Karimov shunday degan edi: “Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchui, o’z qobiliyatini, o’z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma'nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir"'. Demak, eng avvalo, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlar, moddiy va ma'naviy ishlab chiqarish kengaytiriladi hamda ijtimoiy munosabatlar takomillashtiriladi: tegishli qonunlar qabul qilinadi, eski ijtimoiy muassasalar qayta ko’rib chpqiladi,zaruratga qarab yangilari tashkil etiladi. Ikkinchidan, muayyan tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Jamiyat o’ziga mos shaxsni shakllantirish uchun unga targ’ibot, tashviqot, ta'lim-tarbiya tizimi va boshqa mafkuraviy institutlar orqali, madaniy meros va zamonaviy qadriyatlar hamda turli xil axborotlar bilan tanishtirish ularga baho berish (salbiy yoki ijobiy) vositasida ta'sir o’tkazadi. Ma'naviyat tushunchasi hali ilmning turli sohasi vakillari tomonidan atroflicha taqlil va tadqiq etiladi, deb ishonamiz. Zero, Vatanimiz mustaqil taraqqiyotining ma'naviy asoslarini mustahkamlash zarurati ham shuni taqozo etadi.
Ma'naviyat insonning (jamiyatning) keng ma'noda olamga, hayotga, taraqqiyotga muayyan qadriyatlar, yuksak ideallar tizimi asosida munosabatda bo’lishi va shu negizda o’z faoliyatini yuritishidir. Ushbu qadriyatlar tizimi ham sub'ektiv (ong va iroda), ham ob'ektiv (adabiyot, san'at, urf-odatlar), ham aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhit sifatida mavjuddir.
Ma'naviyat "inson tabiati"ni tashkil etuvchi xislatlar va xususiyatlarni yuksaltiradi va boyitadi. Milliy ma'naviyat esa millatning asosiy xususiyatlarini, belgilarini mustahkamlaydi: millatning jipsligi va mushtarakligini ta'minlaydi, tilini, iymon-e'tiqodinn, milliy psixologiyasini, urf-odatlari va madaniyatini muqofaza etadi, rivojtantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini milliy qadriyatlar bilan chambarchas bog’laydi. Har bir millatning ma'naviyati uning milliy qiyofasini, uni boshqa xalqlardan ajratib turadigan o’znga xos madaniyatini, xarakterini ko’rsatadi. Ma'naviyat tufayli bilim va aql - axloq bilan, mehnat va xulq-atvor - go’zallik va odob bilan uyg’u nlashadi. Ma'naviyat, insonniig o’ziga va olamga faol munosabati o’laroq, uning hayotiy pozitsiyasini belgilaydi.
Millatning kamolotga erishishi, taraqqiy etishi ham bevosita milliy ma'naviyatga asoslanadi. Demak, ma'naviyat milliy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, aqliy intellektual, hissiy-emotsional irodaviy salohiyatidir.
Ma'naviyatni yuksaltirish, boyitish- milliy mustaqilliknni mustahkamlashning muhim shartidir. Bu masalaga muayyan guruhning, sinfning manfaatlaridan, dunyoqarashidan va mafkurasidan kelib chiqib yondashish mumkin emas. Shu bois davlatimizning ta'lim-tarbiya va madaniy-ma'rifiy siyosati asosida har bir fuqaroda yuksak ma'naviy ehtiyojlarni shakllantirish va o’stirish muhim ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Ma'naviyat va milliy taraqqiyot masalasini bir butun holda o’rganish o’zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishga yordam beradi.
Milliy ma’naviyatimizni milliy o’zligimizni thtidlardan himoya qilish uchun mil- liy istiqlolg’oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yo’q.Shu masalada milly istiq- lol g’oyasining juda muhim funksiyasi,yani milliy va ma’naviy o’zlikni himoyalash kabi muhim funksiyasi namayon bo’ladi2.Milliy istiqqlo g’oyasi ana shu funksiyani ba jarishi uchun esa yoshlar va aholi ongida faqat bilim,tasavvur sifatida emas,ishonch va etiqod sifatida shakllanishi lozim.
Milliyistiqlol g’oyasini shakllantirilishi va uning o’quvchilar,talabalar,keng aholi tamonidan o’rganishga kirilishi mamlakatimiz ma’naviy tarqqiyotida alohida bosqichni tashkil qiladi.Aslida,milliy istiqlol g’oyasining negizlari chuqur.U halqimiz ning milliy ma’naviy merosidan,ezgu g’oyalaridan oziqlanadi.Lekin,bu g’oyani yosh lar va aholi ongiga singdirish uchun muayyan poydevor kerak edi.Yani,avvolo milliy qadriyatlarni,milliy ma’naviyatni tiklash,milliy g’ururni uyg’otish,bir so’z bilan ayt ganda,milliy istiqlol g’oyasi tomir otishi va gurkirab rivojlanish uchun zamin tayyor lash lozim edi.Mustaqillik qo’lga kiritilgandan buyon o’tgan davr ichida ma’naviyat sohasida ulkan nazariy,ma’rifiy va amaliy ishlar bajarildi.Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari tuzildi,yuzlab maqola va risolalar nashr etildi,tadqiqotlar o’tkazildi,ta’lim to’g’risidagi milliy dastur qabul qilindi.Bir so’z bilan aytganda,milliu istiqlol g’oya sini keng targ’ib qilish uchun zamin yaratildi.
Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda,bizningcha,ba’zan bir tamonlamalikga yo’l qo’yilmoqda.Bu g’oyani targ’ib qilishda ishtiroq etayotgan murabbiy va o’qituv chilar,tadqiqotchilarning chiqishlarida,maqola va risolalarida ma’rifatchilik bilan cheklanish ko’zga tashlanmoqda.Holbuki,ma’naviyatni rivojlantiriahda asosiy yonda shuv ma’rifiy yondashuv bo’lsa ham,milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda bu yon 1dashuv bilan cheklanib bo’lmaydi.Bu hol milliy istiqlol g’oyasining hususiyatlari bi lan bog’liq.
Milliy g’ya jamiyatni jipslashtiruvchi,uni ijtimoiy tarqqiyot ko’ndalang qo’yayotgan masalalarni hal qilishga,chetdan bo’layotgan g’oyaviy, ma’naviy tahtidlardan hi moyalashga qaratilgan kuchdir. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g’oyaga bo’lgan extiyojni keskin kuchaytiradi.Aslida olganda,globallashuv jarayoni bo’lmasa, milliy g’oyaga ham ehtiyoj oshmas edi.Cunki,globallashuv bo’lmaganda har bir xalq va millatning ma’naviyati o’zicha mavjud bo’lar imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta’sir va thtidning yo’qligi esa milliy g’oyaga extiyojni ham dolzarblashtirmas edi.
Milliy istiqlo g’oyasining mohiyati shundaki,u odamlar ongida,xotirasida g’oyali gicha qolmay,amaliyotga,hayotga aylangah taqtirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy is tiqlol g’oyasi bo’lishi mumkin.Shundagina globallashuv sharoitida milliy ma’naviyat ni va ma’naviy o’zlikni tashqi nosog’lom tajtidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi.Milliy istiqlol g’oyasining hayotimiz jarayoniga singib ketishini ta’minlash uchun g’oyalar amaliy harakatlarga aylanishi jarayonini sinchiklab o’rganishi lozim. Buning uchun dastavval,g’oya bevosita amaliyotga,amaliyot dasturiga aylanishi mum kinmi?Agar mumkin bo’lsa,bu jarayon qanday yuz beradi? Degan savollarga javob toppish zarur.
Zamonaviy psixologiya,ijtimoit psixologiya va boshqa gumanitar fanlar nuqtai nazaridan bu savolga “aylanmaydi” deb javob berish kerak.Chunki inson ongida,miya sida o’nlab,yuzlab hatto minglab g’oyalar bo’ladi.Ularning barchasi ham amaliyotga aylanavermaydi.Chunki,alohida inson ongida ayni bir paytning o’zida o’nlab turli hil, jumladan,diniy,ahloqiy,siyosiy,ilmiy,badiiy va boshqa hil g’oyalar bo’lishi tabiiy. Ular bir-birini to’lg’izishi va ko’pincha bir-birlariga mos kelmasligi mumkin.Natija da,shahs bu g’oyalardan eng zarurlarini va o’zi eng to’g’ri,deb bilganlarini ajratib ha yotga tadbiq qiladi yoki unga amal qiladi3.Ana shu tanlash,yani g’oyaning amaliyotga o’tishidagi muhim bosqichni to’laroq va chuqurroq anglash uchun shu tanlash mezon larine tanlab olish zarur.
G’oyalarni saralashda shahs foydalanadigan mezonlarning eng muhimlaridan biri,saralab olinayotgan g’oyaning yoki maqsadning shahs,millat,xalq yoki jamiyat
manfaatlariga,extiyojlariga,qurilmalariga,etiqodi mosligidir.Bu hodisalar,yani manfa atlar,extiyojlar,etiqodlar va ularning g’oyalar bilan o’zaro aloqadorligi murakkab.Bu ning ustiga bu muammo jahon fanida ham kam o’rganilgan.Mamlakatimiz psiholog olimlari bu muammo ustida endi bosh qotira boshladilar.
Muammoning murakkabligini hisobga olib biz uning faqat bir jihati,ya’ni g’oya lar va etiqod aloqadorligi to’g’risida fikr yuritmoqchimiz.Etiqod shaxs ongida juda muhim o’rin tutadi,insonning hayot yo’nalishi,hayot tarzi,intilishlari uning shahsiy etiqodi bilan belgilanadi. Inson ongiga yo’l topayotgan g’oyalar ham mana shu etiqod chig’irig’idan o’tka ziladi.Etiqodga mos kelmaydigan g’oyalar rad etiladi.Lekin,g’oya va etiqod aloqador ligi faqat bir tamonlama jarayon emas.Ularning aloqadorligi faqatgina etiqodning nazoratchiligi,g’oyalarni elakdan o’tkazish bilan chegaralanmaydi.Shunday holatlar ham bo’ladiki,inson ongiga kirib kelayotgan g’oya undagi etiqodna mustahkamlaydi yoki bo’shashtiradi,bazan esa shu go’yaning o’zi etiqodga aylanadi.
Mustaqillik qo’lga kiritilgach,mamlakatimizda keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar boshlandi.Bu islohatlar jarayonida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish,hu susiylashtirish,ijtimoiy-siyosatni erkinlashtirish singari ko;plab tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi.Islohat ijtimoiy ruhiyat sohasida ham amalga oshirila boshladi. Bu sohadagi eng muhim vazifa odamlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish edi.Buning uchun esa ularlarni sobiq sho’rolar tuzimi qoliplaridan,boqimandalik,o’zibo’larchilik kayfiyatidan,yot va begona g’oyalarga bo’lgan e’tiqodidan holis qilish kerak edi.Bi roq bujarayon mamalkatimizda milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamo yillarini shakllanishi bilan o’zining yakunlovchi pallasiga kirdi.Chunki,tabiatda bo’lmagani singari inson ongida ham mutloq bo’shliq bo’lmaydi.Sobiq tatalitar tu zum sarqitlarini inson ongidan supurib tashlash uchun kuchli ma’naviy qurol kerak. Bunday qurol vazifasini faqat milliy istiqlol g’oyasi bajarishi mumkin. Chunki, hayot bahsh g’oya bilan qurollanmay turib,eski g’oyalar tasiridan to’la qutulish mumkin emas.Shunisi ham borki,milliy istiqlol g’oyasidan jamiyat azolarining ko’pchiligi ha bardor bo’lishi eski tuzum sarqitlarini supurib tashlash uchun kifoya qilmaydi.Milliy istiqlol g’oyasi ishonch va etiqodga aylangandagina eskilik sarqitlarini supurib tashla shi mumkin.Jamiyatda g’oyaning etiqodga aylanishi uning amaliyotga o’tishidagi muhim bos qichdir.Shaxs etiqodiga aylangan g’oyani ro’yobga chiqarish uchun hara kat qila boshlaydi.Etiqod qanchalik kuchli bo’lsa,uni amalga oshirish uchun shaxs shunchalik ehtiros bilan harakat qiladi.Kuchli etiqod yo’lida shaxs bilimini,kuchini, boyliklarini,hatto hayotini ham ayamaydi.Tarixdan bunga ko’p lab misollar keltirish mumkin. AQSH Prizidentlaridan biri T.Jefferson “Ozodlik shunday daraxtki,u bazan odam qoni bilan sug’orib turishlarini talab qiladi”,deganda huddi shunday etiqodli odamlarning ozod likni himoya qilish yo’lida ular o’z jonidan kechishga ham tayyor turishlarini nazarda tutgan edi.Yurtimiz tarixida ozodlik darax tini o’z qoni bilan su go’rgan yoki sug’orishga tayyor turgan qahramonlar ko’p bo’lgan. O’g’izxon, Shiroq, To’maris,Jaloliddin Manguberdi,Amir Temur,Bobur Mirzo singari shahslar shular jumlasidandir.Ular etiqodlari tufayli ozodlik,yurt mustaqilligi yo’lida butun kuch-g’ayratlarini,zarur bo’lganda jonlarini ham ayamadilar. Mustaqillikni ham ozodlikga o’hshatish mumkin.Ular – egizak.Mustaqilliksiz ozodlik bo’lmaydi va aksincha ozodliksiz mustaqillikga erishib bo’lmaydi.Mustaqil likni himoya qilish uchun jon fido qilishga tayyor o’g’lonlar bo’lishi kerak.Mustaqil lik daraxti gullab-yashnashi uchun uning poyoga ko’proq ter to’kish kerak.Vatan o’g’il-qizlari qanchalik mehnat qilib ter to’ksalar,mustaqillik darxti,uning ildizlari,il dizlari orasidagi o’qtomir – milliy istiqlol g’oyasi shunchalik barq urib rivojlanadi.Le kin faqat ma’rifat bilan qanoatlanilsa,nari broganda istiqlol g’oyasini izohlab,tushunti rib berish mumkin,izohlash va tushuntirish yo’li bilan esa odamlarning faqat fikriga, xotirasiga ta’sir o’tkazsa bo’ladi4. Milliy istiqlol g’oyasini yaxshi tushunib olgan talaba yoki o’quvchi imtihonda ‘a’lo” yoki “yaxshi”baho olishi mumkin,lekin unda bu g’oyaga etiqod shakllanmagan bo’lsa,bu bilimni u tezda unitadi.E’tiqod shakllanishi uchun faqat bilimning o’zi kifoya qilmaydi.E’tiqod,xususan,g’oyaviy etiqod bilim va his-tuyg’uning hosilasidir. G’oyaviy etiqodning otasi bilim bo’lsa,onasi his-tuyg’udir.Ulardan biri bo’lmasa, g’oyaviy etiqod ham bo’lmaydi.Shu xususiyati bilan g’oyaviy etiqod etiqodning bosh qa turlaridan,aytaylik,diniy etiqoddan farq qiladi.Diniy etiqod shakllanishi uchun din arkonlari to’g’risida chuqur bilim bo’lishi shart emas.
Dindonlarning ko’pchiligida ana shunday chuqur bilim yo’q,lekin ularning talay qismidagi e’tiqod bilimdon ulamo larning e’tiqodidan kuchliroq bo’lishi mumkin. Buning sababi shundaki,diniy etiqod bilimni inkor qilmaydi,lekin unda ehtiros ustuvorlik qiladi.Din bo’yicha juda ko’p bilimga ega bo’lgan odamning e’tiqodi sust va buning aksicha,oz bilimga ega bo’lgan odam kuchliroq e’tiqodga ega bo’lishi mumkin.Shuning uchun ilm,ma’rifat bilan birga unga amal qilish muhim.U e’tiqodni mustahkamlaydi. Ilmga amal qilmagan mulladan beshak,
Afzaldir ustiga kitob ortilgan eshak. Deganda Shayx Sa’diy bilimdon,lekin etiqodsiz mullalarni nazarda tutgan edi. Milliy istiqlol g’oyasining mohiyatiga monand tarzda uni yoshlar va aholi ongiga singdirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar ma’rifiylik bilan cheklanmay,e’tiqodni shakllantirish uchun amaliyotga yo’naltirilishi muhim.Buning uchun esa e’tiqodning o’ziga xos xususiyatlari,uning shakllanishidagi bosqichlar,murakkabliklar,nozikliklar ni doimo yodda tutish zarur bo’ladi.