Armaniston Respublikasi (armancha: Հայաստան, Hayastani Hanrapetutyun) – Zakavkazyening janubiy qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegarador. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor. Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 3,277 mln (2012). kishi. Poytaxti – Yerevan shahri. Davlat tuzumi. Armaniston – Demokratik respublika. Davlat boshligʻi – Prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi – Millat majlisi (1995-yildan). Oliy ijroiya va farmoyish beruvchi organi – Vazirlar Kengashi.
Armaniston Հայաստանի Հանրապետություն
Hayastani Hanrapetutyun
Bayroq
Gerb
Shior: Մեկ Ազգ , Մեկ Մշակույթ (Mek Azg, Mek Mshakouyt) (Armoncha: Одна нация, одна культура)
Madhiya:Mer Hayrenik (Наше Отечество)
Arxeologik qazishlar natijasida hozirgi Armaniston yerlarida quyi paleolitning shell va ashel davriga oid tosh qurollari topildi[3][4]. Armaniston togʻ etaklarida toʻrtlamchi davrning birinchi yarmida ibtidoiy odamlar yashagan. Armanistonda neolit yodgorliklari, qishloq xoʻjalik va chorvachilikning dastlabki rivojidan dalolat beruvchi eneolit madaniyati ham ochilgan. 1956-yil Sevan koʻlining suvi quritilib, arxeologik qazish ishlari oʻtkazilganda miloddan avvalgi 2 minginchi yilga oid tarixiy yodgorliklar topildi. Urartu quldorlik davlati madaniyati (miloddan avvalgi 9-asr) temir davrining yodgorligidir. Arman xalqi qadimgi hay, arman, urart va boshqalar qabilalarning birlashuvidan paydo boʻlgan. miloddan avvalgi 6-asrda arman qabilalari Urartu davlati yerlarini egallagan. miloddan avvalgi 6-asr oxirlarida Armaniston Eron Axomaniylar davlati tar-kibiga kirgan. Makedoniyalik Aleksandr Eron davlatini tor-mor keltirgach, Armaniston yerlari ham uning imperiyasiga qoʻshildi. miloddan avvalgi 4-asr oxirlarida Kichik Armanistonda va Ararat vodiysida mustaqil arman podsholiklari ajralib chiqdi. janubiy – gʻarbiy Armaniston va Janubiy Armaniston tobe podsholiklar sifatida Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. taxminan miloddan avvalgi 220 yil Ararat podsholigi bilan Janubiy Armanistonning birlashuvidan Buyuk Armaniston tashkil topdi. Salavkiylarning rimliklarga qarshi kurashdagi magʻlubiyati (miloddan avvalgi 190 yil)dan foydalanib, Buyuk Armaniston bilan Sofena mustaqillikka erishdi. Armaniston Tigran II Artashes (miloddan avvalgi 1-asr) davrida savdo va ma-daniyati rivojlangan yirik davlatga aylandi. Mil. 1-asrdan Buyuk Armaniston Rim bilan Eron davlati oʻrtasida kurash maydoni boʻlib qoldi va inqirozga yuz tuta boshladi. 3-asr boshlarida Armanistonda feodal munosabatlar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa, 4-asrda xristian dinining qabul qilinishi natijasida arman cherkovi feodalizmning qudratli tashkilotlariga aylandi. 387-yilda Armaniston Eron sosoniylari va Vizantiya oʻrtasida taqsimlandi. Armanistonning katta qismi Eronning vassaliga aylanib qoldi. 7-asrning 2-yarmida Armaniston arab xalifaligiga boʻysundi. Arman xalqi bosqinchilarga qarshi bir necha bor (450 – 451, 482 – 484, 571 – 572, 747 – 750, 772 – 775, 850 – 855 yillar) qoʻzgʻolon koʻtardi. Milliy madaniyatni saqlab qolish uchun olib borilgan kurash natijasida arman feodal adabiyoti va meʼmorligi rivojlandi. 393 yilda Mesrop Mashtots arman alifbosini yaratdi. Arablarga qarshi uzoqdavom etgan kurash jarayonida bagratiylar podsholigi tashkil topdi. Bafatiylar sulolasiga asos solgan Ashot I davri (886 – 891)da arab xalifaligi va Vizantiya imperatori Armaniston mustaqilligini tan oldi. Ashot II (914 – 928) Sevan koʻli atro-fida arab qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi (921) va oʻzini Armaniston knyazlarining knyazi deb eʼlon qildi. Ashot III (953 – 977) mamlakatni birlashtirish, markazlash-gan hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizdi. Mamlakatda katta-katta inshootlar qurildi. Iqtisodiy va madaniy hayot yuksala boshladi. Dvin, Ani, Kars, Naxichevan hamda Van mamlakatning yirik madaniy shaharlariga aylandi. Lekin feodallarning bir-biriga qarshi urushi arman davlatini par-chalab yubordi. Vizantiya imperiyasining bosqinchilik siyosati esa mamlakatni tushkunlikka uchratdi. Armanistonni I-asrda saljuqiylar, 13-asrda moʻgʻullar, 14-asrda Amir Temur bosib oldi. 16 – 18-asrlarda Turkiya bilan Eron oʻrtasida kurash maydoniga aylandi. 1555-yilda Turkiya bilan Eron oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan Turkiya Gʻarbiy Armanistonning katta qismini, Eron esa Sharqiy Armanistonni oldi. 1801-yildan Sharqiy Armaniston Eron zulmidan ozod qilina boshladi. 1828-yilgi rus-eron urushi natijasida Erevan va [Naxichevan xonliklari Rossiyaga qoʻshildi. 1877 – 78 yillardagi rus-turk urushi natijasida Kars va Gʻarbiy Armanistonning ayrim hududlari Rossiyaga qoʻshib olindi. 1917-yilda hokimi-yat dashnoklar qoʻliga oʻtdi. 1918-yil yezda Turkiya Brest sulhi shartnomasini buzib, Armanistonning katta qismini bosib oldi. 1918-yil noyabrda ularning oʻrnini ingliz qoʻshinlari egalladi. 1920-yilda sovet hokimiyati oʻrnatiddi va Armaniston SSR tuzildi. 1922-yildan Armaniston Zakavkazye federatsiyasiga, 1936-yildan bevosita SSSR tarkibiga kirdi. 1990-yil avpda Armaniston Oliy Kengashi uni Armaniston Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1991-yil 24-sentabrda Armaniston mustaqil deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yil 27-oktabrda oʻrnatgan.