Gruziya yoki Gurjiston, rasman Gruziya Respublikasi (gruzincha: საქართველო [sɑkʰɑrtʰvɛlɔ], Sakartvelo) — Kavkazortining markaziy va garbiy qismlarida, Qora dengizning sharqiy qirgʻoqida joylashgan mamlakat. Qisman Sharqiy Yevropaning eng chekka janubi-sharqiy qismida, qisman Yaqin Sharqning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 69 700 km²2. Aholisining umumiy soni 3 729 500 kishi (2015). Poytaxti — Tbilisi shahri.
Shimolda Rossiya, janubda Armaniston, janubi-gʻarbda Turkiya, sharqda va janubi-sharqda Ozarbayjon bilan chegaradosh. Gruziya maʼmuriy hududiy boʻlinish boʻyicha 2 ta muxtor respublika va 10 ta viloyatdan iborat (gruzincha: მხარე / mxare). Ushbu muxtor respublikalar va viloyatlar 59 ta munisipalitetga boʻlingan. 4 ta shahar: Batumi, Kutaisi, Poti va Rustavi viloyatlar huquqiga ega. Gruziya hududiga kiruvchi 2 ta muxtor respublika: Abxaziya va Janubiy Osetiya de-fakto qisman tan olingan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu respublikalar hududlari Gruziya tomonidan de-fakto boshqarilmaydi. Ushbu hududlar Gruziya, AQSH, YXHT Parlament Assambleyasi va Yevropa komissiyasi tomonidan Rossiya okkupatsiyasidagi Gruziya hududlari deb tan olingan.
Gruziya Respublikasi საქართველო
Sakartvelo
Bayroq
Gerb
Shior: ძალა ერთობაშია (Kuch birlikda)
Madhiya:თავისუფლება;Tavisupleba (Ozodlik)
Ozarbayjon (Azərbaycan), Ozarbayjon Respublikasi (Azərbaycan Respublikası), — Kavkazortining janubisharqiy qismida joylashgan mamlakat. Maydoni 86,6 ming km². Aholisi 9,5 mln. kishi (2015). Poytaxti — Boku shahri Maʼmuriy jihatdan 61 tuman, 65 shahar va 122 shaharchaga boʻlinadi. Naxichevon Muxtor Respublikasi va Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjon tarkibiga kiradi.
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ozarbayjon — respublika. Davlat boshligʻi — prezident (2003-yil oktabrdan Ilhom Aliyev). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (Milliy majlis), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.