Manfiy bosim va suv kogeziyasi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə3/7
tarix23.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#120268
1   2   3   4   5   6   7
4671aeaf49c792689533b00664a5c3ef (2)

Oqim xarakteristikalari
Suyuqlik va gazlarning oqishining ikki asosiy turi mavjud. Oqim tekis bo’lib, qatlamlar bir-biriga nisbatan sirpanuvchan bo’lsa, oqim laminar yoki qatlamli deyiladi. Laminar oqimni zarakterli xususiyati suyuqlik (gaz)ning har bir zarrachasi traektoriyasi tekis bo’lishi va turli zarralar traektoriyalarining kesishmasligidadir (1, a-rasm).





1-rasm. (a) laminar, (v) turbulent oqim




Oqim qator faktorlarga bog’liq bo’lgan ma`lum chegaradan oshib ketsa turbulent bo’lib qoladi. Turbulent oqim tartibsiz uyurmalarga egaligi bilan xarakterlanadi (1,b rasm). Uyurmalar katta miqdor energiyani yutadi va qovushoqlik deb ataluvchi ichki ishqalanish laminar oqimda ham mavjud bo’lsada, turbulent oqimda qovushoqlik ancha katta ekan. Laminar oqimni turbulentdan oson farqlash mumkin. Bunda harakatlanayotgan suyuqlikka oz miqdorda siyoh yoki rang tashlanadi. Lamigar oqimga ham, turbulent oqimga ham to’rtta muhim xarakteristika taalluqlidir:



  1. Suyuqlik (gaz) ni yoki siqiluvchan deb, yoki siqilmas deb qarash mumkin. Absolyut siqilmaydigan modda mavjud bo’lmasa-da, ko’pgina suyuqliklarning oqishi shundayki, bunda ularning zichligining o’zgarishi juda kam bo’lib, uni e`tiborga olmasa ham bo’ladi. Bu ko’rilayotgan masalani ancha soddalashtiradi.

  2. Qovushoqlik yoki ichki ishqalanish suyuqlik (gaz) ning ixtiyoriy oqishida mavjud, biroq qovushoqlikni ham ko’pincha xisobga olmasa bo’ladi.

  3. Oqim statsionar bo’lishi mumkin. Bunday oqidning tezligi fazoning ixtiyoriy nuqtasida vaqt bo’yicha o’zgarmaydi (bu fazoning turli nuqtalarida u turlicha bo’lishi mumkin emas degani emas). Agar berilgan nuqtada tezlik vaqt o’zgrsa, bunday oqim nostatsionar deb ataladi. Bunday oqim, masalan, vodoprovod kranini endigina ochganimizda kuzatiladi.

  4. Oqim uyurmali yoki uyurmasiz (potentsial) bo’lishi mumkin. Uyurmasiz oqimda suyuqlik impul sining ixtiyoriy nuqtaga nisbatan to’liq momenti nolga teng.


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin