Agar oqim tezligi katta bo’lsa, trubalardagi oqim turbulent bo’lib qoladi va Puazeyl formulasi endi to’g’ri bo’lmaydi. Bosimning berilgan farqida turbulent oqimdagi Q formula bo’yicha xisoblangan oqimdan kichik bo’ladi. Bu turbulent oqimda ishqalish laminarnikidan yuqori bo’lishi bilan tushuntiriladi.
Turbulentlikning yuzaga kelishi ko’pincha to’satdan bo’ladi va mustaqil Reynol ds soni bilan aniqlanadi:
Bu yerda – suyuqlik (gaz) oqimining o’rtacha tezligi, ρ –zichlik, ƞ- qovushoqlik, r- truba radiusidir. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, odatda Re < 2000 bo’lganida oqim laminar, Re > 2000 bo’lganida turbulent bo’lar ekan.
Glosariy