shovvoz jo‘jaman.
Tanib oldim buvimni, Ko‘zi
charos jo‘jaman” misralaridagi
shovvos, charos so‘zlarining ma’nodoshlari ustida ishlanadi. Shovvoz (forscha –
lochin) Har qanday ishni eplay oladigan, qoyil qiladigan epchil; azamat.
Odamning
shovvozi qo‘riq ochadi (O‘TIL. T.4. – B.1587). Charos – o‘rtapishar, yumaloq qora
uzum. SHe’rda uzumning sifatlari ko‘chma ma’noda go‘zal, qop-qora, charos ko‘z
mazmunida ishlatilgan.
Miraziz A’zamning “Mardlik va aql yorug‘ligi” she’rida “Ilmsiz mardning
esa Holiga yig‘lar maymun” misrasidagi ibora ustida ishlashda uning lug‘aviy
ma’nosini izohli lug‘at bilan ochish samarali sanaladi.
Maymun (arabcha – baxtli,
omadli;
maymun)
1
Tana
tuzilishi
va
qiyofasi
odamga
o‘xshash,
sutemizuvchilarning yuksak rivojlangan turkumiga mansub hayvon.
Holiga
maymunlar yig‘laydi Juda ayanch, og‘ir ahvolga tushdi (O‘TIL. T.2. – B.529)
ma’nosini bildiradi. Bu o‘rinda frazeologik-leksik ma’nodoshlik yuzaga keltirilgan.
4
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: ЎМЭ, 2006. – 3-том. – Б.482. (Keyingi o‘rinlarda O‘TIL deb
keltiriladi).