Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash



Yüklə 316,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü316,27 Kb.
#122508
1   2   3   4
Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash

Hech kimi yo‘q iborasi yakka sifati bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltirgan 
bo‘lib, ibora hamda so‘z (frazeologik-leksik)ning o‘zaro ma’nodoshligi sanaladi, 
bu o‘rinda yakka so‘zi ajratilgan sifatlovchi hisoblanadi, yolg‘iz, tanho so‘zlari 
bilan ma’nodoshdir
3
.
Dang‘illama sinonimik qatorda dominanta bo‘lib, hashamatli, serhasham, 
muhtasham leksemalari bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltiradi. Hashami, tuzilish-
1
Асқарова М., Қосимова М., Жамолхонов М. Ўзбек тили. –Т: Ўқитувчи, 1989. – Б.29.
2
Matchonov S. va bosq. O‘qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. – Тоshkent: Yangiyo‘l, 2013. – 240 b. 
3
Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1974. – Б.93. (Keyingi 
o‘rinlarda O‘TSIL deb keltiriladi). 



ko‘rinishi zo‘r. Hashamatli, serhasham so‘zlarida belgi darajasi kuchliroq (O‘TSIL
– B.84). 
Tengsiz, voy-bo‘y so‘zlari kontekstual sinonim bo‘lib, matn uchungina 
ma’nodosh sanaladi, negaki sinonimlik faqat bir so‘z turkumi doirasida bo‘lishi 
kerak, ammo bu o‘rinda tengsiz sifat turkumiga, voy-bo‘y esa undov so‘z 
turkumiga mansub bo‘lsa-da, mana shu o‘rin uchun shartli ravishda sinonimlik 
yaratilgan. Gupillatib, do‘pillatib so‘zlari ma’noviy sinonim bo‘lib, holatni 
kuchaytirib yetkazish maqsadida ishlatilgan. Sovuq so‘zi ham ma’noviy sinonim 
bo‘lib, holat ayoz leksemasi bilan kuchaytiriladi. 
Abdulla Oripovning “Iqboli buyuksan” she’ri (4-5-bet)da “Sen o‘zbek 
elining 
farzandi, 
Istiqlol 
yurtining 
dilbandi”, 
Muhiddin 
Omonning 
“Gulg‘unchalarmiz”she’ri (18-)da:
“Ilm-u hunar bilan dunyoni olgan, 
Buyuk allomalar – avlodlarimiz. 
Go‘zal san’atiga jahon lol qolgan, 
Ijodkor zotlarning zurriyotimiz”. 
Banddagi avlod va zurriyot so‘zlari uyadosh so‘zlar bo‘lib bu o‘rinda 
o‘qituvchi ikki so‘zning sinonimlari ustida ishlasa maqsadli bo‘lur. Avlod 
qarindosh, urug‘, tug‘ishgan, jigar, jigarband, jigargo‘sha, xesh so‘zlari bilan 
ma’nodoshlik ifodalab, tug‘gan-tug‘ishganlik munosabatidagi shaxslarni bildirsa, 
zurriyot so‘zi farzand, bola, zurriyot, tirnoq so‘zlari bilan sinonimlashib, er-
xotinning o‘zidan dunyoga kelgan zotni ko‘rsatadi (O‘TSIL
– B.207-250). 
Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’ri (21-bet)da: “G‘ir-g‘ir shamol yeladi, Buni 
hamma biladi. O‘giradi yelga yuz” misralari mavjud. Shamol, shabada, yel, sabo 
so‘zlari ma’nodosh bo‘lib, havo oqimining gorizontal yo‘nalishdagi harakati 
(O‘TSIL
– B.227) ni ifodalaydi. She’rda shoir takrorni yo‘qotish maqsadida 
shamol so‘zining ma’nodoshini ishlatib, nutqning boy ifodasini ko‘rsatadi.
Munavvarqori Abdurashidxonovning “Har kim ekkanin o‘rar” asari (31-32-
bet)da: “Non yeganda lablari Burni bilan so‘zlashur. Choy ichganda qo‘llari 

Yüklə 316,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin